3.2.1.
SDH texnologiyasi
Bu texnologiyaning tanlovi asosiy trafik an’anaviy telefon trafigi
bo’lib, boshqa trafiklarning tashkil etuvchilari unchalik katta
bo’lmaganida (10% gacha, bunda o’tkazish qobiliyatining samaradorligi
taxminan 60% gacha bo’ladi) o’zini oqlaydi (3.6-rasm).
O’zbekistonda SDH texnologiyasi telefon operatorlari tomonidan
katta muvafaqqiyat bilan ishlatiladi va yangi SDH tarmoqlari qisman,
mavjud tarmoqlar bilan yagona boshqaruvni tashkil etish uchun
qurilgan.
3.6-rasm. O’tkazish qobiliyatining samara i ishlatilishi.
SDH texnologiyasining afzalliklari:
-
tarmoqning soddaligi. Sinxron tarmoqlarda bir kirish/chiqishli
multipleksor oqimlarni bevosita chiqarishi (kritishi) mumkin
masalan, STM-1 (155 Mbit/s) freymidan E1 (2 Mbit/s) signalini.
Natijada bitta kirish/chiqishli multipleksor bir necha PDH
multipleksorlarining
o’rnini
bosa
oladi,
bu
nafaqat
67
qurilmalarning
iqtisodiy
(uning
namenklaturadagi
narxi
bo’yicha) tejamkorligi, balki ularni talab qilingan joyda
o’rnatish, ta’minot va xizmati bilan ham bog’liqdir;
-
tarmoqning ishonchliligi va o’zini qayta tiklashi. Birinchidan,
tarmoqda optik tolali kabellar qo’llaniladi, amalda axborotlarni
uzatishda elektromagnit ta’sirlar mavjud emas; ikkinchidan,
tarmoq arxitekturasi va uni moslashgan holda boshqarish
himoyalangan ish rejimini qo’llash imkonini beradi. Bunda
signallarning tarqalishi ikki alternativ yo’l bilan amalga oshadi:
signal uzatiladigan birorta yo’l shikastlanganda bir zumda
zaxiraga ulanish, shikastlangan tarmoq tugunini aylanib o’tish.
Bu tarmoqni o’z-o’zini qayta tiklash imkonini beradi.
-
moslashuvchan tarmoq boshqaruvi, bu etarli darajadagi juda ko’p
keng polasali boshqaruv kanallarining mavjudligi, tarmoq satxi va
element menedjmenti bilan bog’liq bo’lgan kompyuterli ierarxik
boshqaruv
tizimi,
shuningdek
kanallarning
dinamik
rekonfiguratsiyasini va tarmoqni funksionallashtirish haqidagi
ma’lumotlarni to’plash bilan birgalikda bitta markazdan
avtomatik holda masofadan boshqarish imkoni bilan bog’liq
-
talab bo’yicha o’tkazuvchanlik polasasini ajratish. Oldin, amalga
oshirilishi mumkin bo’lgan xizmatlar, oldindan rejalashtirilgan
ishonchnoma (masalan, bir necha kun oldin) bo’yicha (masalan,
videokonferensiyani
o’tkazishda
talab
qilinadigan
kanalni
chiqarish) amalga oshar edi, hozir esa boshqa (keng polosali)
kanalga ulanish orqali sanoqli daqiqalarda amalga oshadi;
-
har qanday trafikni uzatishda shaffoflik, boshqa texnologiyalarda
68
shakllangan,
zamonaviy
Frame
Relay,
ISDN,
ATM
texnologiyalarini biriktirgan holda trafiklarni uzatish uchun
virtual konteynerlarni qo’llash bilan bog’liq;
-
qo’llashning universalligi. Texnologiyani, nuqtadan-nuqtagacha
minglagan kanallarni 40 Gbit/s tezlikda uzatishni ta’minlovchi,
global tarmoqlarni yoki global
magistrallarni yaratishda
qo’llanish
mumkinligi
kabi,
o’nlagan
lokal
tarmoqlarni
birlashtiruvchi halqali korporativ tarmoqlar uchun ham qo’llash
mumkin;
-
quvvatni oshirishning soddaligi
,
apparaturani o’rnatish uchun
universal ustunning mavjudligi, bir gurux funksional bloklarni
olib o’rniga (yuqori tezlikga mo’ljallangan) yangi bloklar
guruxini qo’yish, ierarxiyaning keyingi ancha yuqori tezliklariga
o’tish imkonini beradi.
SDH texnologiyasining kamchiliklari sifatida sezilarli xarajatlar
tufayli ma’lumotlarni uzatishda o’tkazish qobiliyatidan samarali
foydalanmaslikni ko’rsatish mumkin.
SDH texnologiyasining kamchiligi:
-
xizmat trafiklari uchun kanallardan bittasini to’liq qo’llanilishi;
-
aloqa kanallarining o’tkazuvchanlik qobiliyatidan samarali
foydalana olmaslik, turli ilovalar ostida o’tkazuvchanlik polasasini
dinamik taqsimlay olmaslik, trafiklar ustunligi mexanizmining
mavjud emasligi;
-
tayanch tarmoq bo’ylab (ma’lumot, ovoz) xar xil turdagi trafiklarni
ta’minlash uchun qo’shimcha qurilmalarni qo’llash zarurati.
SDH texnologiyasini quyidagi mavjud sharoitlarda NGNning
69
tayanch tarmoqlarini qurishda qo’llash uchun tavsiya etish mumkin:
-
chegaradan uzoqdagi kanallarni yuklash;
-
shaffof aloqa kanallarini taqdim etish zaruratining mavjudligi,
masalan ATSlar orasida ovozli trafiklarni uzatish uchun;
-
tijorat rejasi nuqtai nazaridan, uzatilgan trafiklarni miqdori
bo’yicha xizmatlar narxini va taqdim etilgan xizmatlar sifatini
aniqlamay,
belgilangan
o’tkazuvchanlik
qobiliyati
bilan
mijozlarga kanallarni taqdim etish.
.
Dostları ilə paylaş: |