Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

2.5.
 
Keyingi avlod tarmog’i elementlari
 
Keyingi avlod tarmog’i (NGN), tarmoqning yangi konsepsiyasini, 
tovush funksiyalari, xizmat ko’rsatish sifati (QoS) va paketli tarmoqning 
afzalliklari va samaraliligi bilan kommutatsiyalanadigan tarmoqni o’z 
ichiga oladi. NGN tarmog’i tarmoqlar va texnologiyalarning 
birlashishida 
aks 
etadigan 
ishlab 
turgan 
telekommunikatsiya 
tarmoqlarining evolyusiyasini bildiradi. Shu sababli telefoniyaning 
klassik xizmatlaridan boshlanib va ma’lumotlarni uzatishning turli 
to’plami yoki ularning kombinatsiyalarida tugagan xizmatlarning keng 
to’plamini 
ta’minlaydi. 
NGN 
tarmoqlarining 
tuzilmasida 
integratsiyalangan qurilmada 
alohida qurilmalar 
yoki 
ixtiyoriy 
kombinatsiyalardan iborat bir nechta elementlar ishtirok etadi. NGN 
tarmog’ining eng muhim elementlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 


48 
-
mediashlyuz (MG) telefon tarmog’idan tovush chaqiriqlarini 
terminallaydi, tovushni qisadi va paketlaydi, IP tarmoqda 
qisqargan tovushli paketlarni uzatadi, shuningdek IP tarmoqdan 
tovushli chaqiriqlari uchun teskari operatsiyani o’tkazadi. 
ISDN/POTS 
chaqiriqlari 
signalizatsiya 
ma’lumotlarini 
mediashlyuz kontrolleriga uzatadi yoki signalizatsiyani H .323 
xabarga o’zgartirish shlyuzda amalga oshiriladi. Yuqorida 
keltirilgan mediashlyuz masofadan kira olish, marshrutlash, 
tarmoqning virtual qismlari, TCP/IP trafikni filtrlash va 
boshqalar uchun funksionallikni kiritishi mumkin. 
-
signalizatsiya shlyuzi (SG) signalizatsiyani o’zgartirish uchun 
xizmat qiladi va uni kommutatsiyalanadigan paketli tarmoq 
o’rtasida 
tiniq 
uzatishni 
ta’minlaydi. 

signalizatsiyani 
terminalashtiradi va xabarni mediashlyuz kontrolleriga yoki 
signalizatsiyaning boshqa shlyuzlariga IP orqali uzatadi. 
2.3– rasm. Keyingi avlod tarmog’iga misol 


49 
-
mediashlyuz 
kontrolleri 
(MGC) 
ro’yxatga 
oladi 
va 
mediashlyuzning o’tkazish qobiliyatini boshqaradi. Mediashlyuz 
orqali xabarlar telefon stansiyalari bilan almashinadi. Quyida 
keltirilgan sxemada yuqorida keltirilgan barcha 
elementlarni o’z ichiga olgan NGN tarmog’iga misol keltirilgan 
(2.3 - rasm). 
Yuqorida keltirilgan NGN tarmog’ining elementlari bilan bir 
qatorda quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin: 
H.323 standarti bo’yicha aralash kommutatsiyalanadigan va paketli 
tarmoqlarda tor polasali audio/video telefon xizmatlarini quvvatlash va 
ulardan foydalanish uchun xizmat qiladigan H .323 tarmoqli qurilma. 
H.323 tarmoqli qurilmaga quyidagilar kiradi: tarmoqning oxirgi 
nuqtasini o’z ichiga oladigan terminal, H.323 terminallari bo’lib, tegishli 
dasturiy ta’minotga ega shaxsiy kompyuterlar va H.323 standartini 
quvvatlaydigan IP telefonlar hisoblanadi. 
H.323 shlyuzlari - paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlar 
tomonida 
H .323 
oxirgi 
nuqtalar 
o’rtasida 
o’zgarishlarning 
funksionalligini ta’minlaydigan 
qurilmadir. 
O’z 
ichiga 
uzatish 
formatlarini o’zgartirish, kommunikatsiya protseduralari, audio/video 
kodeklarni oladi va bog’lanishlarni o’rnatadi va uzib qo’yadi. 


50 
2.4 - rasm. H.323 tarmoq elementlari 
H.323 geytgipperi – paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda 
foydalaniladigan 
adreslar 
(IP, 
telefon 
nomerlari) 
o’zgartirishini 
ta’minlaydigan qurilmadir. Shu bilan birga u o’tkazish polasasini 
boshqaradi, masalan, tarmoq band bo’lganda seanslar o’tkazilishini 
cheklash. Geytgipper bir qurilmada integratsiyalangan bo’lishi mumkin, 
masalan, terminal, shlyuz yoki ko’p protokolli kontroller. Yuqoridagi 
2.4 

rasmda H.323 tarmoq elementlari arxitekturasi keltirilgan. RADIUS
serveri 
foydalanuvchilarning autentifikatsiyasi 
va 
xizmatlar 
doirasida o’tuvchi tovush va ma’lumotlarni uzatish seanslari to’g’risidagi 
ma’lumotlar 
qayd etilishini 
ta’minlaydi. 
Odatda, 
ma’lumolar 
RADIUS serveridagi markaziy bazasida saqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin