maishiy gaz balloni — suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash, tashish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan yopqich moslamali payvandlangan po‘lat ballon, ortiqcha bosimi 1,6 megapaskal (bir kvadrat santimetrda 16 kilogramm)dan yuqori bo‘lmagan sig‘im;
maishiy gaz asboblari — gazdan yoqilg‘i sifatida va ijtimoiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan gaz plitalari, suv isitish qozonlari va pechlar;
pech va dudburonlarni qurish va ko‘rikdan o‘tkazish xizmati (keyingi o‘rinlarda Dudburonlar xizmati deb ataladi) — tegishli dalolatnoma tuzgan holda pechlarni qurish, montaj qilish va ta’mirlash, shuningdek, dudburonlar, shamollatish kanallarini ko‘rikdan o‘tkazish, tozalash va nosozliklarni bartaraf etish ishlari bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan tashkilot;
sanoat korxonalari — yoqilg‘i sifatida tabiiy gazdan foydalanuvchi, 1 ta gaz uskunasining yillik gaz sarfi 100000 kub metrdan yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish xarakteriga ega va ega bo‘lmagan yoxud yiliga 150 litrdan ortiq suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanuvchi iste’molchilar;
signalizatsiya — nazorat qilinadigan parametrlarning yuqori va quyi o‘lchamlarga yetish holatlarida ovoz yoki yorug‘lik yordami bilan xabar berilishini ta’minlaydigan uskuna;
suyultirilgan uglevodorod gazi (SUG) — tabiiy gaz, neft va gaz kondensatini qazib olishda va qayta ishlashda olinadigan, asosiy komponentlari propan va butan bo‘lgan gaz;
texnik xizmat ko‘rsatish — mahsulot (texnik qurilma)dan maqsadli foydalanish, saqlash va yetkazib berishda uning ish quvvati yoki sozligini saqlab turish bo‘yicha bajariladigan operatsiyalar kompleksi yoki yakka operatsiya;
tashqi gaz quvuri — kiruvchi gaz quvuridan oldin o‘rnatilgan o‘chiruvchi moslamagacha bo‘lgan yer osti va yer ustidan yoki binoning kirish joyidagi g‘ilofgacha bo‘lgan yer ostidan o‘tkazilgan gaz quvuri;
ta’mirlash — gaz quvurlari va unda o‘rnatilgan inshootlarning sozligi yoki ish quvvatini tiklash hamda uning resurslarini yoki asosiy qismlarini tiklash bo‘yicha bajariladigan operatsiyalar kompleksi;