3.5.
PON texnologiyasi
Abonentlar sonini oshishi bilan birgalikda uzluksiz oshayotgan
turli talablarga ega bo’lgan abonentlar uchun multiservisli tarmoqlarni
qurishda optimal echimni izlash, FSAN (Full Services Access Network
group) konsorsiumini yaratishga olib keldi. FSAN tashabbuskori va
qatnashchilari
yirik
aloqa
operatorlari
va
telekommunikatsiya
qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar bo’lib qoldi.
FSAN konsorsiumi 1995 yilda yaratilgan, 2001 yilda esa EFMA
(Ethernet in the First Mile Alliance) birlashmasi paydo bo’ldi. Bu ikkala
tashkilotning asosiy vazifasi passiv optik tarmoq (PON, Passive Optical
Networking) texnologiyalarining yangisini rivojlantirishdan iborat.
Buning ma’nosi quyidagicha: optik liniya yakuni (OLT) va optik tarmoq
yakuni (ONT) orasida daraxtsimon tuzilishda passiv optik tarmoq tashkil
etishdan iborat. Daraxt uzellarida pasiv optik tarmoqlagichlar
(splitterlar) o’rnatiladi.
FSAN, ATM transporti yacheykalari bazasiga asoslangan PON
83
texnologiyasi uchun standartlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.
EFMA, EPON (Ethernet PON) texnologiyasini standartlashtirish
bo’yicha ishlar olib boradi. Hozirgi kunda bu standartlar juda aktual
hisoblanadi, chunki 10 Gbit/s gacha zich tezlikli standartlar paydo
bo’lmoqda. Shuningdek juda muxim Full Duplex Ethernet IEEE 802.3
standart paydo bo’ldi. Bu standart aytib bo’lmaydigan darajada
kechikish muammolarini hal qilish va multiservisli xizmatlarning yangi
imkoniyatlarini tashkillashtirishni engillashtiradi.
Bugungi kunda Ethernet keng tarqalgan. Aytishlaricha, dunyoda
ekspluatatsiya qilinayotgan lokal tarmoqlarning 95 %, 320 mln dan ortiq
portlar soniga ega va ular Ethernet standartini qo’llaydi.
Hozirgi vaqtda Ethernet texnologiyasi, axborotlarni uzatish tezligi
nuqtai nazaridan bo’lgani kabi shiddatli rivojlanish va yangi
interfeyslarni standartlashtirish nuqtai nazaridan ham afzalliklarga ega.
Ethernet tarmoqlari xizmat ko’rsatishda va boshqarishda sodda, narxi
past va ancha keng tarqalgan texnologiyalardan hisoblanadi.
1998
yil
oktyabrida
XEAI-T
G.983.1
(ATM
transport
yacheykalariga asoslangan PON) tavsiyasi paydo bo’ldi va u APON deb
nomlandi. APON tarmog’i bo’ylab uzatish tezligi 622 Mbit/s gacha.
2001 yil martda quyidagi G.983.3 tavsiya chiqdi, bu tavsiya
kengaytirilgan imkoniyatlarga ega bo’lgan PONni standartlashtirdi va
unga BPON (Broadband PON) nomini berishdi.
PON texnologiyasi yangi funksiyalar bilan to’ldirildi [3]:
ovoz, video, ma’lumotlarni uzatish imkoni tug’ildi;
ishlab chiqaruvchilar magistral tarmoqqa ulanish uchun OLT
qurilmasiga va abonent tomonga ulanish uchun ONT qurilmasiga
84
mos keluvchi interfeyslarni qo’shishdi;
spektral diapazonni kengaytirish imkoni mavjud;
bir daraxt sharoitida boshqa to’lqin uzunliklarida qo’shimcha
xizmatlarning mavjudligi masalan uchunchi to’lqin uzunligida keng
eshittirishli televidenie.
APON/BPON, xar xil turdagi ilovalar va ONT orasida
o’tkazuvchanlik polasasini dinamik taqsimlashi DBA (Dynamic
Bandwidth Allocation) mumkin va keng polasali kabi tor polasali
xizmatlarni ham taqdim etadi.
