Kur ishining ob’yekti: Oliy ta’lim tizimida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalariga grafikaviy ta’lim berish jarayoni.
Kur ishining predmeti: Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning muhandislik grafikasi ilmini egallash jarayonidagi ta’lim mazmuni va texnologiyasi.
Fan-texnika jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda texnika taraqqiyotini chizmalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chizma buyumning tekislikdagi yetarli ko‘rinishiga ega bo‘lgan tasviridir. Jismning shaklini va o‘lchamlarini ko‘rsatadigan tekislikdagi tasvir chizma deyiladi.