Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

6.5.
 
Multimediali xizmatlarning turlari, taqdim etish va 
ishlash tamoyillari
 
Multimedia xizmatlarini ikkita vaziyatda qarab chiqish mumkin: 
abonentlarga aloqa xizmati; aloqa operatori xizmati. 
Abonent nuqtai nazaridan aloqaning multimedia xizmatlari, tarmoqning 
spetsifik multimediali foydalanuvchi ilovalarini ishlab turishini ta’minlash 
imkoniyatini beradi. Aslida abonent uchun qaysi tarmoq bazasida 
multimedia xizmatlari taqdim etilishi farqsiz ya’ni xizmat tarmoqning
texnologik platformasiga bog’liq emas. 
Multimediali foydalanuvchi ilovalari, aloqaning bir seansi doirasida 
abonentga ma’lumotli muhitni taqdim etuvchi va audiovizual ma’lumotlarni 
bir vaqtning o’zida bir nechta birliklarini taqdim etishni bir vaqtda qo’llab- 
quvvatlovchi ilovalardan iborat. Multimediali ilovalarga misol sifatida 
quyidagilarni keltirish mumkin: xujjatlar bilan birgalikda ishlash, masofadan 
ta’lim, telemeditsina va boshqalar. 
Aloqa operatori multimedia aloqa xizmatlarini, abonentlar (abonentlar 
guruxi) orasida tarmoq infrastrukturasi doirasida tarkibini va qo’llaniladigan 
uskuna imkoniyatlarini hisobga olgan holda ikki yoki undan ko’p birliklar 
kombinatsiyasining audiovizual ma’lumotlari (ya’ni video, ovoz, matn)ni 
ko’chirish kabi qaraydi. Shunday qilib u yoki bu multimedia xizmatlarini 
taqdim etish imkoniyati, tarmoqning to’liq texnologik platformasiga bog’liq. 
Aloqa soxasidagi Evropa standartlashtirish instituti (ETSI) keng polosali 


180 
multimediali xizmatlar tushunchasini kiritgan. Keng polosali multimediali 
xizmatlardeganda shunday aloqa xizmati tushuniladiki, bunda xizmatlarni 
taqdim etish keng polosali aloqa tarmoqlari bazasida amalga oshadi. Bunday 
tarmoqlar, 
real 
vaqt 
rejimida 
uzluksiz 
oqimlar 
ko’rinishidagi 
paketlar/yacheykalarda axborotlarni ko’chirishni ta’minlash qobiliyatiga ega. 
Multimediali aloqa xizmatlariningtasniflari va ilovalarini turli ko’rish 
nuqtalarida va turli me’zonlarni qo’llash bilan ishlab chiqish mumkin. B-
ISDN aloqa operatoriko’rish nuqtasida aks etuvchi tasnifga misol sifatida, 
ITU-T I.211 tasiyasini keltirish mumkin. Bunday yondashish shundan 
iboratki, abonentlarga aloqa xizmatlari B-ISDNning ma’lum bir xizmatlari 
yordamida taqdim etiladi. 
Tavsiyaga binoan, abonentning terminal uskunalari orasidagi aloqa 
usullariga bog’liq holda va foydalanuvchi ilovalari imkoniyatlariga mos holda 
interaktiv va taqsimlangan xizmatlarga bo’linadi va ularning har biri o’z 
navbatida bir qancha xizmat sinflarini biriktiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin