51
Nazorat savollari
1.
Tarmoqlar konvergensiyasi deganda nimani tushunasiz?
2.
Xizmatlar konvergensiyasi deganda nimani tushunasiz?
3.
Qurilmalar konvergensiyasi deganda nimani tushunasiz?
4.
Keyingi avlod konsepsiyasi asosida qurilgan elektr aloqa tarmog’i,
odatdagi elektr aloqa tarmoqlariga nisbatan qanday afzalliklarga ega?
5.
Keyingi avlod tarmog’ining qanday tamoyillarini bilasiz?
6.
Keyingi avlodning aloqa tarmoqlarini qurish konsepsiyasi
deganda nimani tushunasiz?
7.
Multiservisli tarmoq deganda nimani tushunasiz?
8.
Keyingi avlod konvergent tarmoqlarining arxitekturasi qanday
tuzilgan? Xar bir satxining vazifasini tushuntiring.
9.
Keyingi avlod tarmog’i qanday elementlardan tashkil topgan?
Misol
asosida tushuntiring.
52
3.
KEYINGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLARI
TEXNOLOGIYALARI
NGN tarmog’ining transport pog’onasi berilgan xizmat ko’rsatish
sifati (QoS)ni ta’minlovchi, turli xildagi ma’lumotlarni paket
ko’rinishida uzatish uchun to’liq bog’langan
infrastruktura yaratishni
ta’minlaydi. An’anaviy tarmoqlarda qabul qilingan, abonentlar orasidagi
bog’lanish
nuqta-nuqta
tamoyiliga
asosan
quriladigan
kanal
yondashuvi o’rniga, NGNda oxirgi foydalanuvchiga xizmatlarni IP
protokoli orqali etkazib berishni amalga oshiruvchi virtual tarmoqlar
g’oyasiga o’tish amalga oshiriladi.
Transport pog’onasi foydalanuvchining
turli xildagi axborotini
(tovush, video, ma’lumotlar) tiniq uzatilishiga javob beradi. Bunda
manba va belgilangan nuqta orasida axborot almashinuvi ulanish turi
(telefon chaqirg’i, Internet tarmog’ida
ish seansi, videoni uzatish, bir
qancha
o’yinchilar
ishtirokidagi
tarmoqli
o’yin
yoki
film
translyasiyasi)ga bog’liq bo’lmagan holda shunday tamoyil bo’yicha
amalga oshiriladi. Axborotni uzatishda transport texnologiyasi sifatida
vaqt bo’yicha ajratishli (TDM),
multipleksorlash, uzatishning asinxron
rejimi (ATM) yoki Internet-protokoli (IP) ishlatilishi mumkin. Biroq,
paketli kommutatsiyaga xos bo’lgan o’tkazish polasasini ishlatishdagi
samaradorlik
nuqtai nazaridan, yangi avlod tarmoqlarida, asosan, ATM
va IP/MPLS kabi paketli texnologiyalar ishlatiladi.
NGN transport tarmog’ini o’zi bir qancha tarmoq uzellarini (TU)
birlashtirgan zvenolar (ikki taraflama ma’lumot almashish traktlari)
majmui sifatida ifodalanishi mumkin. NGN transport tarmoqlarining
53
topologiyasi ierarxiya darajasiga bog’liq holda ajratiladi. Halqa, to’liq
bog’langan,
daraxtsimon, yulduzsimon topologiyalar va ularning
kombinatsiyalari ishlatilishi mumkin. Halqa topologiyasi - sinxron
raqamli ierarxiya (SDH) qurilmasi ishlatilganida
mavjud regionlararo,
regional va shaxar transport tarmoqlari uchun asosiy tuzilmadir.
SDHning asosiy tamoyili tovushli trafikni o’tkazishdagi samaradorlikni
oshirish uchun ishlab chiqilgan edi. Bunda NGN tarmog’idagi uch
turdagi axborot (tovush, ma’lumot va video) ni uzatish zaruriyatidagi
trafik tabiati o’zgarishi inobatga olinmagan.
Tabiiyki transport
tarmog’ida NGN tarmog’i operatori uchun hech bo’lmaganida bitta
tizimni yaratish va ishlatish foydaliroqdir. Barcha turdagi xizmatlarni
taqdim etishga asoslangan NGN ning umumiy transport tarmog’iga SDH
texnologiyasi maqbul echim hisoblanmaydi.
Dostları ilə paylaş: