Texnologik jarayon tarkibi. Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari



Yüklə 99,79 Kb.
səhifə4/12
tarix09.06.2023
ölçüsü99,79 Kb.
#127989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Texnologik jarayon tarkibi. Mashinasozlikda ishlab chiqarish tur

Ishchi joyMehnat predmetlari joylashgan korxona strukturasining elementar bo’lagi (u erda ishni bajaruvchilar, ular tomonidan ishlatiluvchi texnologik asbob-uskunalar, konveyerning qismi, vaqtinchalik uskunalar, yuk ko’taruvchi kranlar joylashtiriladi), 1.1rasmga qarang (GOST 14.00483).



1.1-rasm. Ishchi joy sxemasi: a)- tokarni; b)- chilangarni. 1-dastgoh (verstak), 2-asbob-uskuna shkafi, 3- ishchi, 4- tahta panjara, 5- stol, 6-yashik, 7-shkaf, 8-kran.
Holat (pozitsiya) deb, – moslamaga o’zgarishsiz mahkamlangan ishlov beriluvchi tanavor yoki yig’iluvchi yig’ma birlikning moslama bilan birgalikda, keskich asbobga yoki dastgohning biron qo’zg’olmas qismiga nisbatan egallagan, o’rniga aytiladi. Holat asosan: to’xtabto’xtab aylanuvchi holatli stollarda (agregat dastgohlarida): chiziqli yoki aylanma harakatlanuvchi konveyerlarda (avtomatik liniyalar, MIT, MIU, MAL va MAI) kuzatiladi. Masalan: bironta oddiy vtulka shaklidagi detal ichki teshigiga to’rt holatli agregat dastgohida ishlov berish kerak bo’lsin (1.2 rasm).

1.2- rasm. 4 holatli agregat dastgohi: 1 holat- tanavorni o’rnatish
va tushirish. 2 holat-parmalash, 3 holat-zenkerlash, 4 holat-razvertkalash


Harakat (priyom) – texnologik o’tuv yoki uning qismini bajarishda, bir maqsadga birlashtirilgan tugallangan ishchi harakatlarining yig’indisi. Masalan, tanavorni moslamaga o’rnatib va tushirib, yordamchi o’tishni bajarishda ketma-ket quyidagi harakatlarni bajarish kerak bo’ladi: yashikdan tanavor olinsin, moslamaga o’rnatilsin va mahkamlansin, dastgoh ishga tushirilsin. Dastgoh to’xtatilsin, tanavor moslamadan bo’shatilsin va jihoz yashikka solib qo’yilsin va hokazo.

  1. Texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari.

Ishlab chiqarish jarayoni xom ashyodan yoki chala maxsulotdan tayyor maxsulot olish uchun bajariladigan barcha jarayonlar (ishlar) yig’indisidan iborat.
Ishlab chiqarish jarayoniga fakatgina asosiy jarayonlar: mashina detallariga mexaniq ishlov berish ularni yig’ish kirmasdan, balki yordamchi turdagi jarayonlar: detallarni tashish, nazorat qilish, kesuvchi asboblar va moslamalarni tayyorlash kabi jarayonlar ham kiradi.
Texnologik jarayon material yoki xomashyodan tayyor maxsulot olish maksadida ularning shaklini, o’lchamlarini va xususiyatlarini belgilangan texnik talablar asosida ketma-ket o’zgartirishdan iborat.
Mexaniq ishlov berish texnologik jarayoni ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi davrlardan iborat buladi:

  1. xomashyo tayyorlash – kuyish, bolgalash, shtamplash yoki prokatdan tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov berish;

  2. mashina detallarini yakuniy shakl va o’lchamlarga keltirish uchun metall kesish dastgoxlarida ishlov berish;

  3. yigma birikmalar, agregatlar yoki mexanizmlarni xosil qilish;

  4. mashina yoki maxsulotni yakuniy yi’ish;

  5. mashina yoki maxsulotni sozlash va sinash;

  6. mashina yoki maxsulotni buyash va ularni konservatsiya qilish.

Ishlab chiqarishda bajariladigan texnologik jarayonlarning barcha amallarida texnik nazorat utkaziladi. Texnik nazorat utkazishdan maksad maxsulotni talab qilingan texnik shartlarga javob bera olishini tekshirishdan iborat.
Mexaniq ishlov berish texnologik jarayoni kam material va mexnat resurslarini sarflagan xolda talab etilgan texnik shartlar asosida tayyor maxsulot yaratishga karatilgan bo’lishi kerak.
Texnologik jarayonlar GOST 1.109-73 asosida loyixali, ishchi, donaviy, namunaviy, standart, vaqtli, tarakkiy xarakterdagi (kelgusida qo’llaniluvchi), marshrutli, amal uchun va marshrutli-amalli bo’lishi mumkin.



Yüklə 99,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin