161
protsessorlarining paydo bo’lishi shuningdek OFDM-modulyasiya
(Orthogonal Frequency Division Multiplexing) kabi usullaridan
foydalanish xisobiga yuzaga keldi va birinchi o’n yillikda NGN
rivojlanishi bilan ushbu texnologiya
keng
polosali
kirish
tarmoqlarining juda istiqbolli rivojlanishiga keng yo’l ochib berdi.
Bir necha yil odin kompyuter
sanoati liderlari HomePlug
Alliance deb nomlangan hamkorlik tashkilotiga asos soldilar. A’zo
kompaniyalar birgalikda ilmiy-tadqiqot va amaliy-sinov ishlarini
o’tkazish,
shuningdek,
elektr
tarmog’i
tizimlari
orqali
ma’lumotlarni uzatishning yagona standartlarini qabul qilish bilan
shug’ullanadilar. Intellon firmasining PowerPacket texnologiyasi
PowerLine ning prototipi bo’lib, u HomePlug 1.0 yagona
standartining asosiga qo’yilgan. Unda ma’lumotlar uzatish tezligi
14 Mbit/s gacha belgilangan bo’lib, PLC asosidagi tizimlarni
TriplePlay
konsepsiyasining
dominantligida
ham
butunlay
raqobatbardosh qiladi. 2003-yildan PLC
texnologiyasining rivojlanishi NGN keng polosali kirish tarmoqlarini
yaratish yo’nalishida bordi. Yangi texnologiya BPL (Broadband
over Power Line)
nomini olib, Amerika va Evropa bozorlarida
birinchi sinovlardan o’tdi. BPL foydalanuvchilari ma’lumotlarni
uzatishning yuqori tezligini ta’kidladilar (3 Mbit/s dan ortiq)
bunda oylik abonent to’lovi, mavjud keng polosali echimlarga
nisbatan kam bo’ldi. Kun tartibida elektr ta’minotini etkazib
beruvchilar
va
kommunikatsion
kompaniyalar
o’rtasidagi
munosabatlarni tartibga solish masalalari ochiq qoldi. IEEE da BPL
uchun standart ishlab chiqildi va qabul qilindi ( IEEE 1675).
162
PLC tizimlarining ishlash prinsipi asosida ADSL va CATV
texnologiyalari orqali tanish bo’lgan signallarni chastota
bo’yicha ajratish va shohoblantirgichdan foydalanish yotadi.
Yuqori tezlikdagi ma’lumotlar oqimi
bir necha past tezlikdagi
oqimlarga ajratiladi va ulardan har biri alohida chastota bilan
uzatiladi, so’ngra barcha oqimlar bitta signalga birlashtiriladi. 4...21
MGs diapazonda 84 ta tashuvchi chastotalardan foydalanish
simlar
orqali
oddiy
elektr
energiyasini
uzatishga
ta’sir
ko’rsatmaydi, chunki elektr tokining 50 Gs chastotasi va
ma’lumotlarni uzatish chastotasi o’rtasida katta farq bor. Shu
tarzda, oddiy elektr tarmog’i bir vaqtda elektr ta’minotini ham,
ma’lumotlarni ham bitta zanjir (liniya) orqali uzata oladi.
Kam quvvatli abonent elektr tok tarmoqlari yoki o’rta quvvatli
taqsimlagich tarmoqlar bilan ishlaydigan PLC qurilmalari mavjud.
Shoxlantirgichlar
va
birinchi
turdagi qurilmalar abonentlar
xonadonlarida, ikkinchi tur qurilmalar esa taqsimlagich tarmoqlarning
tugunlari (transformator butkalari, elektr
uzatish stolbalari va
h.k.)da
o’rnatiladi
u
erda
ma’lumotlarni
uzatish
signali
regeneratsiya qilinadi. PLC texnologiyasi bilan bog’liq bo’lgan
eng murakkab texnik echimlarga, elektromagnit moslashuvchanlik,
elektr
xavfsizligi
va
yuqori chastotali signallarning elektr
tarmoqlarida
yuqori
darajali
so’nishlar
kiradi.
Zamonaviy
PLC
texnologiyasi
(va
asosan
BPL)
yuqorida
keltirilgan
muammolarni hal qilish imkonini beradi, shuning uchun eng yaqin
vaqt ichida PLC texnologiyasining keng tarqalishini kutish
mumkin.
163
PLC texnologiyasining afzalligi potensial
foydalanuvchilarni
100% qaram olishidir. Hech bir texnologiya bunday afzallikka ega
emas. Ammo shu bilan birga PLC texnologiyasi yangi bo’lganligi
sababli kamchiliklarga ega, xususan, PLC texnologiyasining
amaliy realizatsiyasi 3...4 Mbit/s tezlikni namoyon qildi, bu esa
zamonaviy NGN kirish tarmoqlari uchun etarli emas,
shuningdek
PLC ning bunday tizimlar uchun arzon abonent qurilmalarining
mavjud emasligidir. Elektr liniyalari orqali ma’lumotlar uzatish
tizimlarining realizatsiya qilish qo’shimcha qiyinchiliklar bilan
bog’liq. Avvalo, texnik xarakteristikalari bo’yicha elektr tarmoqlari
g’arb davlatlari tarmoqlaridan farqlanadi, bundan tashqari, elektr
liniyasi orqali ma’lumotlarni uzatishning asosiy parametrlarini
aniqlovchi standartlar mavjud emas.
Dostları ilə paylaş: