Texnologik jarayonini maksadga muvofik ravishda amalga oshirish uchun tayyorlanayotgan Detalning kaysi yuzalariga va kanday ketma-ketlikda ishlov berishni ifodalovchi reja tuziladi.Ushbu rejada detal yuzlariga ishlov berish usullari keltiriladi.
SHu maksadlarda mexaniq ishlov berish texnologik jarayoni aloxida qismlarga bulinadi, bu qismlarning yi’indisi uning tarkibini tashkil etadi. Texnologik jarayon quyidagi tarkibiy qismlarga bulinadi: texnologik amal; xolat; o’tish; yurish; xarakatlar yi’indisi.
Texnologik amaltexnologik jarayonning bir qismi bo’lib, bir ish urnida (bir yoki bir necha ishchi tomonidan) ketma-ket bajariladigan ishlar yig’indisidan iborat.
O’rnatish amalning bir qismi bo’lib Detalning (dastgox turiga karab bir necha detalning) bir marta maxkamlaganda bajariladigan ishlar yig’indisidan iborat. Dastgoxga o’rnatilgan yoki maxkamlangan xomashyo uning ishchi organalariga nisbatan stolini aylanishi yoki siljishi natijasida yangi xolatni egallash mumkin.
Xolat Detalning bir marta maxkamlagan xolatida dastgoxning ishchi organlariga nisbatan egallagan xolati. Xolatni o’zgarishi dastgox stolining aylanishi yoki siljishi natijasida buladi. Masaslan: ko’p shpindelli ko’p xolatli dastgoxlarda.
Amal texnologik va yordamchi o’tishlarga bulinadi. Texnologik o’tish texnologik amalni tugallangan qismi bo’lib Detalning ishlov berilayotgan yuzasini, kesuvchi asbobning va kesish maoromlarining doimiyligi bilan xarakterlanadi.
YOrdamchi o’tish texnologik amalning tugallangan qismi bo’lib ishchining va (yoki) dastgoxning xarakatlari yi’indisidan iborat. YOrdamchi o’tish natijasida Detalningng shakli, o’lchamlari va xususiyatlari o’zgarmaydi.
O’tish uz navbatida ishchi va yordamchi yurishlardan iborat buladi. Ishchi yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib kesuvchi asbobni, ishlov berilayotgan yuzani doimiy saklagan xolda detaldan maolum katlamni kesib olish bilan bo’lik buladi
YOrdamchi yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib kesuvchi asbobni ishlov berilayotgan detalga nisbatan metalni kesib olmagan xolda bir marta siljishidan iborat. Bu o’tish kesish jarayonini takroran amalga oshirish uchun kesuvchi asbobni kerakli xolga qaytarish uchun zarur buladi.