Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


Toshkent Davlat Agrar Universiteti Tuproqshunoslik va Agrokimyo Kafedrasining ilmiy-pedagogika faoliyati tarixi



Yüklə 50,29 Kb.
səhifə5/10
tarix16.06.2023
ölçüsü50,29 Kb.
#128197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tuproqshunoslik fanini O’zbekistonda rivojlanish tarixi kurs ishi

1.3. Toshkent Davlat Agrar Universiteti Tuproqshunoslik va Agrokimyo Kafedrasining ilmiy-pedagogika faoliyati tarixi
Toşkent agrar universiteti — qishloq xoʻjaligi. uchun mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibida. Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan. 1930 yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi, bu institut 1934—91 yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi, 1991 yilning aprelda Toshkent davlat agrar universitetiga aylantirildi.
Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti — yirik ilmiy muassasa. Toshkent shahrida joylashgan. Dastlab 1920-yilda Turkiston universiteti qoshida tashkil etilgan. 1932-yilda Butunittifoq Paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti (SoyuzNIXI)ning oʻgʻitlar va agrotuproqshunoslik Markaziystyasigaaylantirildi. 1943— 60 ylarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Tuproqshunoslik instituti, 1961—64 yillarda Oʻrta Osiyo Paxtachilik davlat qoʻmitasinig Tuproqshunoslik instituti, 1965—72 yillarda OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vazirligining Tuprokshunoslik ilmiy tadqiqotlar instituti, 1973—98 yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tuprokshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqotlar instituti. 1998-yil 24 iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi tarkibida. Institutda (2004): tuproqlar genezisi va geografiyasi; yirik masshtabli xaritagrafiya; tuproklar fizikasi va texnologiyasi; tuproklar kimyosi, fizikkimyosi va mineralogiyasi; agrokimyo; shoʻrlangan tuproqlar genezisi va melioratsiyasi; tuproq unumdorligini boshqarish va baholash; tuproklar bioekologiyasi; tuproq informatikasi; analitik markaz boʻlimlari, shuningdek, tuproq muzeyi, ilmiy kutubxona va tajriba maydonchasi faoliyat koʻrsatadi.
Institutining asosiy ilmiy yoʻnalishlari: tuproklar evolyutsiyasi va tuproq qoplami oʻzgarishlarining genetikgeografik xususiyatlari; tuproq unumdorligi modellarini va tuproq qoplami haqida maʼlumotlar bankini tuzish, tuproklar ekologik holatining oʻzgarishlarini aniqlash, tuproq unumdorligini oshirish va uni boshqarish yoʻllarini ishlab chiqish; eroziyaga uchragan, zichlashgan, gumus holati yomonlashgan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash; shoʻrlangan tuproqlarni shoʻrsizlantirish usullarini ishlab chiqish, qishloq xoʻjaligi. yerlari tuproqlari monitoringini yuritish va boshqa Institut faoliyati A.N. Rozanov, M. A.’ Pankov, M. A. Orlov, A. 3. Genusov, Ya. M. Nosirov, V. B. Gussak, S. A. Kudrin, B. V. Gorbunov, N. V. Kimberg, S. A. Roʻjov, I. N. Felitsiant, A. A. Dimo, V. A. Kovda, O. K. Komilov, H. Maxsudov, Ye. K. Kruglova, A. M. Rasulov, M. U. Umarov, J. Sattorov, T.S. Zokirov, I. T. Turopov, R.Q. Qoʻziyev kabi olimlarning nomlari bilan bogʻliq. Institutda aspirantura, doktorantura bor. Ilmiy ishlar, monografiyalar nashr kiladi. Respublikadagi oliy oʻquv yurtlari, xorijiy mamlakatlar ilmiy muassasalari bilan ilmiy aloqalarga ega. Bonn universiteti (GFR) bilan YUNESKO doirasida va suv resurslaridan samarali foydalanish dasturi boʻyicha hamkorlik kiladi.
So'nggi 50 yil mobaynida sug'oriladigan yerlar maydoni 2,46 mIn. gektardan 4,28 mIn. gektarga yetkazildi. Faqat 1975-1985-yillar mobaynida 1 mIn. gektarga yaqin yer o'zlashtirilib, 1990-yilda yer maydoni 1985-yilga nisbatan 1,5 barobar ortdi. Ana shu yer maydonining qariyb 50 foizini meliorativ holati yomon va shu bilan bir qatorda 1990-yilga qadar sug'oriladigan yerlaming 75 foiziga paxta ekilishi tuproq unumdorligini pasayishiga olib keldi. 3 Aholining o'sib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun yerlardan oqilona foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirish talab etiladi. Dehqonchilik fanining vazifasi talabalarni dehqonchilikda qo'Uanilayotgan nazariy asoslar va ishlab chiqarishdagi jarayonlar bilan tanishtirishdan iborat. Dehqonchilik fani quyidagi bo'limlami o'z ichiga oladi: dehqonchilikning ilmiy asoslari, tuproq rejimlari va ulami boshqarish, begona o'tlarga qarshi kurash tadbirlari, yerga ishlov berish, ekinlami ekish, almashlab ekish va dehqonchilik tizimi. Qishloq xo'jaligi rivojlanib borishi davomida "dehqonchilik" tushunchasi ham o'zgargan. Ilk davrda uni qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi· deb tushunildi va keyinchalik undan chorvachilik ajralib chiqqan.
O'simliklarning o'sishi va rivojlanishini ta'minlash xususiyatiga ega bo'lgan yerning ustki g'ovak unumdor qatlami tuproq deyiladi. Tuproq qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining birdan-bir vositasi va har bir mam1akatning bitmas-tuganmas tabiiy boyligi hamda kishilikjarniyati uchun zaruriy oziq-mahsulotlari va turH xomashyolar yetishtiriladigan asosiy va yagona rnanbaidir. Tuproq rna'lurn sharoitdagi turli tabiiy faktor va tirik organizrnlaming birgalikdagi o'zaro ta'siri natijasida yer yuzasidagi har xiI tog' jinslaridan paydo bo'lgan. Tuproq murakkab tabiiy jism bo'Jib, o'ziga x6s tuzilishga, tarkib va boshqa bir qancha xossalarga hamda rivojlanish xususiyatlariga ega.
Tuproq haqidagi Hmiy fan asoschisi - buyuk rus olimi V.V. Dokuchayev (1846-1903) hisoblanadi. V.V. Dokuchayev tuproqshunoslikning asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqdi va tuproq haqidagi ilmiy tushunchani tavsiya etdi. Uning asarlarida tuproqshunoslikka doir ko'plab kashfiyotlar bayon etildi. Dokuchaev tuproqqa uning kelib chiqishi nuqtai nazaridan tabiiy-tarixiy jism sifatida qarashni tavsiya etadi. Shuning uchun ham V.V. Dokuchayev yaratgan tuproq haqidagi fan - genetik tuproqshunoslik deb nomlanadigan bo'ldi. Tuproq paydo bo'lishi nihoyatda murakkab biofizik-kimyoviy jarayondir. Yer yuzasida tarqalgan har xil tosh, qum, chang va loyqa singari g'ovak jinslar uzoq vaqtlardan buyon davom etib kelayotgan nurash protsessi mahsuli hisoblanadi va asosan yeming nuraydigan po'stida uchraydi.
Tuproq hosH bo'lish jarayoni va tuproqning shakllanishiga ta'sir qiladigan sharoitlarga tuproq hosil qiluvchi faktorlar deyiladi. V.V.Dokuchaev quyidagi beshta tuproq hosH qiluvchi faktorlami ajratadi: 1) tuproq hosH qiluvchi ona jins; 2) iqlim; 3) relyef; 4) o'simlik va hayvonot dunyosi; 5) tuproqning yoshi (vaqti). Haroratning o'zgarishi, havo hamda organizmlar ta'sirida tog' jinslari va minerallaming maydalanishi va parchalanishi hodisasiga nurash deyiladi. Tuproq ona jinsi paydo bo'lishidagi dastlabki jarayon hisoblangan nurash jarayoni uni yuzaga keltiradigan ayrim tabiiy faktorlar ta'siriga asosan fizikaviy, kimyoviy va biologik nurash turlariga bo'linadi. Fizik nurash, asosan, havo haroratining keskin o'zgarishi ta'sirida sodir bo'lganligi sababli kO'pincha termik nurash ham deyiladi. Tog' jinslari, ayrim minerallar suv va atmosferadagi kislorod hamda karbonat angidrid (C02 ) ta'sirida kimyoviy o'zgarishidan yangi birikmalar va minerallar hosH bo'lish jarayoni kimyoviy nurash deyiladi.



Yüklə 50,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin