Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
61a1f77f51abb6.99162228

12.3.
 
Keng polosali kirishning rivojlanish istiqboli
 
Keng polosali kirishning asosiy turlari: 
-
simli keng polosali kirish (xDSL); 
-
optik keng polosali kirish; 
-
simsiz keng polosali kirish: WiMAX, WiFi, WiBro, uyali (3G). 
Simli kirish texnologiyalari 
quyidagicha tavsiflanadi. xDSL 
texnologiyasi shahar telefon tarmog’ining simli liniyalarida yuqori 
tezlikli aloqa kanallari xosil qilish imkonini beradi. Bu xolda 
erishilayotgan tezlik va uzatish sifati faqat avvallari optik tolali aloqa 
liniyalarida mumkin bo’lar edi. xDSL modemlar regeneratsiyali yoki 
regeneratsiyasiz bitta yoki ikkita juftli simmetrik elektrik kabellar
bo’yicha signallar oqimini uzatishga mo’ljallangan. 
xDSL
larning quyidagi modifikatsiyalari mavjud: 
-
ADSL- Asymmetric Digital Subscriber Line; 
-
HDSL – High-bit-rate Digital Subscriber Line; 
-
SDSL – Single Pair Digital Subscriber Line; 
-
VDSL – Very High-bit-rate DSL 
Optik kirish texnologiyalarini 
quyidagicha tavsiflash mumkin. 
FTTH
(Fiber To The Home). Bu termin 1990 yillar oxirgi 
telekommunikatsiya 
bumi 
paytida 
paydo 
bo’lgan 
va 
MDX 
davlatlarida tola uyga deb tarjima qilingan. FTTH ning g’oyasida 
ommaviy abonent va abonent qurilmasining arzonligiga urg’u berilgan. 
FTTH bilan birga FTTC /FTTB/ FTTP terminlar xam keng qo’llaniladi. 
FTTC (Fiber To The Curb) eng keng tarqalgan ma’nosi, tola tugunga 
(uzelga) yoki raqamli aloqaning taqsimlash tuguniga, yoki kabelli 


302 
televideniening tuguniga deb tushuniladi. FTTB (Fiber To The 
Building) – tola binoga. Buning potensial mijozlari – kompaniyalar- 
provayderlar, aloqa va kabelli televidenie operatorlari. FTTB ning 
xususiyati – oxirlanma qurilmaning arzon bo’lishi shart emas, lekin 
ko’pchilik foydalanuvchilarni xizmat bilan ta’minlashi shart. FTTB 
qo’llanishlarining 
asosiy 
mijozlari 
biznes 
mijozlar 
– aloqa 
operatorlaridir, FTTB ning quvvati esa ko’p sonli oddiy abonentlarga 
etishi kerak. Agar kompaniya er uchastkasi, binolar guruxi, omborxona, 
bitta bino, bitta ofis va boshqalarga egalik qilsa, bularning hammasi 
Premises deyiladi. SHuning uchun FTTP ning ma’nosi oddiy, 
telekommunikatsiya biznesini optik tolali aloqa liniyasiga ulanishidir. 
Simsiz kirish texnologiyalarini 
quyidagi operatorlar amalga 
oshiradi, jumladan O’zbektelekom AK, EAST-Telekom, Buston QK, 
Super 
iMAX 
kompaniyalari. 
Simsiz 
kirish 
texnologiyalaridan 
foydalanish ma’lum afzalliklarga ega. Ularni qisqacha ko’rib chiqamiz. 
Wi-MAX dan foydalanish afzalliklari: 
-
abonent komplektining kompaktligi, uni ish stoliga joylashtirish 
mumkin; 
-
uskunani o’rnatish osonligi, o’rnatish vaqti 10-20 daqiqadan 
oshmaydi; 
-
abonent qurilmasidan foydalanishning osonligi; 
-
bazaviy stansiyaning bevosita ko’rinishi bo’lmaganda xam 
ishonchli aloqa bo’lishligi; 
-
kompleks xizmatlar olish imkoniyati – uskuna bir paytning 
o’zida, sifatni pasaytirmasdan, telefoniya xizmatlarini olishni, 
Internetga kirishni va korporativ tarmoqlarni tashkil etishni 


303 
ta’minlaydi; 
-
xizmatning cheklangan mobilligi, ya’ni kompaniya Wi-MAX 
tarmog’i qoplagan zonasidagi istalgan yangi joyga ko’chib 
o’tganda, sozlanishlar saqlanadi va aloqa avvalgiday ishlaydi; 
-
installyasiyani arenda qilingan binoning ma’muriyati bilan 
kelishish kerak emas; 
-
xizmatga ulanish uchun sim tortish yoki devorlarni teshish lozim 
bo’lmaydi. 
Wi-Fi dan foydalanish afzalliklari: 
-
tarmoqni kabel yotqizmasdan rivojlantirish mumkinligi, tarmoqni 
rivojlantirish va kengaytirish narxini (qiymatini) kamaytirish 
mumkin. Kabel yotqizish mumkin bo’lmagan joyda, masalan 
binodan tashqarida va tarixiy axamiyatga ega binolarda simsiz 
tarmoq xizmat ko’rsatishi mumkin; 
-
Wi-Fi qurilmalar telekommunikatsiya bozorida keng tarqalgan. 
Xar xil ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari esa servislarning 
bazaviy satxida o’zaro bog’lanishi mumkin; 
-
Wi-Fi tarmoq roumingni qo’llaydi, shuning uchun mizjoz 
stansiyasi bitta kirish nuqtasidan ikkinchisiga o’tib, muxitda 
xarakatda bo’lishi mumkin; 
-
Wi-Fi bu global standartlarning to’plamidir. Uyali telefonlardan 
farqli ravishda, Wi-Fi uskunasi dunyo bo’yicha hamma 
mamlakatlarda ishlashi mumkin. 
Simsiz kirish texnologiya (Wi-Bro). 
Samsung kompaniyasi Wi- 
MAX simsiz aloqa standarti uchun yangi echim topdi va uning asosida 
uyali aloqa uchun xususiy Wi-Bro (Wireless Broadband keng mintaqali 


304 
(polosali) simsiz aloqa) standartini ishlab chiqdi. Samsung kompaniyasi 
mutaxassislarining ta’kidlashicha Wi-Bro ning WiMAX qurilmalari 
bilan mosligi saqlanib qolgan, Wi-Bro adapterlari kam energiya 
ta’minotli bo’lganligi sababli, ular bilan uyali telefonlarni jixozlash va 
shuningdek ularni noutbuklarga joylashtirish rejalashtirilmoqda. 
1980 1985 1990 1995 2000 2005 г. 2010 2015
12.1-rasm. Keng polosali kirishning yillar davomida o’zgarish 
dinamikasi 
O’zbekistonda mobil aloqaning rivojlanish tendensiyalari. 
Mamlakatimizda mobil aloqa standartlarini joriy etilishi quyidagicha 
bo’ldi. 1991 yil (1G) – NMT-450 standarti, 1994 yil (1G) – 
AMPS/DAMPS standarti, 1996 yil (2G) – GSM standarti, 2004 yil 
(2,5G) – CDMA-1x standartlari (CDMA800, CDMA-450), 2009 yil 
(3G) - CDMA-1x-2000 (CDMA800 EV-DO Rev A, CDMA-450 EV-
DORev 
A) 
standarti 
va 
(3G) –UMTS 
standarti 
joriy etilishi 
Медные 
оптические 
мобилные 
WiMax 


305 
rejalashtirilgan. 
Keng polosali kirishning yillar davomida o’zgarish dinamikasi 
12.1-rasmda keltirilgan. Rasm taxlili oxirgi milya telekommunikatsiya 
texnologiyalarini rivojlanish zamonaviy bosqichida mis simlardan 
foydalanishga qiziqishlar kamayib borayotganini ko’rsatadi. Mis 
liniyalar o’rniga optik tolali liniyalar va simsiz (mobil (uyali) va 
WiMAX simsiz keng mintaqali kirish) texnologiyalar kirib kelyapti, ular 
yaqin kelajakda ommaviy avjiga chiqishi mumkin. Mobil (uyali) 
abonentlar 2010-2012 yillar avjiga etib so’ngra kamayishi mumkin. 
Xozirgi paytda O’zbekiston respublikasida simsiz texnologiyalar, 
shuningdek mobil va WiMAX simsiz keng mintaqali kirish 
texnologiyalari keng joriy etilmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin