tizimni qo’llab quvvatlash ham axloqqa ziddir. Quyidagi javoblarning qaysi biri yuqoridagi matnning asosiy xulosasini eng yaxshi ochib beradi? A Xayriyalar muammoning sababi bilan kurashmaydi.
B Bozor tizimi tufayli xayriyalarga pul berish lozim.
C Xayriyalar bozor iqtisodining salbiy natijalarini davom ettiradi.
D Xayriyaga pul berish axloqqa ziddir.
E Xayriyalar bozor tizimining salbiy natijalarini yashiradi.
3. Pushkinning she’riyatining asl mohiyatini tushunib yetish uchun uni asli yozilgan rus tilida o’qishingiz lozim. Sizning doktorlik dissertatsiyangizda Pushkin ijodini chuqur tushunishingiz ko’rinib turibdi, demak siz rus tilini ancha chuqur egallaganingizni ayta olaman. Quyidagi javoblarning qaysi birida yuqoridagiga eng yaqin sabablash paralleli keltirilgan? A Osmon tiniq bo’lgandagina astronomiya bilan shug’ullanishingiz mumkin. Bugun tunda osmon bulutsiz
bo’lishi kutilmoqda, demak siz yulduzlarni tomosha qilishingiz mumkin.
B Axlat idishingizni bugun ertalab soat 8 gacha tashqariga chiqarib qo’ysangiz, bugun Maxsus trans
hodimlari idishingizni bo’shatib ketishadi. Siz idishingizni ertalab 7da olib chiqib qo’yganingiz uchun uni
bo’shatib ketishadi.
C Mensa a’zosi bo’lish uchun standart IQ imtihonida 98 foiz yoki undan yuqori olish lozim. Siz Mensa
a’zo emassiz, demak sizning IQingiz eng yuqori 2% ga kirmaydi.
D Faqatgina avtomobillarni yo’naltirish mumkin bo’lgan aylanma yo’lga ega shaharlarda faqat piyodalar
uchun do’konlar ochilgan markaziy ko’cha bo’lishi mumkin. Ko’rishimcha, sizning shahringizda avtomobilsiz
shopping uchun ko’cha bor, demak aylanma yo’lingiz bor.
E Uchuvchi litsenziyasini beruvchi imtihonga kirish uchun kamida 45 soat uchgan bo’lishingiz talab
etiladi. Siz atigi 18 soat uchgansiz, demak siz imtihonga kiritilmaysiz.