Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228


x’
 
simvoli, aniq texnologiyaning nomini 
bildiruvchi birinchi simvol (belgi)ni belgilash uchun qo’llaniladi, DSL 
esa (
ingliz tilida Digital Subscriber Line
) raqamli abonent liniyasini 
bildiradi. 
xDSL texnologiyasi, eng yaxshi analog va raqamli modemlar 
ulanishi mumkin bo’lgan tezliklardan ham yuqoriroq tezlikda 
ma’lumotlarni uzatish imkonini beradi. 
Bu texnologiyalar, abonentlar va provayderlar uchun bir qancha 
afzalliklarni yaratgan holda ovozni, yuqori tezlikli ma’lumotlarni va 
videosignallarni uzatishni qo’llab-quvvatlaydi. xDSLning bir qancha 
texnologiyalari mujassamlashgan holda, yuqori tezlikli ma’lumotlarni va 
ovozni bir mis juftlik bo’yicha uzatish imkonini beradi. xDSL 
texnologiyasining 
mavjud 
turlari 
asosan, 
qo’llaniladigan 
modulyasiyaning shakli va ma’lumotlarni uzatish tezligi bo’yicha 
faqlanadi. 


118 
xDSL xizmatlari muayyan maqsadlarni hal qilish uchun ishlab 
chiqilgan ya’ni: ular mavjud telefon liniyalarida ishlashi, abonentning 
har xil apparaturalarini ishiga xalaqit bermasligi (masalan telefon 
apparati, faks va h.k), uzatish tezligi nazariy 56 Kbit/s chegaradan 
yuqori bo’lishi kerak va nihoyat, ular doimiy ulanishni ta’minlashi 
kerak. 
xDSLning asosiy turlariga ADSL, HDSL, IDSL, MSDSL, PDSL, 
RADSL, SDSL, SHDSL,  UADSL,  VDSLlar kiradi. Bu 
texnologiyalarning barchasi abonentning telefon liniyasi orqali yuqori 
tezlikli raqamli ulanishni ta’minlaydi. xDSL texnologiyalari ma’lum bir 
maqsadlarga erishish uchun va bozorning ma’lum bir zaruratini 
qondirish uchun yaratilgan. xDSLning ayrim texnologiyalari original 
ishlanmalardan hisoblanadi, boshqalari esa oddiy nazariy model deb 
faraz qilinadi, ayni shu paytda uchinchisi keng qo’llanilayotgan 
standartlardir. Mazkur texnologiyaning asosiy farqlari, ma’lumotlarni 
kodlash uchun qo’llaniladigan modulyasiyalash usullari hisoblanadi. 
ADSL (ADSL; ingliz tilida. 
Asymmetric Digital Subscriber Line 
assimmetrik raqamli abonent liniyasi) modemli texnologiya bo’lib, 
oxirgi mil muammolarini echish uchun mo’ljallangan. Abonentning 
analog telefon liniyalarini yuqori tezlikli kirish liniyalariga o’zgartiradi. 
Mazkur 
texnologiyaning 
asosiy 
afzalligi, 
abonentgacha 
kabel 
yotqizmaslik zarurati. Yotqizilgan mavjud telefon kabellarini qo’llaydi, 
telefon va modem signallarini ajratish uchun splitterlar o’rnatiladi. 
Ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish uchun turli kanallar 
qo’llaniladi. Qabul qiluvchi kanal katta o’tkazuvchanlik qobiliyatiga 
ega. ADSL texnologiyasi, raqamli va analog ma’lumotlarni uzatish 


119 
liniyasini birlashtiruvchi gibrid tarmoqlarni qurishda qo’llaniladi. Bu esa 
ma’lumotlar oqimini uzatish uchun qo’llaniladigan simlar juftligidan 
odatdagi telefon aloqasining analog signallarini uzatish imkonini beradi. 
Mazkur texnologiya assimetrik hisoblanadi, ya’ni tarmoqdan 
foydalanuvchiga 
ma’lumotlarni 
uzatish 
yo’nalishidagi 
tezlik, 
foydalanuvchidan tarmoqqa ma’lumotlarni uzatish tezligidan yuqori. 
Telefon abonent kabellaridan foydalanuvchi kirish texnologiyalari oilasi 
DSL (Digital Subscriber Loop) yoki SSPAL (sifrovaya sistema 
peredachi po abonentskim liniyam – abonentlar liniyasi bo’ylab raqamli 
uzatish tizimi) qurilmasida keng polosali kirish kanalini tashkil etish 
sxemasini 5.2-rasmda keltirilgan tarzda tasavvur qilish mumkin. 
Rasmdan shuni ko’rish mumkinki, DSL ning barcha echimlari 
texnologik ravishda yopiq tizimlardan tashkil topadi. Telefon 
liniyasining oxirgi nuqtalarida DSL modemlar o’rnatiladi va ular 
raqamli ma’lumotlar oqimini modulyasiyalangan signalga o’zgartiradi. 
5.2-rasm. xDSL turlari 
Tizimning chiqishida foydalanuvchilarga ma’lumotlarni uzatuvchi 


120 
standart interfeyslar taqdim qilinadi: E1, V.35/V.24, yoki Ethernet. 
DSL echimining ichki sohasida ishlab chiqaruvchilar raqamli signalni 
modulyasiya qilishning turli prinsip va usullaridan foydalanishlari 
mumkin. Shu tarzda, ba’zi texnologiyalardan tashqari (ADSL, 
ADSL2+VDSL), DSL 
texnologiyasida
modemlarning 
moslashuvchanligi talab qilinmaydi. 
DSL texnologiyasi texnik echimlarning asosida yotgan turli 
prinsiplar bo’yicha klassifikatsiya qilingan. Ta’kidlash joizki, DSL ning 
barcha echimlari simmetrik va asimmetrikka bo’linadi. 


121 
xDSL texnologiyasining qiyosiy taxlili 
5.1-jadval 
DSL 
texnologiyasi 
Maksimal 
tezlik 
(qabul 
qilish/uzatish) 
Maksima

masof

Telefon 
juftliklar
i-ning 
soni 
Asosiy qo’llanilishi 
ADSL 
24 Mbit/s
3,5 Mbit/s 
5,5 km 

Internetga ulanish, 
ovoz, 
video,HDTV 
(ADSL2+) 
IDSL 
144 kbit/s 
5,5 km 

Ma’lumotlarni 
uzatish 
HDSL 
2 Mbit/s 
4,5 km 

Tarmoqni 
birlashtirish, E1 
xizmatlari 
SDSL 
2 Mbit/s 
3 km 

Tarmoqni 
birlashtirish, E1 
xizmatlari 
VDSL 
55 Mbit/s / 
11 
Mbit/s 
1,3 km 

Tarmoqni 
birlashtirish, 
HDTV 
SHDSL 
2,32 Mbit/s 
7,5 km 

Tarmoqni 
birlashtirish 
UADSL 
1,5 Mbit/s / 
384 
kbit/s 

Internetga 
ulanish, ovoz, 
video 


122 


123 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin