Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

Nazorat tekisligi. 
Nazorat tekisligida QoS mexanizmlari 
foydalanuvchi trafigi uzatilayotgan yo’llar bilan xarakatda bo’ladi. 
Ma’lumotlar tekisligi. 
Mexanizmlarning bu guruxi bevosita 
foydalanuvchi trafigi bilan xarakatda bo’ladi. 
Menedjment tekisligi. 
Bu tekislik foydalanuvchi trafigini 
etkazishga doir tarmoqni ekspluatatsiyalash, ma’murlatirish va 
boshqarishga tegishli bo’lgan, QoS ning mexanizmlaridan tashkil 
topadi.Xar bir tekislik ko’rsatilgan funksiyalarni bajarishi uchun tegishli 
funksional uzellardan iborat bo’ladi. 


282 
11.4.
 
Ovozli xizmatlar. VoIP. IPTV xizmatlari.
 
IP-telefoniya nima? IP-telefoniya yoki VoIP (Voice over IP) – bu 
Internet yoki ixtiyoriy IP-tarmog’i orqali faks uzatish va telefon 
so’zlashuvlarini real vaqt rejimida tashkil etish va amalga oshirish 
imkonini beruvchi texnologiyadir [
2]. 
Texnik tarafdan tovushni 
raqamlashtirish yoki faksimil xabarini raqamli ma’lumotlarni uzatish 
kabi imkoniyati majud. Shu ma’noda, IP-telefoniya Internetdan (yoki 
ixtiyoriy boshqa IP-tarmoqdan) real vaqt rejimida ikki kompyuter 
foydalanuvchilari o’rtasida ovoz yoki faksimil xabarlarini uzatish 
uchun foydalanadi. IP-telefoniya telefon serverlarining umumiy 
ishlash prinsipi: bir tarafdan server telefon liniyalari bilan bog’langan 
va istalgan mamlakat telefoniga ulanishi mumkin. Ikkinchi tarafdan 
server Internet bilan bog’langan va istalgan mamlakat kompyuteriga 
ulanishi mumkin. Server standart telefon signalini qabul qiladi,
raqamlashtiradi (agar analog bo’lsa), siqadi, paketlarga bo’ladi va 
Internet orqali kerakli joyga Internet protokoli (TCP/IP) orqali 
jo’natadi. Tarmoqdan telefon serveriga keluvchi va telefon liniyasiga 
yuboriluvchi paketlar uchun teskari amallar bajariladi. Ikkala amal 
ham (signalning telefon tarmog’iga kirishi va undan chiqishi) amalda 
bir vaqtda kechadi, bu o’z navbatida to’la dupleks (ya’ni ikki 
tomonlama) gaplashuvni tashkil etish imkonini beradi. IP-telefoniya 
nima 
uchun 
kerak? 
Chiqimlarni 
kamaytirish 
uchun 
deyish 
mumkin.Mamlakatlararo va shaharlararo qo’ng’iroqlar narxining 
pastligi qurilmalarga ketadigan sarmoyalarning kam bo’lishi ovozli 
tarmoqlarni 
ma’lumot 
uzatish 
tarmoqlari 
bilan 
integratsiyasi 


283 
universalligi nutqni tarmoq infrastrukturasining istalgan nuqtasida 
IP- 
paketlarga 
aylantirishi 
mumkin: 
operator 
tarmog’ining 
magistralida, korporativ tarmoqda yoki bevosita foydalanuvchi 
tarmog’ida ochiq arxitektura umumiy standartlari qo’llaniladi: H.323, 
MGCP, SIP. Keskin raqobat tufayli xizmatlarning narxi doim tushib 
bormoqda. 
11.2-rasm. VoIP-ishlash prinsipi. 
IP orqali ovoz uzatish xususiyatlari. 
Kechikishlarni ITU-T 
nutq uzatish sifatiga bo’lgan talablarni G.114 tavsiyasida aniqlab 
bergan. Yaxshi sifat bo’lishi uchun, oraliq kechikish 150 ms dan 
oshmasligi kerak. 
IP-telefoniya 
arxitektura 
darajalari. 
VoIP 
arxitekturasini 
shartli ikkita 
darajaga 
ajratish 
mumkin: 
quyi–bu 
paketlarni 
marshrutizatsiyalashli bazaviy tarmoq bo’lib, RTP/UDP/IP protokollari 


284 
kombinatsiyasidan iboratdir; yuqori – bu chaqiriqlarga xizmat 
qilishni boshqarish. 
11.3-rasm. IP-tarmog’i orqali interaktiv uzatish bog’liq bo’lgan 
ilovalar 
Ma’lumot uzatish protokollari. 
RTP (Real Time Protocol) – 
multimedia ma’lumotlarini IP-tarmog’i orqali interaktiv uzatish bilan 
bog’liq bo’lgan barcha ilovalar uchun bazaviy protokol hisoblanadi. 
RTP asosiy vazifasi – qabul qilingan paketlar to’plamining 
o’rtacha kechikishini hisoblash va foydalanuvchi ilovasiga o’rta 
qiymatga teng o’zgarmas kechikish bilan taqdim etish. 
Nutq va video axborot kechikishlarga juda ta’sirchan, ammo 
alohida paketlar yo’qolishga kamroq ta’sirchandir. SHuning uchun 
transport 
protokoli 
sifatida 
UDP 
qo’llaniladi, 
chunki 
TCP 
ta’minlaydigan paketni etkazib berishni nazorat qilish va qayta uzatish 
mexanizmlari nutq va video axborotlarini uzatishga mos kelmaydi. 


285 
IP-telefoniya uchun bir qator protokollar ishlab chiqilgan, ularning 
tarkibida IP-tarmoqlari bo’ylab nutq uzatish va IP-telefoniya 
signalizatsiyasi uchun tegishli qo’llanmalar mavjud. Bugunga kunda eng 
keng tarqalganlari quyidagilar: H.323, SIP, MGSP. 
IPTV xizmatini taqdim etishning xususiyatlari. 
IPTV xizmatlari 
klassik telekommunikatsion xizmatlari kafolatlarini ta’minlash soxasini 


286 
kengaytiradi. IP televidenie abonentlari monitor/televizor
ekranida masofali pult yordamida baza- teledasturni 
ko’rishlari mumkin. 
Raqamli IP televideniesi belgilangan vaqtda teleefir dasturlarini 
yozib olishni dasturlashtirishi mumkin. YOzib olingan videoni ma’qul 
vaqtda qayta-qayta ko’rish mumkin. IP-televideniesida film va 
dasturlarni HDTV (yuqori aniqlik televideniesi) formatida 1920x1080 
kenglikdagi tasvir va Dolby 5.1 ko’p kanalli xajmli ovoz bilan 
ko’rsatishga katta e’tibor qaratilgan. Xozirgi vaqtda bu formatni ko’plab 
telekanallar qo’llaydi. 
11.4-rasm. IPTVni tashkil etish sxemasi 
IPTVning foydali funksiyalari. 
Raqamli IP televideniening xar bir 
abonenti Buyurtmaga video olish xizmatidan foydalanishi mumkin, 


287 
unda qator foydali funksiyalar ko’zda tutilgan: 
-
katalogdan film va teledasturlarni tanlash (shu qatorda HDTV 
formatida). 
-
kalit so’z, aktyor, rejissyorlar bo’yicha katalogda kengaytirilgan 
qidiruv, treylerlarni ko’rish; 
-
tanlangan filmni kun davomida ko’rish soni chegaralanmagan, 
kontent kategoriyasiga bog’liq xolda; 
-
videomagnitofon funksiyalari (to’xtash, o’tkazish). 
IPTV baza majmuasi kabelli va efir televideniesining tarmoqlarida 
taqdim etiladigan xizmatlarning standart to’plamini o’z ichiga oladi. 
IP tarmoqlarida ma’lumotlarni yuborish xizmatlari baza majmuasi 
bilan birgalikda radio va teledasturlarni translyasiya qilish imkoni bor. 
Bunda baza majmuaning xizmatlari bir biriga bog’liq emas deb 
xisoblanib aloxida taqdim etilishi mumkin. 


288 
11.5-rasm. IPTVga ulanish sxemasi 
IPTV operator tarmoqlariga talablar. 
Texnik tomondan IPTV 
tarmog’ining kuyidagi asosiy foydalanuvchi funksiyalarni ajratish 
mumkin 
[2]:
-
oqimli audio va video xizmatlarini taqdim qilish; 
-
‘so’rov bo’yicha video’; 
-
Internetga chiqishni ta’minlash; 
-
elektron pochtani ishlashi; 
-
axborot resurslarini to’plash va ularga chiqishni ta’minlash. 
Ovoz va videoni sifatli uzatishni tashkil etish uchun echimlar 
kuyidagi asosiy talablarni qondirishi kerak: 
-
real vaqtning transport protokollarini qo’llab - quvvatlash; 
-
xizmat sifatini kerakli mexanizmlarini ta’minlash. 


289 
11.6-rasm. IPTVning qo’shimcha 
xizmatlari 
Tarmoq xizmatlari uchun axborot manbalari sifatida kuyidagilar 
ko’riladi: 
-
yo’ldosh 
teleporti, 
Erning 
sun’iy yo’ldoshlari
tomonidan translyasiya qilinuvchi TV-dasturlarni 
etkazib beradi; 
-
o’zining studiyalaridan TV-dasturlarni yoki sotib olingan TV-
dasturlarni to’g’ridan-to’g’ri uzatish; 
-
videoserverlar; 
-
boshqa 
axborot 
resurslarni 
serverlari 
(o’yinlar, 
MPEG-3 
formatidagi audioyozuvlar, elektron kitoblar, dasturlar, boshqa 
fayllar); 
- Internetni tashkil qiluvchi 
resurslari. 
umumiy foydalanish 
tarmoqlarining 


290 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin