Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

Boshqarish pog’onasi

signalizatsiya axborotini ishlab chiqish, 
chaqiriqlarni marshrutlash va ma’lumotlar oqimini boshqarish kabi 
vazifalarni bajaradi. Bunda dasturiy kommutatorlar (Softswitch) sanab 
o’tilgan funksiyalarni bajaradi. Tarmoqda bir nechta Softswitch bo’lib, 
ular bir-biri bilan SIP (Session Initiation Protocol) protokollar 
yordamida o’zaro munosabatda bo’ladi va o’rnatilgan boshqarishni 
birgalikda boshqarishni ta’minlaydi. 


21 
1.3
- rasm. NGN
 
tarmog’ining boshqaruv tizimi 
Xizmatlarni boshqarish pog’onasi, 
xizmatlarni boshqaruvchi 
mantiqiy funksiyalarni jamlaydi va quyidagilarni ta’minlovchi 
taqsimlangan hisoblash muhitini taqdim etadi: 
-
infokommunikatsion xizmatlarni taqdim qilish; 
-
xizmatlarni boshqarish; 
-
yangi xizmatlarni yaratish va joriy qilish; 


22 
-
xar xil turdagi xizmatlarni bog’liqligini ta’minlash.
NGN tarmog’ining boshqaruv tizimi 1.3-rasm keltirilgan. NGN 
tarmog’ining asosiy xususiyati shundaki, paketlarni marshrutlashtirish 
va uzatish hamda tarmoq qurilmalari (kanallar, marshrutizatorlar, 
kommutatorlar, shlyuzlar) fizik va mantiqiy jihatdan xizmatlar va 
chaqiruvlarni boshqarish qurilmasidan alohida ajratilgan bo’ladi. Uni 
quyidagi rasmda (1.4-rasm) ifodalash mumkin. 
NGN tarmog’ining bu xususiyati telekommunikatsiya dunyosidagi 
boshqa tarmoqlarni, IP-tarmog’ini, UFTT dan ajratib turadi. 
Barchamizga 
ma’lumki 
hozirda 
R espublikamizda 
NGN
 
tarmog’ini qurish ishlari jadal olib borilmoqda. Avtomatik Telefon 
Stansiyalarda 
(ATS) 
HUAWEI 
kompaniyasining 
C&CO8 
kommutatsiya tizimi o’rnatilmoqda. Bu amalda UFTTdan asta-sekinlik 
bilan NGN
 
tarmog’iga o’tishning asosiy omilidir.O’tishning birinchi 
qadami yuqorida e’tirof etganimizdek, mavjud tarmoqlarni yagona
tarmoqqa birlashtirishdir. 


23 
1.4-rasm. NGN
tarmog’ining mantiqiy ko’rinishi 
Yangi tarmoq MPLS (Multi Protocol Label Switching) 
texnologiyalarining oxirgi yutuqlari bazasi asosida quriladi. 
Yangi avlodning (NGN) aloqa tarmog’i, tarmoqni boshqarishning 
mustahkam imkoniyatlariga ega bo’lgan, cheklanmagan xizmat turlarini, 
tarmoq muommolarini takommillashtirish hisobiga yangi xizmatlarni 
amalga oshirish, shuningdek tarqoq kommutatsiyaga ega bo’lgan 
universal transport tarmoqlarini qo’llash imkoniyatlariga ega bo’ladi. 
Arxitekturaning 
asosiy 
elementlari

Keyingi 
avlodning 
konsepsiyasiga mos holda qurilgan elektr aloqa tarmog’ining 
arxitekturasi 1.5-rasmda ko’rsatilgan. NGN transport tarmog’ining 
tarkibiga quyidagilar: ko’chirish va kommutatsiyalash funksiyasini 
bajaruvchi 
tranzit 
uzellar, 
multiservisli 
tarmoqlarga 
kirishni 
ta’minlovchi 
yakunlovchi 
(chegara) 
uzellar, 
signalizatsiya 


24 
ma’lumotlarini qayta ishlash, chaqiriqlarni va ulanishlarni boshqarish 
funksiyalarini bajaruvchi signalizatsiya kontrollerlari, odatdagi aloqa 
tarmoqlariga (TfUF, MUT, SPS) ulanishni amalga oshirish imkonini 
beruvchi shlyuzlar kirishi mumkin. 
Bazaviy tarmoqlarning resurslariga kirish, mavjud tarmoqlar orqali 
aloqani amalga oshirish yoki kirish tarmoqlari qurilmalarini chegara 
uzellari orqali ulash yordamida amalga oshadi. Mavjud tarmoqlar 
orqali aloqani amalga oshirish holatida chegara uzeli, tarmoqlararo 
shlyuz funksiyasini bajaradi. 
Kirish 
pog’onasiga: 
shlyuzlar, 
(transport 
tarmoqlarining 
yakunlovchi uzellariga foydalanuvchining yakunlovchi (oxirgi) terminal 
qurilmalarini ulashni ta’minlovchi) kirish tarmog’i, abonentlarning 
yakunlovchi (oxirgi) qurilmalari kiradi. 
Kirish tarmoqlarini qurish texnologiyalariga: simsiz (Wi-Fi, 
WiMAX) texnologiyalari, kabelli televideniya (DOCSIS, DVB) 
tizimlari asosidagi texnologiyalar, xDSL texnologiyasi, optik tolali 
(passiv optik tarmoq (PON)) texnologiyalari kiradi. 
Kirish pog’onasi, tarmoqqa (xususiy abonentlarni, korxonalarni, 
mobil) foydalanuvchilarni ulanishini ta’minlaydi. Foydalaniladigan 
texnologiyalarga bog’liq holda (xDSL, ETHERNET, PON, Cable, 
Wi-Fi, WiMAX), DSLAMlar, ETHERNET kommutatorlari, Wi-Fi 
kirish nuqtasi, WiMAX bazaviy stansiyasi va boshqa qurilmalar 
tanlanadi. 


25 
1.5- rasm. Keyingi avlodning konsepsiyasiga mos holda qurilgan elektr 
aloqa tarmog’ining arxitekturasi 
Abonentlarni yuqori sifatli multimediali xizmatlar bilan ta’minlash 
uchun, kirish tarmoqlari yuqori tezlikli, multiservisli, intelektual, 
ishonchliligi yuqori bo’lishi lozim. 
Agregatsiya pog’onasida, kirish pog’onasidan 
taqsimlovchi 
qurilmaga tushuvchi trafiklarni yig’ish va etkazish amalga oshadi. 
Agregatsiya pog’onasi ETHERNET, IP, IP-MPLS texnologiyalari 
qo’llanilgan oblastlarda yoki shahar masshtabida keng tarqalgan tarmoq 
marshrutizatorlaridan iborat. 
Signalizatsiya kontrollyorlari, bir nechta kommutatsiyalash 
uzellariga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan alohida qurilmalarga 


26 
ko’chirilgan bo’lishi mumkin. Umumiy kontrollyorlarni qo’llash, ularni 
xuddi tarmoq bo’ylab taqsimlangan yagona kommutatsiyalash tizimi 
kabi qarash imkonini beradi. Bunday echim, nafaqat ulanishni o’rnatish 
algoritmini 
soddalashtirish, 
balki 
operatorlar 
va 
xizmatlarni 
ta’minlovchilar uchun ancha tejamli hamdir. Chunki, katta sig’imli 
qimmatbaho kommutatsiyalash tizimlarini, uncha katta bo’lmagan, 
moslashuvchan va xattoki mayda xizmatlarni ta’minlovchilar uchun ham 
qulay bo’lgan qurilmalarga almashlash imkonini beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin