Termiz davlat universiteti


Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonini tashkil etish tizimi bo‘lib, jadallashgan ilmiy-texnika taraqqiyot talablariga javob beradi



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə21/121
tarix28.03.2022
ölçüsü1,62 Mb.
#115012
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121
Termiz davlat universiteti

Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonini tashkil etish tizimi bo‘lib, jadallashgan ilmiy-texnika taraqqiyot talablariga javob beradi.
3.2. O‘quv maqsadlariga erishish monitoringini loyihalashtirish

Pedagogik texnologiyada o‘quv maqsadi shakllantirilganidan so‘ng, ularni nazorat topshiriqlariga ko‘chirishga o‘tiladi. Bu holda pirovard natijaga erishish vazifasi qo‘yiladi, u ma’ruza matnlari tayyorlashda va mashg‘ulotlar o‘tkazishdagi o‘quv maqsadlari bilan chambarchas bog‘lanadi.

Rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun o‘quv jarayonini tezkor baholash kerak, u esa teskari aloqa vazifasini bajaradi. Quyilgan natijalarga erishilmasa tezkor baholash o‘quv jarayoniga tuzatishlar kiritilishi lozimligini ko‘rsatadi. O‘quv materialini tezkor baholash test asosida o‘tkazadi. Aniq o‘quv maqsadlar ifodalari, ularning toifalari testlarni tuzish uchun asos bo‘ladi. O‘quv jarayonida ishlatiladigan testlar diagnostik (tashxislash) xususiyatga ega, chunki bu testlar natijasiga ko‘ra keyingi o‘quv jarayon rejalashtiriladi.
O‘qitish jarayonida testlarni muntazam ishlatish pedagogik texnologiyalarning xususiyatlaridan biri hisoblanadi. O‘quv jarayonini baholashda ishlatiladigan testlar, diagnostik testlar deb ataladi.
O‘quv jarayonini testlar orqali baholash, uni ko‘zlangan maqsadga ketma-ket yunaltirilishini ta’minlaydi. Testlarning standartlashti­rilganligi ularni oldindan tayyorlab qo‘yishga imkon yaratadi. SHuning uchun pedagogik texnologiyalarning yutuqlaridan biri butun o‘qitish jarayonini qamrab oluvchi testlar jamg‘armasi - topshiriqlar to‘plamini yaratilishidir.

Diagnostik testlarni ishlab chiqish tartibi 2.2-rasmda ko‘rsatilgan.

Pedagogik texnologiyada o‘quv faning, har bir bobning, har bir mavzuning (modulning) o‘rganish maqsadi shakllantiriladi.

Har bir mavzuda ma’lum miqdordagi tayanch tushunchalar, iboralar o‘zlashtiriladi. Har bir tayanch ibora bo‘yicha o‘rnatilgan o‘quv maqsadlari toifalariga ko‘ra talabalarning joriy o‘zlashtirilishini baholash uchun diagnostik testlar ishlab chiqiladi. Mazkur o‘quv maqsadining toifasiga mos fe’llarni ishlatish test tuzishning muhim sharti hisoblanadi.

Har bir tayanch tushuncha bo‘yicha alohida joriy baholash testlari ishlab chiqiladi. Joriy baholash testlari sonini aniqlashda ularni o‘tkazilish vaqtini hisobga olish maqsadga muvofiqdir, odatda u 10 daqiqaga teng bo‘ladi, bu esa taxminan 10 ta test topshirig‘idir.

Talabalar o‘zlashtilishini oraliq baholash testlari odatda bir bo‘­lim yoki asosiy darslikning bir bobi o‘quv materiali miqyosida o‘tkaziladi.

Joriy baholash testlar har bir tayanch ibora bo‘yicha alohida ishlab chiqilsa, oraliq baholash testlarida bu tayanch tushunchalarning bo‘lim yoki bob miqyosida o‘zaro bog‘liqligi aks ettiriladi.

Oraliq baholash testlarini o‘tkazish uchun - 30 daqiqa vaqt etarli bo‘ladi. Bu taxminan 20-30 topshiriqni tashkil etadi.

YAkuniy baholash testlarida tayanch tushunchalarning butun fan miqyosida o‘zaro bog‘liqligi aks ettiriladi. YAkuniy baholash testlari odatda bir juft dars vaqtida o‘tkaziladi – 80 daqiqa (tanaffussiz). Bunda topshiriqlar soni 40-60 tani tashkil etadi.
O‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini hisoblash maqsadida kodli belgilar kiritish mumkin.

1 – axborotni eslash va qayta takrorlashga mo‘ljallangan topshiriqlar;

2 –reproduktiv darajadagi topshiriqlar;

3 – produktiv darajadagi topshiriqlar.

B.Blum pedagogik taksonomiyasi bo‘yicha o‘quv maqsadlari toifalari va test topshiriqlarning murakkabligini 2.4-jadvalidagidek bog‘lash mumkin.


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin