5.2.
Optik “oxirgi mil”. FTTx va PON konsepsiyalari
Optik kabel tizimlari texnologiyasining rivojlanishi va an’anaviy
metal kabellarning siqib chiqarilishi optik keng polosali kirish tarmoqlari
konsepsiyasining paydo bo’lishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda FTTx (Fiber
Transport to…, ya’ni ...gacha optik transport tarmoq) nomini olgan
optic abonent
tarmoqlari konsepsiyasi tarmoqlarni qurishda keng
ravishda foydalanilmoqda.
FTTx deganda turli strukturaga ega bo’lgan texnologiyalar oilasi
tushuniladi [11] (5.10-rasm):
FTTB (Fiber To The Building) – uygacha optik uzatish tizimi;
FTTS (Fiber To The Curb) – taqsimlangan qutigacha optik uzatish
tizimi;
FTTSab (Fiber To The Cabinet) – taqsimlash shkafigacha optik
uzatish tizimi;
FTTR (Fiber To The Premises) – tarmoq segmentigacha optik
uzatish tizimi;
FTTO (Fiber To The Office) – ofisgacha optik uzatish tizimi;
FTTN (Fiber To The House) – xonadongacha optik uzatish
tarmog’i;
FTTU (Fiber To The User) – oxirgi foydalanuvchigacha optik
uzatish tarmog’i.
5.10-rasmda ko’rsatilganidek, har qanlay optik kirish tarmog’i
asosida OLT (Optical Line Terminal) va terminal ONT (Optical
Network Terminal) elementlarining o’zaro bog’liqligi yotadi. ONT ni
134
abonent kirish liniyasi uchastkalarida joylashtirishga bog’liq ravishda
FTTx texnologiyalari ham farqlanadi.
Zamonaviy optik kabelli tizimlar deyarli chegarasiz o’tkazish
polosasini ta’minlaydi. Optik kabellarda WDM spektral multipleksorlash
prinsiplarini qo’llash bitta kabelda bir sekundda bir necha terabitni
uzatish imkonini beradi. Shu bilan birga ONT ning narxi hozircha juda
yuqori. Shu sababli FTTx etakchi ofis tashqi kirish texnologiyasi bo’ldi.
5.10-rasm. FTTx konsepsiyasini qo’llash variantlari
Optik uzatish tizimi NGN tomonidan qo’yiladigan har qanday yangi
konsepsiya va ma’lumotlarni uzatish tezligiga bo’lgan talablardan qat’iy
nazar keng polosali kirishning ixtiyoriy miqdordagi foydalanuvchilari
ehtiyojlarini qondira oladi. Shuning uchun operatorlar yangi qurilish ishlari
haqida gap borganida FTTx texnologiyasini tanlaydilar.
135
Mis simli kabellarni binogacha yotqazgandan ko’ra, binogacha optik
kabellarni yotqizib, keyinchalik muammosiz bo’lgan afzalroqdir. Bunda
FTTx texnologiyalarini HPNA va VDSL zamonaviy ofis ichki kirish
tarmoqlari bilan birlashtiriladi.
FTTx konsepsiyasi abonentning kabelli tarmog’ida optik kabeldan
foydalanish strategiyasini aniqladi. Uning keyinchalik rivojlanishi aniq
konfiguratsiyalarni ishlab chiqish va masalalarni hal qilish, abonentning
kabelli tarmoqlarida keng polosali kirish uchun optik uzatish tizimlarini
qo’llash yo’nalishida bordi. Bu erda turli variantlardan foydalanish
mumkin (5.11-rasm), shu bilan birga, transport tarmoqlariga mo’ljallangan
ma’lumotlarni uzatishning aktiv usullari tez orada kabel tarmog’i
resursidan foydalanishning past samaraliligini ko’rsatdi. Ma’lumotlarni
uzatish asimmetriyasi, ONT konfiguratsiyasini maksimal
ravishda
soddalashtirish zaruriyati va boshqalar kabi faktorlar an’anaviy tolali-optik
uzatish tizimlarida hisobga olinmagan. Natijada kirish tarmoqlarini
o’rnatish uchun optik oxirgi milya echimlari paydo bo’ldi.
Xalqa topologiyasi (5.11-rasm, a) mikro SDH ga asoslangan
bo’lib, tolalar soni bo’yicha ideal echimdir, o’rnatilgan rezervlash mavjud,
ammo tarmoqlarni kengaytirish etarlicha murakkab. Nuqta- nuqta
topologiyasi uchun (5.11-rasm, b) ixtiyoriy tarmoq topologiyasiga
to’g’ri keladi, tarmoqda ishlash osonlashadi, ammo ko’p miqdordagi tola
va optik uzatkichlar talab qilinadi. Aktiv tugunli daraxt topologiyasi
(5.11-rasm, v) Ethernet 10/100/1000 protokoliga asoslangan bo’lib, oraliq
tugunlarda aktiv qurilmalarni o’rnatish talab qilinadi. Passiv optik
shoxlantirgichli daraxt topologiyasi yoki 5.11- rasm (g) da keltirilgan
shunday
nomlanadigan
passiv
optik
tarmoqlar
(PON)
boshqa
136
topologiyalarga nisbatan optimal miqdordagi tola va optik uzatkichlarga
ega bo’lib, keng polosali kirish optik tarmoqlarining eng samarali
texnologiyas ibo’lib hisoblanishi mumkin.
5.11-rasm. Optik kabellarni abonentning kabelli tarmoqlarida
qo’llash topologiyalari variantlari: a - xalqa; b – nuqta-nuqta; v – aktiv
tugunli daraxt topologiyasi; g – passiv tugunli daraxt topologiyasi.
PON texnologiyasining rivojlanishi turli texnologiyali butun oilaning
paydo bo’lishiga olib keldi: APON, BPON, EPON va GPON. Ushbu
oilaning kengayishi istisno qilinmaydi. PON texnologiyalari, asosan,
uzatish tezligi, bitta OLT oxiridagi abonent tugunlari soni, shuningdek,
foydalanuvchi qurilmalari bilan moslashish interfeyslari bilan farqlanadi.
Birinchi PON texnologiyalari (APON va BPON) ATM texnologiyasiga
mo’ljallangan bo’lib, SDH ierarxiyalarining uzatish tezligi, oxirgi
137
ishlanmalar (EPON) ETHERNET texnologiyasiga va 1 Gbit/s uzatish
tezligiga mo’ljallanmoqda. 5.1-jadvalda ushbu kirish texnologiyalar
oilasining qiyosiy tahlili keltirilgan.
5.1-jadval.
PON texnologiyalarining qiyosiy tahlili
Xarakteristika
APON
(BPON)
EPON
GPON
Standartlashtirish
institutlari/ittifoqla
r
ITU/T
SG15/FSAN
IEEE/EFMA
ITU-T
SG15/FSAN
Standartni qabul
qilish sanasi
1998-yil
oktyabr
2004-yil iyul
2003-yil
oktyabr
Standart
ITU-T
G.981.x
IEEE 802.3ah
ITU-T
G.984.x
Uzatish tezligi,
to’g’ri/teskari
oqim, Mbit/s
155/155;
622/155;
622/622
1000/1000
1244/155, 622,
1244; 2488/622,
1244, 2488
Bazaviy protokol
ATM
ETHERNE
T
SDH
Liniya kodi
NRZ
8B/10B
NRZ
Tarmoqning
maksimal radiusi,
km
20
20(>30)
20
Bitta tolaga
abonent
tugunlarining
maksimal soni
32
16
64 (128)
Ilovalar
ixtiyoriy
IP,
ma’lumotlar
ixtiyoriy
138
FEC xatolarni
korreksiyalash
Nazarda
tutilgan
yo’q
zarur
To’g’ri/teskari
oqimlar to’lqin
uzunliklari, nm
1550/1310
1480/1310
1550/1310
1310/13103
1550/1310
1480/1310
Polosani dinamik
taqsimlash
mavjud
qo’llab-
quvvatlash
mavjud
IP-fragmentatsiya
mavjud
yo’q
mavjud
Ma’lumotlar
xavfsizligi
Ochiq
kalitlar
bilan
shifrlash
yo’q
Ochiq
kalitlar
bilan
shifrlash
Rezervlash
mavjud
yo’q
mavjud
Nutq ilovalarini
qo’llab-
quvvatlashni
baholash va QoS
yuqori
past
yuqori
Shu tarzda, an’anaviy optik uzatish tizimlari va FTTx oxirgi optik
milya konsepsiyasini birgalikda yaratuvchi yangi PON asosidagi
texnologiyalar
zamonaviy
va
kelajak
NGN
kirish
tarmoqlarini
rivojlantirishda asosiy rol o’ynaydi. Optik uzatish tizimlarining ulushi
tobora o’sib bormoqda va faqat vaqt faktori FTTx texnologiyalariga
DSL echimlarini bozordan siqib chiqarishga xalaqit bermoqda. Agar
operatorlar butun abonentning kabelli tarmog’ini qaytadan qurish
qarorini qabul qilganlarida FTTx texnologiyasi asosiy bo’lardi.
Zamonaviy abonentning kabelli tarmog’ini telefon kabellari asosida
yaratish uchun operatorlarga taxminan yuz yil kerak bo’lganini eslab
o’tmasdan iloj yo’q. Abonent tarmog’ining an’anaviy kabellardan optik
139
texnologiyalarga o’tishi uchun qancha vaqt talab qilinishi – ko’proq
tarixga tegishli bo’lgan masaladir. Shuning uchun hozirgi vaqtda FTTx
texnologiyalari
eng
istiqbolli
bo’lish bilan birga NGN kirish
konsepsiyasida ahamiyati bo’yicha ikkinchi bo’lib qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: |