Haydovchi ma’lumotlarni o’zgartira oladi, bunda haydovchi ro’yxatda o’tishda kiritgan ma’lumotlarini ya’ni passport ma’lumotlari, moshina ma’lumotlari, haydovchilik guvohnomasini o’zgartirib saqlagandan so’ng tizim boshqaruvchilari tomonidan tekshirib tasdiqlanadi.
Pochta.
Ushbu holatda pochta olayotgan haydovchi o’zi pochta javobgarligini olgan holda foydalanuvchi tomonidan qoldirilgan pochtani oladi. Va dastur pochta qonunga to’g’ri kelish yoki kelmasligi bo’yicha hech qanday javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Pochtalar yo’lovchi tomonidan taklif qilingandan so’ng haydovchida ko’rinadi.
Statistika.
Tizim olingan ma’lumotlar ya’ni jami qatnovlarda topilgan summa, hamda yoqilg’i harajatlari, yurilgan yo’l ni hisoblab beradi. Bu qo’shimcha to’lov evaziga bajariladi.