Texnologik tsikl - bu ishlov berilayotgan detalni kesib olinishidan tortib unga ishlov berish va tugatilib keyin skladga topshirilishigacha bo’lgan vaqt tushuniladi. Ishlab chiqarish jarayoni Ishlab chiqarish jarayoni deb, xomashyo va yarim mahsulotlarni tayyor mahsulotga aylantirib beruvchi barcha jarayonlar yig’indisiga aytiladi. Bunga: ishlab chiqarishni tashkil etish, korxona va zavodlarga keltirilgan xom ashyo, yarim mahsulotlarni tashqaridan keltirish, zavod va korxonalar ichida sexdan sexga tashish, quyma, bolg’alangan, shtamplangan, payvandlangan va jihoz turdagi tanavorlarni tayyorlash, mexaniq, termik, kimyoviy-termik va jihoz ishlovlar berish, detallarni o’lchamlari va sifatini nazorat qilish, qism (uzel) va mashinalarni yig’ish, sinovdan o’tkazish, bo’yash, qaytadan detal va qismlarga ajratish, qog’ozlarga o’rash, yashiklarga va omborxonalarga joylashtirish, tayyor mahsulotlarni buyurtmachi tashkilotlariga jo’natish kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayoni korxona va zavodlarning turli uchastka va sexlarida bajariladi.
Texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi Texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi quyidagi sxemada ko’rsatilgan
Detallarni tayyorlashda yoki yig’ishda TJ birqancha amallarni o’z ichiga oladi.
Mahsulot tayyorlash yoki yig’ish jarayoniga muvofiq ravishda TA ni quyidagicha tariflash mumkin.
Texnologik amal (TA)deb, – texnologik jarayonning tugallangan qismi bo’lib, bitta yoki bir nechta bir vaqtda ishlov beriluvchi yoki yig’iluvchi mahsulotlarni, bitta yoki bir qancha ishchilar tamonidan uzluksiz bajaruvchi ishga aytiladi. TA ishlab chiqarishni rejalashtirish va uchyotga olishda asosiy birlik bo’lib hisoblanadi. Amallarga asoslanib, mahsulot (buyum) ishlab chiqarishning ish hajmi, vaqt me’yori va narxi belgilanib, kerakli sonda ishchilar, jihoz-uskunalar, moslamalar, keskich va o’lchagich asboblar hamda mexaniq ishlov berishning tannarxi aniqlanadi. Shu bilan birga ishlab chiqarishning kalendar rejasi hamda sifatni nazorat qilish va ishni bajarish muddati ishlab chiqiladi.
Texnologik amallardan tashqari yordamchi amallar (transport, nazorat, tamg’alash, qirindilarni tozalash va boshq.) o’lcham va sifatni o’zgartirmaydi, ammo TA ni bajarish uchun zarur hisoblanadi.