Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

8.3.
 
Marshrutizatsiya va signalizitsiya protokollari: RIP, OSPF,
IGRP, EIGRP, EGP, BGP.
 
Tarmoq satxining ishini marshrutizatsiya va signalizatsiyaning bir 
qator protokollari bajaradi: RIP (Routing Internet Protocol), OSPF 
(Open Shortest Path First), IGRP (Interior Gateway Routing Protocol), 
EIGRP (Enhanced IGRP), BGP (Border Gateway Protocol), RAP 
(Routing Access Protocol), RSVP (Resource Reservation Protocol) va 
b.q [1]. 
TCP/IP protokollar steki kanal satxida protokollarning katta soni 
va 
IP 
protokol 
paketlarini 
inkapsulyasiyalaydigan 
tarmoq 
texnologiyalari bilan o’zaro bog’lanadi. 
Marshrutizatsiyalash usullari

Marshturizatsiyalash protokollari 
o’zida dinamik tarzda rivojlanayotgan Internet protokollarini murakkab 
guruxini ifodalaydi. Marshrutizatsiya deb – jo’natuvchidan qabul 
qiluvchiga axborotni uzatishni optimal yo’lini qidirish masalasini echish 
tushuniladi. Bu masalani echuvchi qurilma marshrutizator (router) 
deyiladi. IP tarmoqlarda marshrutizatsiyalashni asosiy parametri IP – 


212 
protokoldagi adres xisoblanadi. Internet tarmog’i domenlar (domains) 
yoki o’zaro bog’langan o’zaro avtonom tizimlarni yig’indisi sifatida 
tashkil etilgan. Avtonom tizim yagona adminstrativ boshqarish va 
umumiy marshrutizatsiyalash strategiyasiga (policy routing) ega IP 
tarmoqdan iborat. Domenlar chegarasida ichki protokollar qo’llaniladi 
(Interior 
Gateway 
Protocol, 
IGP), 
ular 
orasida 
tashqi 
marshrutizatsiyalash protokollari (Exterior Gateway Protocol, EGP) 
qo’llaniladi. 
8.1-rasm. TCP/IP protokollar steki tuzilishi 
RIP protokoli. 
RIP protokoli – bu katta bo’lmagan domenlar uchun 


213 
mo’ljallangan ichki marshrutizatsiyalash protokoli. RIP protokolini 
birinchi versiyasi RFC 1058, ikkinchisi - RFC 1722 standartlashtirilgan. 
RIP axborotni uzatish uchun UDP (520 port) protokolni qo’llaydi. RIP 
axboroti 
tarmoqni 
IP 
– 
adresidan 
va 
qadamlar 
sonidan 
(marshrutizatorlardan) iborat. Qadamlarning maksimal soni 15. RIPni 
bitta axborotida 25 ta tarmoqlar xaqida axborot bo’lishi mumkin. RIP 
ishlaydigan marshrutizator boshqa marshrutizatorlardan RIP axborotini 
olib, 
boshqa 
tarmoqlarga 
yo’nalishlari 
yozilgan, 
o’zining 
marshrutizatsiyalash jadvalini yangilaydi va ular yordamida tarmoq 
bo’ylab paketlarni xarakatlanishini amalga oshiradi. 
Protokolning kamchiligi: 
-
xar doim eng samarali marshrutni tanlamaydi; 
-
sekin moslashishi tufayli logik ilmoqlar xosil bo’ladi va 
marshrutizator ishida to’xtab qolishdan keyin jadval sekin qayta 
yangilanadi; 
-
tarmoqqa yuklanadigan katta sondagi xizmat axborotlarini 
(marshrutizatsiyalash jadvali) keng eshittirishli jo’natmalari 
qo’llaniladi; 
-
marshrutizatsiyalash 
domenini 
o’lchash 
chegaralangan 
(15 
o’tishlar); 
-
tarmoq tagi adreslari bilan ishlamaydi va avtonom tizimlarni 
farqlamaydi. 
OSPF prtokoli 
RFC 1370, 1578, 1793, 1850, 2328 larda 
standartlashtirilgan. Kanallar holati algoritmini ichki va tashqi 
marshrutizatsiyalash uchun qo’llaniladi. Bir nechta zonadan iborat 
avtonom tizimga xizmat ko’rsatishi mumkin. OSPF protokoli RIP 


214 
protokolidan 
etarli 
darajada 
samaralidir. 
OSPF 
ishlaydigan 
marshrutizator xizmat ko’rsatish sifatini xarakterlaydigan metrikali 
tarmoq 
grafasini 
taxlil 
etib, 
yo’nalishlarni 
optimallashtirish 
muammolarini echadi. 
Metrikalarni asosiy parametrlari quyidagilar xisoblanadi: o’tkazish 
qobiliyati, ushlanib qolish, ishonchlilik, qo’shimcha parametrlarga – 
kanalni yuklanishi va xavfsizlik. Faqat tarmoq topologiyalari 
o’zgarganda marshrutizator axborotlar bilan almashadi. RIPga 
qaraganda OSPF tez yo’nalish jadvalini qayta tuzadi. 
OSPFni asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi: 
-
tarmoq topologiyasi o’zgarganda qisqa axborotlarni guruxli 
uzatishni 
qo’llash. 
Bu 
tarmoqni 
samarasiz 
yuklanishini 
kamaytiradi; 
-
o’tkazish qobiliyatiga bog’liq xolda axborotlarni parallel kanallar 
bo’yicha taqsimlashni ushlab turish. Bu butunlay tarmoq ishini 
yaxshilaydi. 
IGRP va EIGRP protokollari

Bu protokollar Cisco Systems 
firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va ichki marshrutizatsiyalash uchun 
qo’llaniladi. 
IGRP 
vektor-masofa 
algoritmini 
qo’llaydi, 
RIP 
protokolga qaraganda qisman yaxshi xarakteristikalarga ega: 
-
murakkab topologiyali tarmoqlarda ishonchli ishlaydi; 
-
RIPga qaraganda eng yaxshi o’xshashlikka ega; 
-
xizmat axborotlarini uzatish xajmini qisman kamaytiradi; 
-
bir xil metrikali kanallar orasida axborotni taqsimlaydi. 
Protokol metrikasiga kanalning quyidagi parametrlari kiradi: 
o’tkazish qobiliyati, ushlanib qolish, yuklama, ishonchlilik. Bu 


215 
parametrlar keng oraliqlarda o’zgarishi mumkin. Masalan, o’tkazish 
qobiliyati 1200 bit/s dan 10 Gbit/s gacha o’zgarishi mumkin. 
EIGRP protokoli vektor-masofa va kanallar xolati algoritmlarini 
barcha afzalliklarini birlashtiradi. Protokol – tarmoq topologiyasi 
o’zgarganidan so’ng marshrutizatorga ishini tez qayta yangilash 
imkonini beruvchi – taqsimlangan yangilanish algoritmi bazasida 
(Distributed Update Algorithm, DUAL) amalga oshirilgan. 
Protokol quyidagilarga ega: 
-
qo’shnini topish imkoni; 
-
DUAL algoritmi; 
-
axborotni IP ga mukammal kiritish mexanizmi. 
EGP 
va 
BGP 
protokollari. 
Internet 
tarmog’ini 
tashqi 
marshrutizatsiyalash 
protokollari 
kiradi. 
EGP 
yordamida 
marshrutizatsiyalashni ichki protokollari yordamida tizim xaqidagi 
axborotni 
yig’uvchi, 
turli 
avtonom 
tizimlarni 
ajratilgan 
marshrutizatorlari o’zaro bog’lanadi. 
EGP ni kamchiliklariga quyidagilar kiradi: metrika qo’llanilmaydi, 
ya’ni intellektual 
marshrutizatsiyalash bajarilmaydi, yo’nalishlar 
ilmog’ini xosil bo’lishi kuzatilmaydi, xizmat axborotlari katta o’lchamga 
ega. Oxirgi vaqtlarda EGP o’rniga mukammalroq BGP protokoli 
qo’llanilmoqda, o’z navbatida xizmat axborotlarini uzatish uchun TSR 
protokoli qo’llaniladi. TSR protokoli marshrutli axborotni etkazishni 
kafolatlaydi. BGP to’liq EGP protokolini kamchiliklarini bartaraf etadi. 
Metrika sifatida kanalda uzatish tezligi uni ishonchliligi qo’llaniladi. 
Hozirda BGP (3-tur) – bu oxirgi avtonom tizimlarga yo’nalishni 
aniqlaydigan Internet tarmoqni asosiy protokoli. 


216 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin