Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

3.2.1.
 
SDH texnologiyasi
 
Bu texnologiyaning tanlovi asosiy trafik an’anaviy telefon trafigi 
bo’lib, boshqa trafiklarning tashkil etuvchilari unchalik katta 
bo’lmaganida (10% gacha, bunda o’tkazish qobiliyatining samaradorligi 
taxminan 60% gacha bo’ladi) o’zini oqlaydi (3.6-rasm). 
O’zbekistonda SDH texnologiyasi telefon operatorlari tomonidan 
katta muvafaqqiyat bilan ishlatiladi va yangi SDH tarmoqlari qisman, 
mavjud tarmoqlar bilan yagona boshqaruvni tashkil etish uchun 
qurilgan. 
3.6-rasm. O’tkazish qobiliyatining samara i ishlatilishi. 
SDH texnologiyasining afzalliklari:
-
tarmoqning soddaligi. Sinxron tarmoqlarda bir kirish/chiqishli 
multipleksor oqimlarni bevosita chiqarishi (kritishi) mumkin 
masalan, STM-1 (155 Mbit/s) freymidan E1 (2 Mbit/s) signalini. 
Natijada bitta kirish/chiqishli multipleksor bir necha PDH 
multipleksorlarining 
o’rnini 
bosa 
oladi, 
bu 
nafaqat 


67 
qurilmalarning 
iqtisodiy 
(uning 
namenklaturadagi 
narxi 
bo’yicha) tejamkorligi, balki ularni talab qilingan joyda 
o’rnatish, ta’minot va xizmati bilan ham bog’liqdir; 
-
tarmoqning ishonchliligi va o’zini qayta tiklashi. Birinchidan
tarmoqda optik tolali kabellar qo’llaniladi, amalda axborotlarni 
uzatishda elektromagnit ta’sirlar mavjud emas; ikkinchidan, 
tarmoq arxitekturasi va uni moslashgan holda boshqarish 
himoyalangan ish rejimini qo’llash imkonini beradi. Bunda 
signallarning tarqalishi ikki alternativ yo’l bilan amalga oshadi: 
signal uzatiladigan birorta yo’l shikastlanganda bir zumda 
zaxiraga ulanish, shikastlangan tarmoq tugunini aylanib o’tish. 
Bu tarmoqni o’z-o’zini qayta tiklash imkonini beradi. 
-
moslashuvchan tarmoq boshqaruvi, bu etarli darajadagi juda ko’p 
keng polasali boshqaruv kanallarining mavjudligi, tarmoq satxi va 
element menedjmenti bilan bog’liq bo’lgan kompyuterli ierarxik 
boshqaruv 
tizimi, 
shuningdek 
kanallarning 
dinamik 
rekonfiguratsiyasini va tarmoqni funksionallashtirish haqidagi 
ma’lumotlarni to’plash bilan birgalikda bitta markazdan 
avtomatik holda masofadan boshqarish imkoni bilan bog’liq 
-
talab bo’yicha o’tkazuvchanlik polasasini ajratish. Oldin, amalga 
oshirilishi mumkin bo’lgan xizmatlar, oldindan rejalashtirilgan 
ishonchnoma (masalan, bir necha kun oldin) bo’yicha (masalan, 
videokonferensiyani 
o’tkazishda 
talab 
qilinadigan 
kanalni 
chiqarish) amalga oshar edi, hozir esa boshqa (keng polosali) 
kanalga ulanish orqali sanoqli daqiqalarda amalga oshadi; 
-
har qanday trafikni uzatishda shaffoflik, boshqa texnologiyalarda 


68 
shakllangan, 
zamonaviy 
Frame 
Relay, 
ISDN, 
ATM 
texnologiyalarini biriktirgan holda trafiklarni uzatish uchun 
virtual konteynerlarni qo’llash bilan bog’liq; 
-
qo’llashning universalligi. Texnologiyani, nuqtadan-nuqtagacha 
minglagan kanallarni 40 Gbit/s tezlikda uzatishni ta’minlovchi, 
global tarmoqlarni yoki global 
magistrallarni yaratishda 
qo’llanish 
mumkinligi 
kabi, 
o’nlagan 
lokal 
tarmoqlarni 
birlashtiruvchi halqali korporativ tarmoqlar uchun ham qo’llash 
mumkin; 
-
quvvatni oshirishning soddaligi

apparaturani o’rnatish uchun 
universal ustunning mavjudligi, bir gurux funksional bloklarni 
olib o’rniga (yuqori tezlikga mo’ljallangan) yangi bloklar 
guruxini qo’yish, ierarxiyaning keyingi ancha yuqori tezliklariga 
o’tish imkonini beradi. 
SDH texnologiyasining kamchiliklari sifatida sezilarli xarajatlar 
tufayli ma’lumotlarni uzatishda o’tkazish qobiliyatidan samarali 
foydalanmaslikni ko’rsatish mumkin. 
SDH texnologiyasining kamchiligi:
-
xizmat trafiklari uchun kanallardan bittasini to’liq qo’llanilishi; 
-
aloqa kanallarining o’tkazuvchanlik qobiliyatidan samarali 
foydalana olmaslik, turli ilovalar ostida o’tkazuvchanlik polasasini 
dinamik taqsimlay olmaslik, trafiklar ustunligi mexanizmining 
mavjud emasligi; 
-
tayanch tarmoq bo’ylab (ma’lumot, ovoz) xar xil turdagi trafiklarni 
ta’minlash uchun qo’shimcha qurilmalarni qo’llash zarurati. 
SDH texnologiyasini quyidagi mavjud sharoitlarda NGNning 


69 
tayanch tarmoqlarini qurishda qo’llash uchun tavsiya etish mumkin: 
-
chegaradan uzoqdagi kanallarni yuklash; 
-
shaffof aloqa kanallarini taqdim etish zaruratining mavjudligi, 
masalan ATSlar orasida ovozli trafiklarni uzatish uchun; 
-
tijorat rejasi nuqtai nazaridan, uzatilgan trafiklarni miqdori 
bo’yicha xizmatlar narxini va taqdim etilgan xizmatlar sifatini 
aniqlamay, 
belgilangan 
o’tkazuvchanlik 
qobiliyati 
bilan 
mijozlarga kanallarni taqdim etish. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin