Sxema loyihaga oid grafik hujjat bo‘lib, unda buyum qismlarining tarkibi vaular orasidagi bog‘lanishlar ko‘rsatiladi. Buyumlami loyihalash, sozlash, nazorat qilish, tuzatish va ulardan foydalanish hamda mexanizm, asbob, moslama, inshoot va hokazoning harakat (ish) jarayonida ketma- ketligi sxemalarda tushuntirib beriladi.
Sanoat va qurilmaning barcha tarmoqlaridagi buyumlar uchun qo‘lda yoki avtomatlashtirilgan usulda bajariladigan sxemalaming shartli grafik belgilari standart tomonidan umumiy tatbiq qilinishiga mo‘ljallangan (1-2-jadvallar).