Ilmiy konferensiya darsini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:
Ilmiy konferensiya darsini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:
I. O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «Olimlar» bilan tanishtiradi.
II. Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. «Olimlar» mavzuci yuzacidan tayyorlangan ma’ruzalarni ko’rgazmali qurollar asosida bayon etadilar.
III. Ma’ruza muhokamasi. Bunda «Olimlar» va sinfdagi boshqa o’quvchilar o’rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o’tkaziladi.
IV. Ilmiy konferensiya yakuni. O’qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g`oyalarni ta’kidlab, yakunlaydi
V. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag`batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
VII. Darsni umumiy yakunlash.
Matbuot konferensiyasi sinfdagi barcha o’quvchilarning o’quv bilish faoliyati faollashuvi bilan ko’zga tashlanadi.
MODIFIKATSIYALANGAN - SHAKLI O’ZGARTIRILGAN MA’RUZA
MODIFIKATSIYALANGAN - SHAKLI O’ZGARTIRILGAN MA’RUZA
Bu o’qitish usulidan o’qituvchi mavzu mazmunini og`zaki nutq orqali o’quvchilarga yetkazadi, o’quvchilar bilan muloqot olib boradi. Ammo, an’anaviy ma’ruzadan farqi - o’qituvchi va o’quvchi orasida muloqot ketadi.