3.3 Dasturning asosiy bo’limlari Ro’yxatdan o’tish yoki tizimga kirish
Ro’yxatdan o’tayotganda haydovchi o’zini passport ma’lumotlari, haydovchilik guvohnomasi, hamda moshinasi haqida ma’lumotlar, telefon raqamini taqdim etishi kerak.
Tizimga kirishda (Login) faqat telefon raqam ishlatiladi. Bunda telefon raqami kelgan SMS ni tasdiqlash orqali amalga oshiriladi. Hech qanday parol shart emas.
Taklif qoldirish yoki olib tashlash.
Bunda haydovchi yangi qatnov uchun taklif qoldiradi. Buning uchun haydovchi hozir turgan joyi va boradigan joyini belgilaydi. Qo’shimcha ravishda Masalan: Namangan -> Toshkent bo’lsa Toshkent ni ichida yoki Namangan ni ichida qancha masofagacha borib yo’lovchini olishi yoki tashlab qo’yishi haqida ma’lumot berib yo’lkira miqdori yoki oralig’ini belgilaydi.
Yo’lovchi qabul qilish
Haydovchi, qabul qilishda qoldirilgan taklif bo’yicha yo’lovchilar tanlab qaysiki taklifga javob qaytarganlar bilan bog’lanib taklifni yopadi. Bunda haydovchi yo’lovchi jo’natgan lokatsiyani ko’ra olishi kerak.