APON/BPON quyidagi interfeyslarni qo’llab-quvvatlaydi:
magistral uchun — SDH (STM-1), ATM (STM-1/4), Fast
Ethernet, Gigabit Ethernet, video(SDI PAL);
abonent uchun — El (G.703), Ethernet 10/100Base-TX, telefoniya
(FXS).
EPON texnologiyasining (APON/BPONlar bilan solishtirganda)
asosiy
xususiyati shundan iboratki, EPON daraxti ichida fragmentsiz
(yacheykalarga yoki freymga ajratishsiz) Ethernet kadrlari uzatiladi.
EPON arxitekturasi, foydalanuvchigacha (uygacha, xonadongacha,
ofisgacha) bevosita optik tolali kanalni tashkillashtirish masalasini
echish imkonini beradi. Mazkur texnologiya IP protokollari uchun
maksimal optimallashtirilgan va Internetga ulanish uchun uncha qimmat
bo’lmagan keng polasali transportni tashkillashtirishda yaxshi echim
hisoblanadi (3.11-rasm).
Oldin aytib o’tganimizdek EPON texnologiyasining muhim
85
xususiyati, Ethernet kadri fragmentining mavjud emasligidadir. Bu
kanalni o’tkazuvchanlik polasasini oshiradi.
Agar operator IP protokoli bazasida tarmoqni qurish masalasini hal
etgan bo’lsa, bunday tarmoqni EPON texnologiyasi asosida qurish
oxirgi mil masalasini hal qiladi.
3.11-rasm. EPON texnologiyasini qo’llash
Hozirgi paytda IP EPON protokoliga o’tishda buni progressiv
texnologiya deyish mumkin. EPONni quyidagi yaxshi tomonlarini
ajratish mumkin:
86
kanal bo’ylab dastlabki Ethernet -paketlari uzatiladi;
sodda va uncha qimmat bo’lmagan boshqaruvni ta’minlaydi;
Ethernet -kommutatsiyalashda ma’lum bir afzalliklarga ega,
masalan IP protokollari bilan to’liq moslashadi, TLS,
Broadcast, Multicast, IGMR funksiyalarini qo’llab-quvvalaydi,
IPTV ni qo’llab-quvvatlash yaxshi tashkil etilgan ayniqsa
masshtabli installyasiyada.
Shunday qilib, EPON uncha qimmat bo’lmagan Ethernet
qurilmasini va optik tolali infrastrukturani birlashtiradi, bu esa
kelajakda NGN transport tarmoqlarini qurishda muhim hisoblanadi.
GPON texnologisini APON/BPON texnologiyalarini organik
rivojlanishi kabi qarash mumkin. XEAI-Nning G.984.3 tavsiyasi
bo’yicha GPON standarti 2003 yil oktyabrda qabul qilingan. GPON,
2,5 Gbit/s gacha tezlikda moslashuvchan kadrlar strukturasini
qo’llaydi. PON daraxti qo’llaniladigan qurilmada bir xil va turli
tezlikli to’g’ri va teskari oqimni qo’llash mumkin. GPON XEAI-T
ning G.704.1 GFP (Generic Framing Protocol, kadrlarning umumiy
protokoli) standartiga asoslangan. U sinxron transportning har xil
turdagi xizmatlar protokolini (TDM bilan birga) uzatish imkonini
beradi.
GPONning
kamchiligiga,
ko’p
satxli
tizimning
va
boshqarishning murakkabligini aytish mumkin. Bu EPON bilan
solishtirganda ancha qimmatga tushadi.
PON texnologiyasining afzalligi:.
optik tolalarni etarli darajada tejash va shunga mos
holda xarajatlarning kamayishi;
87
optik tolalardan samarali foydalanish;
yangi abonentlarni tez va oson ulash;
100 Mbit/s va undan yuqori tezlikda Internetga ulanish;
uydagi kompyuterlarni Internetga ulashda xarajatlarning kamligi.
Dostları ilə paylaş: |