Termiz davlat universiteti


ECTS tamoyillari - shaxsning to‘la rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratish zaruriyligini ko‘zda tutadi



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə68/121
tarix28.03.2022
ölçüsü1,62 Mb.
#115012
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   121
Termiz davlat universiteti

ECTS tamoyillari - shaxsning to‘la rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratish zaruriyligini ko‘zda tutadi.
12.4. ECTS ning xususiyatlari

Zamonaviy o‘qitish texnologiyasi, oliy ta’lim muassasasining jihozlanganligi, professor-o‘qituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat bo‘lishi, o‘qitishning yuqori sifatlari - ECTS uchun dastlabki zaruriy talablar hisoblanadi. O‘quv jaryonini tashkil etishning ushbu tizimi, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.



O‘quv rejasi bo‘yicha:

Barcha o‘quv fanlari ikki guruhga bo‘linadi - majburiy va talaba tanlovi asosidagi fanlar.



  • Bu nisbatan taxminan 1:2 teng qabul qilinadi;

  • Har bir talaba shaxsiy o‘quv rejasiga ega bo‘ladi;

  • Asosiy hujjat transkript (transcript of ruords) u ECTS ning unifi­katsiyalashgan hujjat bo‘lib, yagona shaklda tuziladi, o‘qitish natija­larini tan olish uchun majburiy hujjat hisoblanadi. Transkript­da, talabaning mazkur davlatda qabul qilinga baholash tizimida ham, ECTS tizimi bo‘yicha ham olgan baholari, olingan ECTS kreditlari bo‘yicha ma’lumotlar keltiriladi.

  • Har bir semestrda o‘rganiladigan fanlarning soni 3…5 ta bo‘lishi;

  • Mustaqil ishga ajratilgan soatlar, auditoriya soatlarida ko‘p bo‘lishi;

  • Kredit o‘zida talabaning o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha mehnat sarflarini mujassamlashtirdi. O‘quv fani uchun ajratilgan kreditlar soni, aksariyat hollarda 3 ga teng bo‘ladi.

O‘quv fani dasturining mazmuni (silabus) quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • O‘quv fanning to‘liq nomlanishi va uning o‘kuv rejasidagi tartib raqami;

  • O‘quv fanini o‘rganish maqsadi;

  • O‘quv fanining qisqacha mazmuni;

  • Kalendar-mavzuviy reja, mashg‘ulotlar jadvali bilan;

  • O‘qitish texnologiyasi;

  • Talabaning mas’uliyati va unga qo‘yilgan talablar;

  • Talabalarning bilimini baholash mezonlari tartibi va mezonlari;

  • Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati

O‘qituvchining o‘quv yuklamasini hisoblashda:

  • Umumiy mehnat sarfi miqdori (auditoriya sotlari va mustaqil ish) bir o‘quv yilida 750-800 soatni tashkil etishi - e’tiborga olinadi.

O‘qitish jarayonining asosini:

  • SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari;

  • Talabaning mustaqil ishida, o‘qituvchi maslahatchi sifatida ishtirok etadi;

  • Talaba o‘quv fanini va o‘qituvchini tanlash tanlash huquqiga ega.

tashkil etadi.

Har bir talabaga axborot paketi beriladi, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

  • Oliy ta’lim muassasida haqida ma’lumot;

  • O‘quv rejasi;

  • O‘quv jarayonining grafigi;

  • O‘quv fanlarining mazmuni;

  • Oliy ta’lim muassasada qabul qilingan ta’lim tizimining metodik xususiyatlari haqida ma’lumotlar;

  • Talabalarning bilimini baholash mezonlari tizimi va baholar shkalasi haqida ma’lumotlar;

  • Ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarga tegishli ma’lumotlar;

  • Tarixiy va madaniy sohaga oid ma’lumotlar;

  • Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlar



Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin