Termiz davlat universiteti



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə9/14
tarix01.06.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#116497
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Meylimuhammadova Xurshida

1.2. AQILI TARBIYA VAZIFALARI.
Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biridir
Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam ravishda to‘g‘ri pedagogik ijobiy ta‘sir o‘tkazish.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning ahamiyati juda yuqori va unga hech vaqt bee‘tiborlik bilan nazar tashlab bo‘lmaydi. Chunki aql - his-tuyg‘ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bo‘lgan jarayonlar yig‘indisi.

Aqliy rivojlanish – fikrning kengligida voqealarning turli bog‘lanishida, munosabatlarda teran ko‘ra olish va ularni umumlashtirish qobilyatlarida namoyon bo‘ladi.
Bolaning aqliy rivojlanishida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri berilgan tarbiya va ta‘lim samarali ta‘sir ko‘rsatadi.
Bularning hammasi maktabgacha yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalar mazmunini chuqurlashtirish va asta-sekinlik bilan hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir.
Yosh bolalar har doim buyumlar va hodisalar orasida yashaydi. Tevarak atrofdagi buyumlar, atrof-muhit bolaning sezgi organlari – analizatorlariga ta‘sir etadi va dastlabki sezgilarni hosil eta boshlaydi. Bola har kuni biror yangi narsa bilan tanishadi, nimanidir bikib oladi, ushlab ko‘radi, hidlaydi, o‘ziga tortadi, ko‘radi, quloqlari bilan eshitadi. Shu tariqa asta – sekin dunyoni bilib boradi.
Idrok esa juda murakkab jarayon bo‘lib, sezgi asosida paydo bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning xotirasi ko‘pincha beixtiyor tarzda bo‘lishini ham unutmasligimiz zaruru. Shuningdek bu yoshdagi bolalarda hayol muhim ro‘l o‘ynaydi. Sababi bolaning hayoli hamda hayoliy tasavvurlari u syujetli o‘yinlar o‘ynay boshlaganida, kattallar tomonidan qiziqarli ertaklar aytib bergandayoq dastlabki belgilari namoyon bo‘la boshlaydi.
Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta‘lim, tarbiya berish el padagogikasida ilk bor chex pedagogigi Yan Amos Kamonskuy (1592-1670) tomonidan yaratilgan.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin