2.2-rasm. Diagnostik testlarni ishlab chiqish tartibi.
Namuna:
Pedagogik taksonomiya: qanday imkoniyat yaratadi?
A. O‘quv maqsdlarni toifalash
V. Mavzuning tayanch iboralarini belgilash.
S. O‘quv maqsadini shakllantrish
D.O‘quv maqsadiga erishish kafolati
E.O‘quv maqsadini korreksiyalsh
Javob: A.
Ochiq test topshiriqlari sinaluvchiga o‘z javobini berish imoniyatini beradi.
Testlar kalit so‘zi (so‘zlar) i qoldirilgan gap shaklida tuziladi.
1. Namuna.
Pedagogik taksonomiya … imkoniyat beradi
Javob: O‘quv maqsadlarni toifalashga
2. Namuna
Ochiq testlar deb ___________ qoldirilgan, javob variantlari berilmagan topshiriqlarga aytiladi.
Javob: kalit so‘zi
Ochiq test topshiriqlarni o‘qitishning dasturlash texnologiyalarida keng qo‘llash mumkin.
Muvofiqligini o‘rnatish test topshiriqlari. Bunda bir majmua elementlarining ikkinchi majmua elementlariga mosligi o‘rnatiladi.
Namuna
Pedagogik texnologiyaning afzalligi:
A. O‘qitishning rejalashtirilgan natijalariga kafolatli erishish;
V. O‘quv maqsadlarini ishlab chiqish;
S. O‘quv jarayonini ifodalash;
D. O‘qitish natijalarini baholash;
E. O‘qitishning samarali usullarini qo‘llash
Javob: A.
Ketma-ketlikni tartibga solish test topshiriqlari. Bunda xatti-harakatlar, hisob-kitoblarni talab qilingan ketma-ketlikda bajarilishi tekshiriladi.
Javob indekslar ketma-ketlik shaklida beriladi.
Namuna:
B.Blum pedagogik texnologiyasi bo‘yicha o‘quv maqsadlari toifalarini to‘g‘ri ketma-ketligini ko‘rsating:
A. tahlil D. bilish
V. sintez E. tushunish
S. qo‘llash
Javob: D, E, S, A, V.
Pedagogik texnologiyada test o‘tkazish birinchi navbatda diagnostik xarakterga ega. Diagnostika, har bir ta’lim oluvchining taraqqiyot tendensiyasini oldindan aniqlash va bashorat qilishga yo‘naltirilgan. Teskari aloqa axborotini olish jarayoni, diagnostika bilan bashorat qilish sintezidan iborat. Bu esa o‘quv maqsadlariga erishish monitoringi demakdir. Monitoring atamasi inglizchadan olingan bo‘lib «uzluksiz kuzatish» deganidir. O‘quv jarayoni monitoringi o‘qitishning rejalashtirilgan natijalariga erishishni ta’minlaydi. O‘quv maqsadlariga o‘qitishni ko‘zlangan natijalarga erishishga pedagogik texnologiyaning quyidagi qoidalari xizmat qiladi.
Ekvivalent amaliyot qoidasi: Bu o‘qitish shart-sharoiti va o‘qitish jarayonida talabalardan kutilayotgan hati-harakatlar test va imtihon davrida kutilgan natija bilan mos kelishini anglatadi. O‘qitishdagi faoliyat yondashuvi bu qoidani amaliyotda ro‘yobga chiqishiga olib keladi.
O‘xshash amaliyot qoidasi: Bunda talabalarda kutilayotganga o‘xshash, ammo undan farqlovchi harakatlar mashqini bajarish imkoniyati bo‘ladi.
O‘qitish «natijalarini bilish» qoidasi: bu qoidaga ko‘ra talabaga har bir harakatining, natijasini zudlik bilan bildirish ko‘zda tutiladi. Bu teskari aloqa ta’minlaganida, o‘qitish natijalarini joriy baholashga xosdir.
Pedagog tomonidan ijobiy qo‘llash qoidasi – bu talabalarni pedagog tomonidan chiroyli so‘zlar bilan ilhomlantirish, ichki harakatga undashdir. Pedagogik o‘qitish jarayonida o‘quvchi shaxsini yuksaklarga ko‘tarishi va belgilangan o‘qitish natijalariga erishishga qiziqtirishi zarur. Masalan: juda yaxshi, aniqroq ifoda qilishga harakat qiling, ajoyib yana ishlab ko‘rish kerak…
Dostları ilə paylaş: |