Kur ishi mavzusining dolzarbligi:Hozirgi zamon mashinalari, stanoklari, apparaturalari va asboblarining ko‘pchiligida mexanikaviy, pnevmatik hamda elektr konstruksiyalar mavjud. Mashinalarning ish prinsipini ularning yig‘ish chizmalariga va umumiy ko‘rinishlar chizmalariga qarab o‘rganish juda qiyin, shuning uchun ko‘pincha soddalashtirilgan maxsus tasvirlar ya’ni sxemalar bajariladi. Bunday sxemalar mashinalarning ish prinsipini tezda tushunib olishga imkon beradi. Hozirda muhandislik grafikasi fanlari doirasida sxemalarni chizishga kam e’tibor berilmoqda, sxemalar chizmalarini kam bajargan talaba uni o‘qiy olish ko‘nikmasiga ham ega bo‘lmay qoladi.