Kur ishining maqsadi: Talabalarga sxemalarni tushuntirish, ular yordamida chizmalarni chizishni va uni o‘qiy olishni o‘rgatish va uning metodikasini ishlab chiqish orqali talabalarni muhandislik grafikasi fanlariga qiziqishlarini yanada oshirish.
Kurs ishining vazifasi:
bo‘lajak muhandislik grafikasi o‘qituvchilarining - muhandislik grafikasi bo‘yicha kasbiy tayyorgarligi tizimi mazmunining nazariy va amaliy holatini o‘rganish va tahlil qilish;
talabalarga sxemalar va ularning turlari haqida tushunchalar berish va takomillashtirish;
talabalarning mavzu yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakasini shakllantirish;
talabalarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida muammoli darslarni tashkil eta olish ko‘nikmasini shakllantirish.