59
almashlashga shoshilishmayotirlar. Yangi kirish texnologiyalarini xar xil
usullar
bilan
sinflash
mumkin.
Shunday
usullarning
biri
texnologiyalarni ikki guruxga bo’lish hisoblanadi.
Birinchi guruxga ikki simli fizik zanjirlarni (to’liq yoki qisman)
qo’llovchi texnologiyalar kiradi.
3.2-rasm. Qo’llaniladigan uzatish muxitiga bog’liq holda kirish
texnologiyalarining sinflari
Ikkinchi guruxi bunga o’xshash imkoniyatlarni qarab chiqmaydi.
Yangi texnologiyalarning bunday sinflanishi 3.3- rasmda ko’rsatilgan.
Birinchi guruxni hosil qiluvchi texnologiyalar ikki nuqtai nazardan
qiziqarli. Birinchidan, ular NGN tarmoqlarining bir qator yangi
infokommunikatsiya xizmatlarini qo’llab-quvvatlashni ta’minlaydi.
Ikkinchidan, bu texnologiyalar kirish tarmoqlarini takomillashtirish
xarajatlarini
kamaytiradi, xattoki yangi xizmat to’lovlariga ehtiyoj
60
bo’lmasa ham.
Hozirgi vaqtda ADSL qurilmalari yaratadigan assimetrik raqamli
traktlar ancha ommobop hisoblanadi. Bu qarab chiqilayotgan
texnologiya oilasining asosiy qo’llanish soxasi Internetga ulanishdir.
Kelajakda SHDSL qurilmalari tomonidan
yaratiladigan simmetrik
traktlar ancha faol qo’llaniladi. Ularni qo’llanilishiga namunaviy
misol
yagona tarmoqda bitta kompaniyaning tarqoq ofislarini birlashtirish
bo’lishi mumkin. Birinchi gurux FTTx texnologiyasida X nuqtadan
keyin ikki simli fizik zanjir qo’llaniladi.
61
3.3-rasm. Ikki gurux bo’yicha yangi kirish texnologiyalarining
sinflanishi
Bunday usulda
kirish tarmoqlarini qurish, iqtisodiy tejamli
bo’lishi mumkin, agar X nuqtada raqamli kommutatsiya stansiyasining
ko’chma konsentratori o’rnatilsa. Agar ayrim foydalanuvchilarga keng
polosali kirish zarur bo’lsa, unda bunday
imkoniyatni FTTx va xDSL
texnologiyalari birgalikda ta’minlashi mumkin.
Ayrim hollarda (ko’p hollarda qishloq joylarda) simsiz abonent
liniyalarining (Wireless Local Loop, WLL) texnologiyalarini fizik
zanjir
bilan
birgalikda
qo’llash
maqsadga
muvofiq.
WLL
texnologiyasining
bir qancha turlari mavjud, ular bir-biridan kanallarni
ajratish
(chastotaviy,
vaqtli
va
kodli)
usullari
va
boshqa
xarakteristikalari bilan farq qiladi.
Ikkinchi guruxga kiruvchi texnologiyalar o’z navbatida ikki turga
bo’linadi: simli (wireline) va simsiz (wireless). Birinchi turdagi
texnologiyalar uchun 3.3-rasmda to’rtta misol
keltirilgan. Ularga quyidagilar kiradi:
FTTx, foydalanuvchi binosida joylashgan tarmoqgacha optik tola
olib borish uchun mo’ljallangan;
tola-koaksial aralash muhit, HFC (Hybrid Fibre-Coaxial)
abbreviaturasi bo’yicha ishlab chiqilgan va kabelli televidenie
operatorlari tomonidan qo’llanilgan;
passiv optik tarmoq PON (Passive Optical Network), patensial
mijozlarning bir nechta guruxi uchun
keng polosali xizmatlarni
ta’minlaydi;
62
PLC (Power Line Communication) texnologiyasi, ulanish
tarmog’i orqali signallarni uzatish muhiti sifatida elektr ta’minoti
liniyasidan foydalanadi.
Ikkinchi turdagi texnologiyaga yana to’rtta misol keltirilgan.
SHularni uchtasi keng polosali xizmatlarni qo’llab-quvvatlovchi BWA
simsiz kirish texnologiyasini qo’llashga asoslangan.
Nuqta-nuqta aloqa konfiguratsiyasini qo’llovchi qurilma, ikkita
qabul qilib uzatgich orasida traktni tashkil qilish uchun qo’llaniladi.
Nuqta-ko’p nuqta konfiguratsiyasi terminallarni yoki ko’chma
modullarni ulanishini ta’minlaydi.
FSO (Free Space Optics) keng
polosali simsiz ulanish
texnologiyasi lazerli aloqa tizimidir. Signallarni uzatish uchun lazer
qo’llaniladi, bunda nur ochiq muxitda tarqaladi.
LMDS (Local Multipoint Distribution System) simsiz kirish
texnologiyasi,
dastlab
televizion
dasturlarni
uzatish
uchun
mo’ljallangan.
Dostları ilə paylaş: