Termiz davlat universiteti


-jadval B.Blum taksonomiyasi bo‘yicha o‘quv maqsadlari toifalariga mos keluvchi fe’llar namunalari



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə19/121
tarix28.03.2022
ölçüsü1,62 Mb.
#115012
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121
Termiz davlat universiteti

2.2-jadval

B.Blum taksonomiyasi bo‘yicha o‘quv maqsadlari toifalariga mos keluvchi fe’llar namunalari



O‘quv maq­sadlari

Fe’llar



Bilish

Qaytarib aytish

Qayd qilish

Xabar berish
Nomlamoq, atamoq
YOzmoq


Ifodalash

farqlash


tanib olish

aytib berish

takrorlash




Tushunish

Dalillar keltirmoq

Almashtirmoq

Aniqlamoq, belgilamoq

Tushuntirmoq



o‘tkazish, aylantirish

o‘zgartirib berish

surat bilan ko‘rsatish

izoh berish, ochib tashlash.





Qo‘llash

Tadbiq etish

Hisoblab chiqarish

Namoyish etish

Foydalanish, o‘rganish.



Aniqlash

bajarish


hisoblash

amalga oshirish, echish





Analiz

Keltirib chiqarish

Ajratib ko‘rsatish

Differensiyalash

Tasniflash

Taklif etish


oldindan aytish

qismlarga ajratish

taqsimlash

tekshirish

guruhlash




Sintez

Kashf etish

Umumiylashtirish

Rejalashtirish

Ishlab chiqish



tizimga solish, qo‘shish ulamoq

tuzish


loyihalash



Baholash

Diagnostikalash

Isbotlash

Asoslash

O‘lchash


Ma’qullash

baholash, tekshirish

nazorat qilish,

taqqoslash, solishtirish,

qiyoslash



O‘quv fani bo‘yicha o‘quv maqsadlarni aniqlashtirish bu taksonomiya asosida uch bosqichda o‘tkazish tavsiya etiladi:

Birinchi bosqichda har bir mavzu bo‘yicha tayanch iboralarni aniqlash lozim. Odatda bu 3…5 tayanch iboralar yoki atamadan iborat. Tayanch iboralar, atamalar, tushunchalar yig‘indichi mavzuning asosiy mazmunini, uning mohiyatini belgilaydi. Bir fan bo‘yicha tayanch iboralar, atamalar, tushunchalarning umumiy soni bir necha o‘nlikdan, bir necha yuztagacha bo‘lishi mumkin.

Ikkinchi bosqichda fan, bo‘lim, mavzu bo‘yicha o‘quv maqsadlar toifasini aniqlash lozim.

O‘quv maqsadlarning bunday bo‘linishi, ishlab chiqarishda texnologik jarayonni bosqichma-bosqich, operatsiyalarga, bo‘linmalarga bo‘lib bajarilishiga o‘xshaydi.

O‘quv maqsadlarini aniqlashtirish tabiiyligi, o‘quv maqsadlarning majmuasi «o‘quv maqsadlar daraxtini» shakllantirish bilan belgilanadi.

D araxtning asosiy tubi fanning o‘quv maqsadi;



  1. SHoxlari – bo‘lim (modul)larning o‘quv maqsadi;

  2. SHoxchalari – mavzular o‘quv maqsadi;

  3. Barglari – tayanch ibora­larning o‘quv maqsadi.



2.1-rasm. O‘quv maqsadlar «Daraxti».
Uchinchi bosqich o‘quv maqsadlarga erishilish mezonlarini belgilash lozim, ya’ni maqsadni shunday ifodalash kerakki, unga erishilganligini adashmasdan aniqlash mumkin bo‘lsin. Bu qaysi sohada (o‘quv jarayonida yoki ishlab chiqarishda) qo‘llanilishidan qat’iy nazar, «texnologiya» atamasining mazmunidan kelib chiqadigan asosiy talablardan biridir.

Bunday aniq tasniflash o‘quv jarayonini maqbul rejalashtirish va rejalashtirilgan o‘quv natijasiga erishishni ta’minlaydi.

Rejalashtirilgan natijaga erishganlikni, ya’ni o‘quv maqsadini amalga oshirishni faqat tashqi ko‘rinishlarga qarab baholash mumkin – savollarga javob, masalalarni echish va boshqalar, shuni alohida ta’kidlash kerakki tashqi belgilarga ko‘ra baholashda talabaning ichki holatidagi o‘zgarishlar uning intelektual rivojlanishi hisobga olinmaydi. Bu esa o‘qitish maqsadlaridan biridir.


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin