Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

 
Nazorat savollari 
1.
Taqdim etiladigan xizmatlarning asosiy turlari haqida ma’lumot 
bering. 
2.
Taqdim etiladigan xizmatlarning qo’shimcha turlari 
haqida 
ma’lumot bering. 
3.
Aloqa xizmati va tarmoq servisi deganda nimani tushunasiz? 
Ularning bir
biridan farqi nimada? 
4.
Aloqa xizmatiga ta’sir ko’rsatuvchi qanday faktorlarni bilasiz? 
Ularni qanday bartaraf etish mumkin? 
5.
Multimediyali xizmat turlarini keltiring va tushuncha bering. 
6.
Qanday maqsadlardaVPN xizmatlaridan foydalaniladi. 
7.
Qanday maqsadlarda kirish xizmatlaridan foydalaniladi? 
8.
Infokommunikatsiya xizmatlarining xususiyatlari nimadan iborat? 
9.
Keyingi avlod tarmoqlarida qanday hizmatlar yuzaga keldi? 
10.
Odatdagi tarmoq 
xizmatlaridan yangi avlod 
tarmoqlarining 
xizmatlari nimasi bilan farqlanadi? 


186 
7. KEYINGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLARI UCHUN 
XIZMAT KO’RSATISH SIFATINI (QOS) TA’MINLASH
 
7.1.
 
Xizmat ko’rsatish sifati soxasidagi terminlar
 
ITU-T modeli. 
Ingliz tilida x izmat ko’rsatish sifati terminiga Quality 
of Service (QOS) erkin so’z birikmasi mos keladi. Xizmat ko’rsatish 
sifati termini telefon tarmoqlarining ishlab turishida turli aspektlarning
tavsiflarida qo’llaniladi. 
ITU-T xujjatlarida xizmat ko’rsatish sifatiga tegishli bo’lgan terminlar 
E.800 tavsiyasi bilan aniqlanadi. Bu tavsiyada QoS ko’rsatkichlari, xizmat 
ko’rsatish xarakteristikalarining birgalikda paydo bo’lishi kabi qaraladi.
7.1-rasmda xizmat ko’rsatish sifati komponentlarini va ularning o’zaro 
aloqasini aniqlovchi model ko’rsatilgan. Kutiladigan xizmat ko’rsatish satxi 
quyidagi xarakteristikalar bilan baholanadi [9]: 

xizmat ko’rsatishni qo’llab-quvvatlash (service support); 

xizmat ko’rsatishning qulayligi (service operability); 

xizmat ko’rsatishni taqdim etish (serveability); 

xizmat ko’rsatish xavfsizligi (service security). 
Xizmat ko’rsatishni qo’llab-quvvatlash xarakteristikasi, operator 
xizmatini taqdim etish qobiliyatini va uning qobiliyatliligini qo’llashni aks 
etdiradi. O’z navbatida xizmat ko’rsatishni taqdim etish xarakteristikasi 
quyidagi uchta guruxga bo’linadi: 

xizmatlarga ulanish (service accessibility); 

xizmat ko’rsatish mo’tadilligi (service retainability); 

xizmat ko’rsatishning to’liqligi (service integrity). 


187 
Xizmatlarga ulanish xarakteristikasi, foydalanuvchi talablari bo’yicha 
ularni olish imkonini va so’ralgan vaqt intervalida yomonlashishi 
sezmaydigan ravishda xizmat ko’rsatishni davom ettirishni baholaydi. 
Xizmat ko’rsatish mo’tadilligining xarakteristikasi, so’ralgan vaqt 
intervali davomida berilgan atributlar bilan, olingan xizmatlardan 
foydalanish imkonini aniqlaydi. Xizmat ko’rsatishning to’liqlik xarakteristikasi,
ko’rsatiladigan xizmatlar to’laligicha, yomonlashmasdan amalga oshadi. 
Xizmat 
ko’rsatish 
xavfsizligi 
xarakteristikasi, 
telekommunikatsiya 
tarmoqlarining quyidagi ishlash aspektlari bilan bog’liq: ruxsat etilmagan 
monitoring, g’irromlikni qo’llash, buzuq niyatlilik tufayli shikastlanish, 
noto’g’ri qo’llash, inson xatoligi, tasodifiy falokatlar. Yuqorida qayd qilingan 
barcha xizmat ko’rsatish xarakteristikalari tarmoqning ishlash sifatiga, 
shuningdek 
funksional 
imkoniyatlariga 
bog’liq. 
Mos 
keluvchi 
bog’lanishlar 7.1-rasmning pastida punktir liniyalar bilan belgilangan. 


188 
7.1-rasm. Xizmat ko’rsatish sifati soxasida terminlarni tushuntiruvchi 
ITU-T modeli 
Platalarning ustama xarakteristikasi (charging performance), aloqa turi, 
belgilangan punkt, sutkadagi vaqt va ulanishning davomiyligi nuqtai 
nazaridan korreksiyalangan ustama platalar ehtimolligi orqali aniqlanadi. 
Trafikga xizmat ko’rsatish xarakteristikasi (trafficability perfor- 
mance), ma’lum bir parametrga ega bo’lgan trafikga xizmat ko’rsatuvchi 
texnik vositalarning qobiliyatini aniqlaydi. Bu xarakteristika uchta katta 
guruxga bo’lingan. 
Birinchi gurux uchun terminlar, Resurslar va qurilmalar deb ataladi 
va 
ular 
hali 
aniqlanmagan. 
Umuman 
olganda 
rejalashtirish 


189 
xarakteristikalari uchun ta’rif (planning performance), xizmatlarni taqdim 
etish (provisioning performance) va ma’muriy boshqarish yaqin vaqtlarda 
ishlab chiqiladi. 
Ikkinchi gurux, funksional ishonchlilik (dependability) deb ataladi. Bu 
yig’ma termin, asosiy ta’sir qiluvchi faktorlarni inobatga olgan holda ishga 
qobiliyatlilik xarakteristikasida ko’rsatiladi va to’rtta muhim xarakteristika 
ajratiladi: 

tayyorlik (availability) – berilgan vaqt lahzasida yoki har qanday 
berilgan vaqt intervali lahzasida texnik vositalarni talab qilingan 
funksiyani bajarish qobiliyati (agar zarur bo’lsa mos keluvchi tashqi 
resurslarni qo’llagan holda); 

ishonchlilik (reliability) – ma’lum bir sharoitda, belgilangan vaqt 
intervali davomida texnik vositalarni talab qilingan funksiyani 
bajarish qobiliyati; 

qayta tiklanuvchanlik (maintainability) – o’rnatilgan sharoitda texnik 
vositalarni qo’llashda xuddi shunday holatda tiklanishini qo’llab 
quvvatlash, shuningdek, belgilangan protsedura va resurslarni 
qo’llash yordamida talab qilingan funksiyani bajarishi mumkin 
bo’lgan texnik xizmat ko’rsatish qobiliyati tushuniladi; 

texnik xizmat ko’rsatishni qo’llab quvvatlash (maintenance sup- port) 
– texnik xizmat ko’rsatishni belgilangan qoidalarida, talab bo’yicha 
ma’lum bir texnik vositalarni ishga qobiliyatliligini ta’minlash uchun 
zarur bo’lgan resurslarni qo’llash imkonini beruvchi ekspluatatsion 
kompaniyalarning qobiliyati tushuniladi. 
Uchunchi guruxga, signallarni uzatish xarakteristikalari (transmission 
performance) kiradi. Ular, ishga qobiliyatli holatda bo’lgan aloqa tizimi 


190 
orqali uzatilgan, qayta tiklangan signalning satxi kabi aniqlanadi. 
ITU-T E.800 tavsiyasida tarqalish muhitining xarakteristikalari 
(propagation 
performance) 
ajratilgan. 
Ular, 
shu 
jarayonni 
sun’iy 
boshqarishsiz, belgilangan ulanish bilan signallarni o’tishini ta’minlovchi 
shu muhit qobiliyati bilan aniqlanadi. 
Bugungi kunda keng tarqalgan yana bir fikr mavjud, bugungi KK va 
PK tarmoqlari IP- infrastrukturasiga asoslangan tarmoqlarga asta sekinlik
bilan birlashmoqda. Bunday tarmoqlar TUF trafiklari kabi odatdagi 
Internet trafiklarini ham tashiydi. Konvergensiyaning bunday ssenariysi, 
texnologiyalarni birlashtirish orqali tannarxning kamayishi olib kelgani 
kabi yangi xizmatlarni yaratish orqali industriyaning rivojlanishi bilan 
yoqimli. Lekin amalda konvergensiya juda sekin ketmoqda. Texnik nuqtai 
nazardan eng qiyini xizmat ko’rsatish (QoS)ni ta’minlash sifati muammolari 
bilan bog’liq. 
Odatdagi IP tarmoqlari, foydalanuvchilarga taqdim etildigan tarmoq 
resurslarining mumkin bo’lgan haqqoniy ulushini sifatli eng yaxshi urinish 
(best effort)ni qo’llaydi. Lekin bularni ishlab chiqarish satxida bajarilishi 
kafolatlanmaydi. Best effort prinsipi noreal vaqt masshtabida (elektron 
pochta, fayllarni uzatish) ilovalarni qo’llab quvvatlash uchun etarli 
darajada samarali va vaqtning real masshtabiga yaqin bo’lgan ilovalar 
(audio/video eshittirish, Webni ko’rish) uchun kengaytirildi. Biroq 
foydalanuvchilardan kutiladigan interaktiv ovozli telefoniya va real 
vaqtning boshqa ilovalarni sifatini ta’minlash kam extimollidir, o’tkazish 
qobiliyatini chegaralash paketlarni yo’qolishiga yoki ushlanib qolish 
kattaligini jiddiy ravishda oshishiga olib keladi. 
Kelajakda, IP-tarmoqlariga asoslangan konvergensiyaning to’liq 


191 
foydali samaradorligi qo’llash uchun, IP (VoIP)dan yuqori bo’lgan ovozga 
ega bo’lgan ko’p va turli tuman foydalanuvchi ilovalari uchun QoSni 
differensiallashni ishonchli ta’minlash qobiliyatiga ega bo’lgan resurslarni 
yangi taqsimlash prinsipini qo’llash kerak. 
QoSni boshidan oxirigacha IP uchun hal qilish, qo’llanilishi mumkin 
bo’lgan IP/TUF ni muvoffaqiyatli konvergensiyalash imkonini beradi, 
masalan quyidagi 3 qadamni: 
1.
IPni ishlab chiqish parametrlarining umumiy majmuasiga nisbatan 
tarmoq provayderlari shartnomalari va QoS talablarini amalga 
oshirish; 
2.
Terminal terminal uchastkasida QoSning belgilangan talablarini 
qo’llab quvvatlovchi tarmoq mexanizmlarini tarqatish; 
3.
Kafolatlangan 
QoS 
bilan 
IP-potokollari 
so’rovi 
bo’yicha 
signalizatsiya protokollarida QoS talablarini joriy qilish imkonini 
yaratish. 
Oxirgi vaqtlarda IP tarmoqlarida, xizmat ko’rsatish sifati (QoS) 
savollari, juda dolzarb bo’lib qoldi, chunki bunday masalalarning hal 
qilinishi kelajakdagi XXI asr aloqa tarmoqlari bilan to’g’ridan to’g’ri 
bog’liq. 
O’tgan bir necha yil davomida IETF tashkilot doirasida, QoS 
ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan katta yoki kichik darajadagi bir qancha 
arxitekturalar va mexanizmlar taklif qilindi. Anchagina taniqli bo’lgan va 
qo’llanilgani IntSerf, DiffSerf, MPLS (GMPLS)lar, shuningdek majburiy 
marshrutlashtirish mexanizmi hisoblanadi. 


192 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin