Termiz davlat universiteti


O‘quv axboroti bir vaqtning o‘zida to‘rt xil - rasmli, sonli, simvolli va og‘zaki ko‘rinishda uzatilganida eng mustahkam o‘zlashtirishga erishiladi



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə50/121
tarix28.03.2022
ölçüsü1,62 Mb.
#115012
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   121
Termiz davlat universiteti

O‘quv axboroti bir vaqtning o‘zida to‘rt xil - rasmli, sonli, simvolli va og‘zaki ko‘rinishda uzatilganida eng mustahkam o‘zlashtirishga erishiladi.
Modulli ta’lim uslubiyotida, bu holat asos bo‘lib xizmat qiladi. Har qaysi modul bo‘yicha rasmlar bloklarida simvolli alomatlarni (savollar qo‘yilishi tarzida) joylashtirish, savollarni rasm tarzida tasvir etish, formulalar, jadvallar, grafiklar va uslubiy ko‘rsatma­larni taqdim etish, maqsadga muvofiq bo‘ladi (4.4-rasm, 4.1-jadval).
Umuman olganda, rasmlar bloki, blok-sxemalar va boshqa kurgazmali materiallar talabalar uchun tarqatma material vazifasini o‘tashi mumkin. SHu bilan birga har bir fan, jumladan, modul bo‘yicha atamalar­ning izohli lug‘ati tuzilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Modulli o‘qitish samaradorligini oshirish maqsadida o‘qitishninng quyidagi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi: aqliy hujum, muammoli munozara, evristik (savol-javobli) suhbat, o‘quv ishbilarmonlik o‘yinlari va hokazo.

SHunday qilib, modulli o‘qitishga utish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

I bosqich: O‘quv rejadagi fanlarni makromodullarga ajratish.

II bosqich: O‘qitish davri siqilganida, fanlarni o‘rganishning eng maqbul ketma-ketligini o‘rnatish.

III bosqich: Makromodul fanlari o‘quv dasturlarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash.

IV bosqich: Fanlarning modullarini shakllantirish.

V bosqich: Modulning o‘quv-ko‘rgazmali materialini ishlab chiqish

VI bosqich: Modulli o‘qitish tamoyillari asosida o‘qitish texnologiyasini loyihalash.

VII bosqich: Bir vaqtning o‘zida o‘rganiladigan fanlarning maqbul sonini e’tiborga olib, mashg‘ulotlar jadvalini tuzish.

O‘quv jarayonining tashkil etilishini, modulli o‘qitish tizimining tarkibiy qismi sifatida qarash mumkin.


O‘qitishning modulli tizimi xususiyatlaridan biri o‘quv jarayonini jadallashtirish hisoblanadi, ushbuni ikki aspektda talqin etish mumkin.

    • o‘qitish jarayonida modulli o‘qitish tamoyillari asosida o‘quv axborotini «siqish»;

- o‘qitish davrini «siqish» yo‘li bilan o‘quv grafigini va uning asosida mashg‘ulotlar jadvalini maqbullashtirish.
O‘quv jarayonini samarali tashkil etish shakli bu mashg‘ulotlarni haftalik modulli rejalashtirish va talabalar bilimini reyting baholash hisoblanadi. YA’ni, bitta modul (2-3 ma’ruza va ularga tegishli amaliy va laboratoriya ishlari) bir haftaga rejalashtirilishi va u talabalar bilimining testlar yoki boshqa nazorat turi yordamida baholanishi bilan tugallanishi zarur.


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin