Termiz davlat universiteti


Mustaqil ish topshiriqlari



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə85/121
tarix28.03.2022
ölçüsü1,62 Mb.
#115012
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   121
Termiz davlat universiteti

Mustaqil ish topshiriqlari:

  1. Pedagogik ta’sir etish usullarini o’z tajribalaringizda qo’llang va uni yozma bayon qiling.

  2. Pedagogik ta’sir etish turlarini sinab ko’ring va natijasini tahlil qiling.

3.Ishontirish va ta’sir etishning bog’liq tomonlarini ochib bering.


17-mavzu: Nizoli vaziyatlarda pedagogik mahorat. Nizoli vaziyatlarda pedagogik muomala texnologiyasi.


Asosiy savollar

  1. Pedagogik nizolar va ularning turlari.

  2. Nizoli holatlar va ularni yuzaga kelish sabablari.

  3. O’qituvchi – nizoli holatlar manbai sifatida.

  4. O’qituvchi-nizoli holatlarni bartaraf etuvchi shaxs.

  5. Ta’lim-tarbiyada krizisli vaziyatlar.

  6. Pedagogik nizolar va ularni barataraf etish texnologiyasi.

Bugungi glaballashuv sharoitida nizolar (iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy, madaniy va hokazo) va ularning yo’nalishi dunyo miqyosida tobora keng qamrovli xarakterga ega bo’lmoqda. Rivojlanish, fan-texnika taraqqiyoti, ekologik, tibbiy va tarbiyaviy muammolar nizoli holatlarni tabora kuchaytirmoqda. Barcha nizolar ichida pedagogik nizolar eng murakkab va dolzarb muammo sanaladi. Uning kelib chiqish sabab va oqibatlari shaxs tarbiyasi va madaniyati bilan bog’liq bo’lib, bu borada pedagog olimlar, tajribali o’qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar, mahalla faollari hamkorligida istiqbolli ishlarni amalga oshirishlari lozim.

Olimlar va soha mutahassislari pedagogik nizolarning besh turi mavjudligini ko’rsatishadi. Nizolarning asosiy manbalaridan biri o’qituvchining o’zi ekanligi isbotlangan.

O’qituvchining o’z kasbiga qiziqmasligi, tasodifan kasbga kirib kelib qolganligi, bilimining sayozligi, pedagogik nazokat va odobning etishmasligi, qo’polligi, ehtiyotsizligi, o’quvchi va ota-onalar bilan muomala qilishni bilmasligi, o’quvchining qalbiga yo’l topa olmasligi, o’quvchini tinglash madaniyatining pstligi, kasbiy pedagogik mas’uliyatni etishmasligi va shu kabi holatlarda o’qituvchini pedagogik faoliyat bilan bemalol shug’ullanib yurishi uni nizoli vaziyatlar o’chog’iga (manbaiga) aylanishiga olib keladi.

O’quvchilik davrida bunday o’qituvchilarning kasb tanlov motivi shunchaki “diplom olish”, “ota-ona yoki bironta yaqin kishisining tavsiyasiga ko’ra oliy o’quv yurtiga kirib o’qishga undaganligi” asos bo’lib xizmat qiladi. Kasbni tasadifan tanlagan ba’zi bir talabalarni o’qishni tashlab ketgan hollari ham kuzatiladi. Ammo “bir iloj qilib diplom olsam, keyin bir gap bo’lar”, istagida ish tutganlarni tarbiya muassasasiga kelib qolishi bugungi kunda tasadifiy yoki kutilmagan holat emas. Ular go’yo chaqirilmagan mehmon kabi maktab ostonasini hatlab kirib kelgan bo’ladi. Aynan shunday “o’qituvchilar” hisobiga nizoli holatlar vujudga keladi. Bunday sharoitda maktab ma’muriyati ta’lim-tarbiya ishida tasodifiy insonlarning bo’lishiga yo’l qo’ymasligi, uning oldini olishi lozim.

Ikkinchi tur nizolar barcha jamoada uchrashi mumkin bo’lgani kabi, o’qituvchilar jamoasida ham “qalami o’tkir yozuvchilar”, yo’q joyda muammo yasovchi janjalkashlar hisobiga vujudga keladi. Soxta obro’ ketidan quvgan bunday “ilg’or o’qituvchilar” o’zlarining shikoyatlari va do’q-po’pisalari bilan jamoadagi sog’lom muhitni buzish asosida nizoli vaziyatlarning tug’ilishiga sababchi bo’ladi. Bunday o’qituvchilar o’quvchilar va ota-onalar bilan ham chiqisha olmaydi. O’zlarining shaxsiy manfaatlari va g’arazli niyatlarini asoslash uchun har-xil muammoli vaziyatlar keltirib chiqaradi va nizolarning avj olishiga sababchi bo’ladi

Uchinchi tur nizolar hech kim bilan ishi yo’q, hech kimga qo’shilmaydigan xodimlar hisobiga vujudga keladi. Bular o’zlarini ko’rib ko’rmaslikka , eshitib eshitmaslikka, bila turib bilmaslikka olishadi. Bir og’iz ogoh, tanbeh yoki jo’yali maslahatdan o’zlarini tiyishadi. Hatto shaxsiy haq-huquqlari uchun ham kurashmaydi. “Sabrning tagi oltin” deb yuraverishadi. Ijtimoiy passiv shaxslar jamiyat uchun illat hisoblanadi. Ayniqsa pedagogik faoliyatda oz sonda uchrasada bunday shaxslar tasadifiy hisoblanadi. Chunki pedagogik nizolarning etilishi va gazak olishida pedagogik e’tiborsizlik ham sabab bo’ladi.

To’rtinchi tur nizolar urush va mehnat faxriylari, keksa, kasalmand, homilador, himoyaga muhtoj, nogiron va nafaqadagi hodimlarning haq-huquqlarini poymol qilinishi yoki ularga e’tiborsizlik hamda bepisandlik bilan qaralish oqibatida kelib chiqadi.


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin