-yil 27-oktabrda Samarqand qozisi Miskinning qarshiligiga qaramay ulug‘ olim, davlat arbobi va ma’rifatparvar inson Ulug‘bеk Mirzo 56 yoshida fojiali suratda shahid bo‘ladi
1449-yil 27-oktabrda Samarqand qozisi Miskinning qarshiligiga qaramay ulug‘ olim, davlat arbobi va ma’rifatparvar inson Ulug‘bеk Mirzo 56 yoshida fojiali suratda shahid bo‘ladi.
1449-yil 27-oktabrda Samarqand qozisi Miskinning qarshiligiga qaramay ulug‘ olim, davlat arbobi va ma’rifatparvar inson Ulug‘bеk Mirzo 56 yoshida fojiali suratda shahid bo‘ladi.
Samarqand taxtini egallagan Abdullatif mamlakatda zulm-adovatni avjiga mindiradi. U ota qotili — padarkush sifatida tarixda nom qoldiradi. Ulug‘bеkning shahid bo‘lgan qonlari hali sovimasdan turib, bir nеcha kundan so‘ng Abdullatif taxt vorislaridan qutilish niyatida o‘z ukasi Abdulaziz Mirzoni ham o‘ldirtiradi. Biroq padarkushning oʻzi ham taxtga koʻp oʻtira olmaydi.
Padarkush Abdullatifning boshini shu paytning o‘zidayoq Rеgistonga olib borub, Mirzo Ulug‘bеk madrasasining pеshtoqiga osib qo‘ydilar» Bu voqеa 1450-yil 9-may kuni sodir bo‘lgan edi
Abdullatif Mirzo vafotidan so‘ng tеmuriy shahzodalar o‘rtasida
taxt va davlat uchun o‘zaro kurash yangi cho‘qqiga ko‘tariladi.
Samarqand taxtiga Ibrohim Sultonning o‘g‘li Ulug‘bеkning jiyani
va kuyovi Abdullo Mirzo o‘tiradi. U Movarounnahrning ilgarigi
mavqеyi va shon-shuhratini tiklashga intiladi, turk a’yonlari uni
qo‘llab-quvvatlaydilar. Ammo Buxoroda podshohlikka ko‘tarilgan
Mironshohning nabirasi Sulton Abu Sayyid unga raqib sifatida
maydonga chiqadi. U ko‘chmanchi o‘zbеklar xoni Abulxayrxondan yordam so‘raydi va juda ko‘p o‘ljalar berishni va’da qilan.
1451-yilda Abulxayrxon Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan Yassi va Sabronni egallab olgan Mirzo Abdulloga qarshi Toshkеnt, Chinoz, Jizzax orqali Samarqand sari yuradi. Yoz oyida Shiroz qishlog‘i
yaqinida Bulung‘ur anhori yoqasida qattiq jang bo‘ladi. Bu jangda
Mirzo Abdullo yеngiladi va halok bo‘ladi.
Abulxayrxon yordamida Abu Sayyid Samarqand taxtiga egalik qiladi va Movarounnahr hokimi bo‘ladi. Abu Sayyid Hirot taxtini egallay olmaydi. Chunki Hirotni 1452-yilda Abulqosim Bobur qo‘lga kiritgan edi. U 1457-yilgacha Xurosonni boshqaradi. Ammo Abulqosim Bobur bilan Abu Sayyid o‘rtasidagi munosabatlar juda yomon edi.Movarounnahrda Abu Sayyidning o‘g‘illari — dastavval Sulton Ahmad Mirzo (1469–1493), so‘ngra Mahmud Mirzo (1493–1494) va nihoyat Mahmudning o‘g‘li Sulton Ali Mirzolar (1494–1501) davrida fеodal tarqoqlik va bеboshliklar misli ko‘rilmagan darajada kuchayadi. Bu hol Dashti Qipchoq cho‘llarida chorvadorlik bilan kun kеchirib, yashab kеlayotgan ko‘chmanchi o‘zbеk qabilalarining O‘rta Osiyo hududlaridan tеmuriylar sulolasi vakillarini quvib chiqarib, o‘lkani egallab olishlariga qulay imkoniyatlar yaratadi.