111
jamlangan va media oqimlardan to’liq ajratilganligini bildiradi. Bu
oqimlar boshqarish qurilmasidan chiqadigan komandalarning faqat
cheklangan to’plamini bajarishga qodir bo’lgan shlyuzlar yoki abonentlar
terminalari orqali qayta ishlanadi.
MGCP-tarmoq protokolining arxitekturasi juda oddiy, unda atiga
ikkita funksional komponent ajratiladi. Birinchisi shlyuz yoki IP-telefon
bo’lishi, ikkinchisi esa signalizatsiya kontrolleri, MGC shlyuz kontrolleri
yoki tez moslashuvchan kommutator (Softswitch) deyilishi mumkin
bo’lgan chaqiriqlarni boshqarish qurilmasi bo’lishi mumkin. Ba’zida
signalizatsiya kontrolleri ikkita komponentlardan – shlyuzlarni boshqarish
funksiyasini bajaradigan kontrollerning o’zidan va signalli ma’lumotlarni
almashinuvini va an’anaviy telefon tarmog’i va IP tarmoq orasida
moslashuvni ta’minlaydigan signalizatsiya shlyuzidan iborat bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: