Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


Samarqand Qishloq Xo’jalik Instituti Tuproqshunoslik va Agrokimyo Kafedrasi ta’rixi



Yüklə 50,29 Kb.
səhifə6/10
tarix16.06.2023
ölçüsü50,29 Kb.
#128197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tuproqshunoslik fanini O’zbekistonda rivojlanish tarixi kurs ishi

1.4. Samarqand Qishloq Xo’jalik Instituti Tuproqshunoslik va Agrokimyo Kafedrasi ta’rixi
Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti — agrar soha boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1929-yilda Oʻzbekiston davlat paxtachilik instituti va Oʻzbekiston zooveterinariya instituti bazasida tashkil etilgan. 1933-yildan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi instituti, 1961-yildan hozirgi nomda. Institut tarkibida (2004): agronomiya, injenerlik, veterinariya, zootexniya, qorakoʻlchilik, iqtisodiyot, kasbiy taʼlim ftlari va magistratura boʻlimi, 40 ga yaqin kafedra bor. 1995-yildan Respublika litseyinternati faoliyat koʻrsatadi (2004-yilda 222 oʻquvchi taʼlim oldi). Institut krshida maxsus vivariy, dala uchastkalari, oʻquv tajriba xoʻjaligi, parrandachilik boʻyicha mikroferma, veterinariya poliklinikasi, jahon qorakoʻl teri namunalari maxsus muzeyi, institut muzeyi, ilmiy kutubxona (530 mingdan ortik, asar) mavjud. 2003/04 oʻquv-yilida Institutda agronomiya, seleksiya, agrokime va tuproqshunoslik, mevasabzavotchilik, uzumchilik, qorakoʻlchilik, veterinariya, zootexniya, buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot, muhandismexanika, teri va moʻyna texnologiyasi va boshqa mutaxassisliklar boʻyicha 3768 talaba oʻqidi, 283 oʻqituvchi, shu jumladan, 31 fan doktori va professor, 155 dotsent va fan nomzodi ishladi. Institut tashkil topgandan beri 30 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi. Aspiranturasi, dissertatsiyalar himoyasi boʻyicha 2 ixtisoslashgan ilmiy kengash bor. Oʻz bosmaxonasiga ega. Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va „Ilmiy ishlar toʻplamlari“ nashr etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Samarqand davlat universitetida Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti tashkil etildi. Fakulteti tarkibida “Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish” kafedrasi faoliyat olib bormoqda. Kafedrada 5410100–Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, va 5410300–O’simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo’yicha), ta’lim yo’nalishilari mavjud .
Hozirgi kunda “Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish” kafedrasida 5 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishmoqda. Shulardan 2 ta fan doktori-professor, 2 nafar fan nomzodlari, dotsentlardir.
Kafedra professor-o‘qituvchilari Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, O’simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent Davlat Agrar universiteti va uning filiallari, Buxoro davlat universiteti, Andijon agrotexnologiyalar instituti, O’zFA O’simlik moddalari kimyosi ITI, Timiryazev nomli Moskva qishloq xo’jalik akademiyasi (TSXA-RGAU), Voronej agrar universiteti, Saratov agrar universiteti, Volgograd agrar universiteti, Nijegorod agrar universiteti, Shelkovo-Agroxim AJ (Rossiya) bilan hamqorlikda ilmiy –tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Tuproqshunoslik kafedrasi 1953 yil Samarqand davlat universitetining biologiya va tuproqshunoslik fakultetida tashkil etilgan. Kafedrada professorlar D.M.Kuguchkov, X.X.Xamdamov, dosentlar S.A.Agisheva, G.A.Danov, S.V.Kigay va boshqalar faoliyat ko’rsatgan va ular tuproqshunoslik fanidagi bir qator dolzarb masalalarni yechish bo’yicha tadqiqotlar olib borgan. Ushbu fakultetni keyinchalik tuproqshunoslik sohasida yirik olim va pedagog bo’lib shakllangan talabalar O.Komilov, I.Boboxo’jayev, O’.Matkarimov tugatgan. Ular O’zbekiston tuproqshunoslik fani rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shganlar.
Samarqand davlat universitetida Tuproqshunoslik yo’nalishi 1996 yilda «Tuproqshunoslik va ekologiya» fakulteti qoshida qayta tashkil etildi. Shu fakultet tarkibida “Tuproqshunoslik” kafedrasi qayta tashkil etilib, unga dosent O’.Matkarimov, keyinchalik dosent T.Q. Ortiqov va Sh.T.Xoliqulov mudirlik qilgan. 2000 yildan boshlab fakultetlarni yiriklashtirish maqsadida «Tuproqshunoslik va ekologiya» fakulteti Biologiya fakultetiga birlashtirildi va “Tuproqshunoslik” kafedrasi alohida mutaxassislik tayyorlovchi kafedra sifatida faoliyatini 2009 yilgacha davom ettirdi. Kafedra yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlangan bo’lib, qisqa vaqtda 4 nafar o’qituvchi ilmiy ishlarini yakunlab nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. O’sha paytda kafedrada 1 nafar akademik, 2 nafar profesor, 3 nafar fan nomzodi, dosentlar va 7 nafar assistentlar faoliyat ko’rsatgan. Kafedraning ushbu yillardagi faoliyati akademik J.S.Sattorov, professorlar P.U.Uzoqov, Sh.T.Xoliqulov, dosentlar O’.M.Matkarimov, T.Q.Ortiqov, M.K.Abduraximov, assistentlar D.Eshmurodov, T.Ch.G’oziyev, I.N.Bobobekov, S.B.Pardayev, N.Usmonov, Sh.D.Oblaqulov, D.Fayziyev kabi professor-o’qituvchilar xizmati bilan bog’liq.
Ushbu davrda talabalarga tuproqshunoslik fanlaridan dars berish bilan birga kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan dolzarb va amaliyot talablariga javob beradigan mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Bu borada amaliy va innovasion grant bo’yicha bir nechta loyihalar bajarildi.
1996 yildan 2007 yilgacha kafedrada ikkita mutaxassislik bo’yicha 5A620101-Tuproqshunoslik va 5A620103-Agrotuprokshunoslik va agrofizka yo’nalishlari bo’yicha magistratura mavjud bo’lib, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlar tayyorlangan.
2020 yil yangi ochilgan “Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi” fakulteti tarkibida “Tuproqshunoslik va agrotexnologiya” kafedrasi yangidan tashkil qilindi. Kafedra mudiri professor Sh.T.Xoliqulov boshchiligida 2 nafar professor, 3 nafar dosent, 2 nafar katta o’qituvchi, 1 nafar falsafa doktori (PhD) va 1 nafar assistent faoliyat ko’rsatmoqda.
Kafedrada “Tuproqshunoslik”, “Tuproqshunoslikda ilmiy tadqiqot usullari”, “Tuproq va agroekologiya”, “Tuproq va landshaft ekologiyasi”, “Tuproq kimyosi”, “Tuproq biologiyasi”, “Tuproqshunoslik va geologiya”, “Tuproq fizikasi”, “Tuproq bonitirovkasi va xaritalash”, “Meliorativ tuproqshunoslik va tuproq muhofazasi”, “Dehqonchilik”, “Meliorasiya”, “Agrometeorologiya”, “O’simlikshunoslik”, “Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish” fanlardan dars beriladi.
Hozirgi paytda kafedra qoshida “Tuproqshunoslik” va “O’simlikshunoslik” bo’yicha tayanch doktorantura va doktorantura mavjud. Bu institut yo’nalishi bo’yicha bir qancha malakali mutaxassislar tayyorlandi. Hozirgi paytda “Agrotuproqshunoslik va agrofizika”, “Umumiy dehqonchilik” yo’nalishlari bo’yicha doktorantura ochilishi rejalashtirilmoqda. Kafedrada shu bilan birga “Tuproqshunoslik” bo’yicha magistratura mavjud bo’lib, bu institut orqali O’zbekiston tuproqshunoslik ilm-fani uchun zarur bo’ladigan yetuk zamonaviy kadrlar tayyorlanadi. Umuman olganda kafedrada tuproqshunoslik fanining barcha bug’inlarini o’zviy bog’lagan va qamragan holda tuproqshunoslikning barcha sohalari hamda bug’inlari uchun mahoratli kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan.
Professor Sh.T.Xoliqulov, professor M.K.Abduraximov va dosent T.Q.Ortiqov o’z sohalari bo’yicha Ilmiy kengash va ilmiy seminar a’zolari hisoblanadi. Professor Sh.T.Xoliqulovni hammualliflikda chiqargan “Tuproqshunoslik” o’quv darsligi tuproqshunoslik fani bo’yicha respublikada asosiy darslik hisoblanadi. Kafedrada tuproqshunoslik, dehqonchilik, o’simlikshunoslik va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish sohalari bo’yicha dolzarb va amaliyotbop mavzularda bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ular qatoriga shahar maishiy chiqindilarini utilizasiya qilish va ulardan kompost tayyorlash texnologiyalari, tuproq gumus va mikrobiologik holati hamda ularga tabiiy va antropogen omillarning ta’siri, tuproqlarni og’ir metallar bilan ifloslanish muammolari va ularni bartaraf etish yo’llari, tuproqni mulchalash masalalari va uni tuproq agrofizik va agrokimyoviy xossalariga ta’siri, tuproqning suv xossalari va ularni arid sharoitda boshqarish imkoniyatlari, tomchilatib sug’orish va uni tuproq suv rejimiga ta’siri, O’zbekiston tog’ oldi nishabliklari dehqonchiligini mexanizasiyalashtirishda Yuqori ko’ndalang turg’unlikka ega bo’lgan texnikalardan foydalanish, G’o’za qator oralariga bug’doy ekishda resurstejamkor texnologiyalardan foydalanish, O’zbekiston cho’l yaylovlarini yaxshilashda fitomeliorativ o’simliklar urug’larini ekuvchi energiya va resurstejamkor texnologiya va texnik vositalarni ishlab chiqish kabi mavzular kiradi. Bu ilmiy ishlar tuproq unumdorligini oshirishga, meliorativ va ekologik holatini yaxshilashga hamda tuproq xossa va rejimlarini optimallashtirishga zamin bo’ladi.

Yüklə 50,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin