207
8.
KEYINGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLARINING
TRANSPORT POG’ONASI. TRANSPORT
TARMOQLARINING
KO’PPROTOKOLLI ARXITEKTURASI
8.1.
Transport pog’onasi
Transport pog’onasi (Transport layer)
–
bu pog’ona ilovalarga yoki
stekning
yuqori
pog’onalariga
ma’lumotlarni
kerakli
darajada
ishonchlilik bilan uzatishni ta’minlab beradi. Transport pog’onasi
tomonidan xizmat ko’rsatishning besh xil sinfi mavjud:
1.
Tezkorlik.
2.
Uzilgan aloqani tiklash imkoniyati.
3.
Bir-nechta har xil amaliy protokollarni
umumiy transport
protokoli orqali bog’lab, ularni ishlashini ta’minlab berish
vositalari. Bu xuddi temir yo’l transportida har xil yuklar
ortilgan vagonlarni bir poezdga birlashtirib manzilga etkazib
berishga o’xshaydi.
4.
Ma’lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xatoliklarni tuzatishni
ta’minlash.
5.
Ma’lumotlarni
uzatishda
yuzaga
keladigan
xolatlar
–
ma’lumotlarni yo’l davomida o’chib ketishi, yo’qolib
qolishi va
bir xil paketlarni bir necha marta uzatilishi kabi xatoliklarni
tuzatishni ta’minlash.
Transport pog’onasi va undan yuqorida joylashgan pog’onalar
protokollari kompyuterlarning (stansiyalar, serverlar va uzellarning)
208
dasturiy vositalari, ya’ni tarmoq operatsion tizimi tarkibidagi dasturlar
tomonidan amalga oshiriladi. Transport satxi
protokollariga misol qilib
TCP/IP stekining TCP va UDP, hamda Novell stekining SPX
protokolini keltirish mumkin.
Transport pog’onasining asosiy vazifasi paketlarni xatosiz,
dastlabki ketma-ketlikda, yo’qotishlarsiz va ikkilanishlarsiz kafolat bilan
etkazib berishdir. Ushbu pog’onada ma’lumotlar qayta taxlanadi:
uzunlari bir necha paketlarga ajratiladi, qisqa paketlar esa birlashtiriladi.
Shu orqali tarmoqdan paketlarni yuborish samaradorligi oshiriladi.
Transport pog’onasida qabul qiluvchi tomonidan ma’lumotlari
qabul
qilinganligi xaqida tasdiq signali yuboriladi.
Transport pog’onasi oqimni boshqaradi, xatolarni tekshiradi va
paketlarni yuborish va qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni
xal qilishda ishtirok etadi. Transport pog’onasi
xizmat sinfini tanlash,
bir tomondan, transport pog’onasidan yuqori pog’onadagi qo’llanish
dasturlar va protokollari tomonidan ishonchlilikni ta’minlash, ikkinchi
tomondan esa, quyi joylashgan tarmoq, kanal va fizik pog’onalarining
ma’lumotlarini tarmoqqa uzatish tizimi qanchalik
ishonchli ekanligiga
bog’liq.
Qoidaga binoan, transport pog’onasidan boshlab yuqoridagi barcha
protokollar, tarmoqdagi oxirgi tugunlarning dasturiy vositalari –
ularning tarmoq operatsion tizimlarining komponentlari tomonidan
amalga oshiriladi. Transport protokollariga: TCP/IP stekining TCP va
UDP protokollari misol bo’la oladi.
Internet ikkita asosiy protokollarga asoslangan – IP protokoli va
TCP protokoli.
TCP va IP, shuningdek bir qator kuzatuvchi
209
protokollarning yig’indisi TCP/IP Internet protokollar steki sifatida
aniqlanadi.
TCP/IP bazasidagi turli tarmoqlar, Internet
muxitini shakllantirib
IP marshrutizatorlar yordamida bir-biri bilan ulanadi.
IP protokoli IETF modelini uchinchi satxida joylashgan va bu
protokolni funksiyasi OSI modeli transport protokollari funksiyalariga
o’xshash.
Dostları ilə paylaş: