Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

4.2
 
SIP va SIP-T protokollari
 
SIP IP-tarmoq bo’yicha uning yordamida multimediali sessiyalar 
yoki chaqiriqlarning o’rnatilishi, modifikatsiyalanishi va tugatilishi kabi 
operatsiyalar amalga oshiriladigan amaliy daraja protokoli hisoblanadi. 
Multiservisli tarmoqlarda SIP N.323da ishlatilganidagiga o’xshash 
funksiyalarni bajaradi. SIP sessiyalari multimediali konferensiyalarni, 
masofaviy o’qitish, Internet-telefoniya, va boshqa shunga o’xshash 
ilovalarni o’z ichiga olishi mumkin. Bugun u xalqaro standart roliga 
da’vogarlik qilmoqda. SIP Internet xostlari orasida aloqa seanslarini 
o’rnatish uchun mo’ljallangan. Internetning butun trafigiga xususiyatli 
bo’lganidek, 
bu 
seanslar 
bir 
darajali 
tabiatga 
ega. 
Protokol 
maxsuslashtirilgan SIP serverlarni ko’zda tutadi, lekin ularning ishlatilishi 
shart emas. Bu SIP serverlar ro’yxatga olish, qayta manzillashtirish va 
boshqa funksiyalar uchun xizmat qilishi mumkin. SIP protokoli to’liq 
taqsimlangan 
servisli 
modelni 
qo’llab-quvvatlaydi. 
Servislar 
foydalanuvchilar terminallarida (telefonlarda, PDA va boshqalarda), SIP 
serverlarda va ularning istalgan kombinatsiyasida bo’lishi mumkin. SIP 
protokoli H.323 protokolidan ko’plab nisbatlarda farqlanadi. SIP 2002 
yilda RFC 3261 sifatida standartlashtirilgan va e’lon qilingan. Qo’shimcha 
tovushli xizmatlarni aniqlash ustida ishlar hozircha boshlang’ich bosqichida 
turibdi. Lekin SIP butunligicha Internet protokollarga (xususan, HTTP) 
asoslanishi tufayli u tovushli va axborot servislarining integratsiyalanishiga 
ancha qisqa yo’lni ochmoqda. SIP spetsifik foydalanuvchi interfeysini IP-
terminalga yuklash kabi imkoniyatlarni qiyinchiliksiz ishlatilishiga imkon 
beradi. Bundan tashqari, yangi servis imkoniyatlarini qo’shish va 


101 
protokolning kengaytirishni moslashuvchanlik sohasidagi muammolarni 
xal qilishda xavfsiz amalga oshirish mumkin, chunki SIP spetsifikatsiyasi 
Internet prinsiplariga tayanadi. H.323 protokoli kabi SIP protokoli aniq 
belgilangan tarmoqlararo interfeysga ega emas. Lekin multimedia-aloqa 
ko’p nuqtali seanslarini boshqarish bo’yicha ishchi guruh (Multiparty 
Multimedia Session Control, MMUSIC) SIP Best Current Practices for 
Telephony loyiha doirasida bu masalani tezroq hal etish maqsadlarida 
tarmoqlarda SIP va MEGACO protokollarini birgalikda ishlatish ustida 
ishlarni boshladi. Bu telefon tarmoqlarini o’zaro bog’lanishlariga nisbatan 
me’yoriy talablarni qoniqtiradigan va SIP asosida xizmatlarni ko’rsatish 
taqsimlangan modeliga o’tishga ko’maklashadigan infratuzilmani taqdim 
etadigan tarmoqlarni yaratishga imkon beradi. Intelektual mijozlarli model 
tijoratda va kichik kompaniyalarning individual foydalanuvchilari uchun 
ma’lumotlarni uzatish uchun to’g’ri keladi (4.4-rasm).
Bu model korxonada mijozni kengaytirilgan xizmatlarni qo’llash 
uchun zarur intelektga ega bo’lishini bildiradi. Qo’llash telefon darajasida 
unga o’rnatilgan SIP yoki kengaytirilgan xizmatlar shlyuzi (Enhanced 
Services Gateway, ESG) orqali amalga oshirilishi mumkin. Binobarin, 
kengaytirilgan xizmatlar shlyuzi marshrutizatorlar, UATS va SIP
o’rnatilgan lokal tarmoq kommutatorlarini almashtirishi mumkin. Telefon 
stansiyasiga bog’lanish bilan zarur xizmat ko’rsatish sifatini va xizmat 
sinflarini qo’llovchi IP asosidagi istalgan axborot kanali bo’lishi mumkin. 
Yangi servislarni qo’llash telefon muhitida ham eng sezilarsiz, 
ham etarlicha sezilarli o’zgatirishlarni talab qilishi mumkin. Eng oddiy 
holda foydalanuvchilar mavjud UATS larni yoki oddiy telefonlarni 
saqlashi va an’anaviy telefon signalizatsiyasini SIP ni qo’llashli 


102 
telefonlar uchun SIP asosidagi signalizatsiyaga o’zgartirish uchun ESG ni 
o’rnatishi mumkin. Bu telefonlarga Ethernet trafik, standart kabellar 
bo’yicha uzatiladi. Eng qiziqarlisi, SIP asosidagi tarmoq ko’plab o’ziga jalb 
qiladigan funksiyalarni IP-servis Centrex sifatida ko’rishi mumkin. 
Bunda foydalanuvchi telefoni va ShK umumiy protokollar to’plamiga 
muvofiq ishlaydi va ham operator tarmog’i orqali qo’llanishi, ham to’liq usiz 
ishlashi mumkin. Hisobga olish kerakki, SIP bir darajali protokol 
hisoblanadi. Qanday servislarni tanlash va ishlatish qarori tarmoq 
arxitektorida qoladi. 
4.4-rasm. SIP protokoli asosidagi intellektual mijozli model
Albatta, telefon chaqirig’i signalizatsiyasini va birlashtirilgan audio 
ma’lumotlarni IP tarmoq orqali uzatish an’anaviy telefoniya oldida sezilarli 
avzalliklarni olishga imkon beradi. Lekin VoIP tarmoqlari baribir an’anaviy 
telefon tarmoqlarida ajralgan holda mavjud bo’la olmaydi. SIP asosidagi 


103 
telefon tarmog’i UfTT bilan o’zaro bog’lanishi kerak. 
SIP telefon tarmog’ining muhim xarakteristikasi UfTTga nisbatan 
ochiqlik xossasi hisoblanadi. OKS №7 kabi UfTT protokollarida 
ishlatiladigan kutishli chaqiruv, tekin chaqiruv va boshqalar kabi 
an’anaviy telefon xizmatlari SIP tarmog’i orqali foydalanuvchi sezadigan 
keraksiz farq yo’qotiladigan tarzda, shu bilan bir vaqtda SIP ning tez 
moslashuvchanligini cheklamasdan taqdim etilishi kerak. Bir tomondan 
SIP oxirgi nuqta OKS №7 orqali ulanadigan qurilmaga qaraganda ko’proq 
oddiy 
SIP-telefon 
hisoblangan 
xizmatlarni 
taqdim 
etish 
uchun 
oddiyliklarni qo’llashi talab qilinadi. Bundan tashqari, boshqachasiga SIP 
orqali qo’llanmaydigan, funksiyalarni ochiqligini ta’minlash uchun OKS 
№7 ma’lumotlari shlyuzlarida - OKS №7 va SIP larning o’zaro 
bog’lanish nuqtalarida mavjud bo’lishi mumkin. Iloji boricha OKS № 7 
ma’lumotlari SIP tarmog’ida boshqa tomonda UfTT - IP interfeys orqali 
to’liq va qandaydir yo’qotishlarsiz mumkin bo’lishi kerak. Ayrim 
cheklashlar tarmoqlar orqali ma’lum bir ma’lumotlarni uzatish uchun 
o’z OKS №7 parametrlarini ishlatishi tufayli vujudga keladi. 
SIP telefon tarmog’ining boshqa muhim xarakteristikasi SIP 
so’rovlarini marshrutlashtirishligi hisoblanadi. Bu telefon chaqiriqini 
o’rnatadigan SIP so’rovi o’z sarlavhasida uning SIP tarmog’i orqali 
yuborilishi, joyiga proksi-serverlar tomonidan marshrutlashtirilishi uchun 
etarli bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Odatda bu chaqiriladigan 
nomer kabi chaqiruv parametrlari OKS №7 signalizatsiyadan SIP 
so’rovlarga o’tkazilishi kerakligiga olib keladi. SIP tarmog’idagi 
marshrutlashtirishga navbati bilan TRIP yoki ENUM kabi mexanizmlar 
ta’sir etishi mumkin. 


104 
4.2-jadval. 
UfTT-IP tarmoqlarining o’zaro bog’lanishi bo’yicha talablarni 
bajarilishiga imkon beradigan SIP protokolining xossalari 
OKS № 7 - SIP o’zaro 
bog’lanishga talablar 
SIP-T funksiyalari 
ISUP signalizatsiya uchun ochiqlik ISUP xabarlarini SIP tanasiga 
inkapsulyasiyalash 
ISUP ga bog’liq ravishda SIP 
xabarlarining 
marshrutlashtirishligi 
ISUP ma’lumotlarini SIP 
sarlavhasiga translyasiyalash 
ISUP signalizatsiya ‘mid-call’ 
xabarlarini uzatish 
‘mid-call’ signalizatsiya uchun 
INFO usulining ishlatilishi 
(‘midcall’-bog’lanish 
o’rnatilishidagi signalli 
ma’lumotlar) 
SIP-T (SIP for Telephones) protokoli an’anaviy telefon signalizatsiyasi 
ma’lumotlarini SIP protokoli xabarlariga inkapsulyasiyalashni ta’minlaydi
(4.2-jadval). 
SIP-T inkapsulyasiya (encapsulation) va translyasiya (translation) 
texnologiyalari yordamida SIP telefon tarmog’i xarakteristikalarini saqlab 
turadi. SIP-ISUP shlyuzda OKS №7 tarmog’i ISUP nimtizimining xabarlari 
xizmatlar uchun talab qilinadigan ma’lumotlar SIP so’rovdan tashlab 
yuborilmasligi uchun SIP protokoli xabarlariga inkapsulyasiyalanadi. 
Bundan tashqari, SIP so’rovlari uchun marshrutlashtirish masalalarini 
echilishini 
ta’minlaydigan 
vositachilar 

proksi-serverlar 
ISUP 
protokollarini qo’llamaydi. Shuning uchun ISUP xabarlardan bir qancha 
kritik ma’lumotlar SIP mos sarlavhalariga SIP protokolining so’rovi 


105 
qanday marshrutlashtirilishini o’rnatish maqsadida translyasiyalanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin