Texnika haqida aytarli tasavvur yo’q paytlar bugunning bu taxlit taraqqiylashib ketishi kimning ham tushiga kiribti, deysiz. To’g’ri-da, biror hodisa haqida o’ziga birovga xabar yetkazish uchun kamida kunlab, haftalab, boringki, oylab vaqt kerak bo’lgan. Har holda Yevropadan Osiyoga jo’natilgan maktub daqiqalarga yetib kelmagani aniq. ‘’Bir zamonlar’’ni o’tmishda qoldirib, kutilgan, lekin bunchalik bo’lishi xayoliga kelmagan davrda yashayapmiz. Malayzyada o’qiyotgan do’stim bilan yuzma-yuz turib suhbatlashgandek bo’laman. Uzoq masofalarni chetlab o’tib, internet va telefon orqali yo’qlashamiz – quvonchni ham, g’amni ham birdek baham ko’ramiz. Aloqa vositasining bu turlari hayot tashvishlariga o’ralashib qolganiga esa ancha bo’lgan. O’g’lining biro z hayallab qolganidan xavotirga tushgan ona go’shakka qo’l cho’zadi. Oshiq yigit ko’ngil qo’yganiga izhori dil etmoqlik uchun munosib so’z topolmasa, o’shal yorga electron noma yo’llashni ma’qul ko’radi . Ikki kunga deb qarz olgan-u, ikki oydan brri ko’rinish bermayotgan ‘’yaqinenhiz’’ni axtaribn uyidan topolmasangiz, yana telrfon jonengizga oro kiradi va hakazova hakazo.