О‘lchash asboblarini va sezgir elementlarni tanlash Odatda loyihaga topshiriqda obyektning ishlash jarayonida nazorat qilinadigan va rostlanadigan asosiy texnologik kо‘rsatgichlar kо‘rsatiladi. Bunda, albatta ortiqcha axborot faqat tizimni qimmatlashtirib qolmasdan, balki uni ishlatishni ham murakkablashtirishini hisobga olish kerak.
О‘lchov asboblarini tanlashda muntazam ishlab chiqarilayotgan asboblarni tanlashga xarakat qilish kerak.
Texnologik jarayon sharoit va talablarini hisobga olgan xolda kerakli sifatdagi о‘lchov asboblari tanlanadi. Ma’lumki о‘lchov asboblarining sifati uning aniqligi, sezgirligi, tezkorligi va ishonchliligi bilan aniqlanadi. Odatda aniqlik sinfi 0,25÷1,5 bо‘lgan, sezgirligi о‘lchash diapazonining 0,05÷0,1% darajasidagi va tezkorligi 16s dan katta bо‘lmagan о‘lchov asboblari tanlanadi.
О‘lchov asbobining sezgir elementini tanlashda о‘lchanayotgan muxit xarakteristikasini (parametrning о‘zgarish chegarasini, muxit agressivligini va x.k) hamda uning dinamik xusussiyatlarini hisobga olish kerak. YA’ni, obyektning о‘zgarmas vaqt kо‘rsatgichini Tr, о‘tish jarayoni vaqtini tp, hamda turtkiga reaksiyaning kechikish vaqti r Grafikda Tr, tp va r larni aniqlash usuli keltirilgan.
10-rasm.
О‘lchov asboblari pnevmatik yoki elektr signal о‘zgartirgichlar bilan komplektlangan bо‘lishi mumkin.
Pnevmatik signal о‘zgartirgichlar (chiqish signali 0,02÷0,1 MPa) odatda yong‘indan xavfli va portlashdan xavfli ishlab chiqarishlarda qо‘llanilib, nisbatan katta inersiyaga egadirlar. Odatda 300m gacha masofaga axborotni uzatishi mumkin. Aniqlik sinfi 1%. 5mm diametrli pnevmatik impuls trubkasiga bosim bо‘yicha 0,1MPa pog‘onali turtki berilganda, trubaning uzunligi 100m bо‘lganda о‘zgarmas vaqt kо‘rsatkichi Tr=3÷4s, kechikishi 0,5÷0,7s, trubaning uzunligi 200m bо‘lganda Tr=10÷12s va kechikishi 1-2s va truba uzunligi 300m bо‘lganda, Tr=16-20s va kechikishi 2,5÷3s bо‘ladi.
Elektr signal о‘zgartirgichlar inersiyasiz hisoblanadi.
Induktiv, omik, selsinli, differensial-transformatorli, ferrodinamik, kuchni kompensiyatsiyalashga asoslangan va chastotali elektr signal о‘zgartirgichlar mavjud bо‘lib ularning aniqlik sinfi 0,5 va 1 bо‘ladi. Elektr signal о‘zgartirgichlar yordamida axborotni nisbatan uzoq masofaga uzatish mumkin. Kamchiligi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri.
Differensial-transformatorli signal о‘zgartirgichlar yordamida axborotni 250m masofagacha uzatish mumkin. О‘lchash aniqligiga tashqi magnit maydoni ta’siri, hamda ulovchi simlar sig‘imining ta’siri mavjud.
Qarshilik termometrlaridan axborotni avtomatik muvozanat kо‘prigiga uzatish 200m gacha, logometrlar yordamida о‘lchaganda esa, 600m gacha masofaga uzatish mumkin.
Termometrlardan avtomatik potensiometrlarga axborotni xromel kopel termoparasidan 200m gacha, xromel alyumel termoparasidan 500m gacha masofaga uzatish mumkin. Albatta termoparalarni termoelektrod simlar bilan ulaganda.