Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

IDSL, HDSL, SDSL, MDSL, G.SHDSL texnologiyalari
. Keltirilgan 
simmetrik kirish texnologiyalari 
eski analog uzatish 
tizimlarini 
raqamlashtirish uchun keng tarzda foydalaniladi. Qurilmalarning ishlashi 
uchun bir yoki bir necha telefon juftliklari kerak, chiqishda esa simmetrik 
kanal shakllanadi (odatda E1 – 2048 kbit/s) (5.3-rasm). 
5.3-rasm. xDSL texnologiyasidan foydalangan holda aloqani tashkil 
qilishning tuzilish sxemasi 
HDSL texnologiyasi
. Ushbu texnologiyada turli o’tkazuvchanlik 
qobiliyatiga ega bo’lgan simmetrik raqamli kanalni shakllantirish uchun 
birdaniga bir necha telefon juftliklaridan foydalanish ko’zda tutilgan edi 
(5.4-rasm). 
HDSLning 
bitta 
telefon 
juftligidan 
foydalanilgan 
turli 
modifikatsiyalari kengroq tarqaldi. Bu erda ishlab chiqarish ikki 
yo’nalishda amalga oshirildi. Birinchi guruh ishlab chiqaruvchilari 


124 
tomonidan doimiy tezlikka ega bo’lgan oqimni shakllantirish uchun turli 
modulyasiya usullaridan (2B1Q, CAP va b.) foydalanilgan. Shu tarzda 
turli IDSL va HDSL texnologiyalari paydo bo’ldi. Kabel juftligining 
holatiga bog’liq ravishda o’zgaruvchan raqamli uzatish tezligini 
ta’minlovchi simmetrik kirish texnologiyalarini ishlab chiqish alternativ 
yondashuv sifatida shakllandi. Ushbu turdagi qurilmalar juftlik holatini 
diagnostika qiladi va maksimal mumkin bo’lgan uzatish tezligini 
o’rnatadi. Shu tarzda MDSL, MSDSL va SDSL texnologiyalari paydo 
bo’ldi. Hozirgi vaqtda ikkala yondashuv ham G.SHDSL yagona 
simmetrik kirish texnologiyasi ostida birlashtirildi va u hozirgi vaqtda 
dunyoning etakchi NGN texnologiyalaridan biridir. 
ADSL, ADSL2, ADSL2+, RE-ADSL texnologiyalari

Simmetrik kirish 
texnologiyalari avvaldan tarmoqni raqamlashtirish vazifasini echishga 
qaratilgan bo’lib, alohida foydalanuvchilarga keng polosali kirish 
xizmatlarini taqdim qilish uchun kamdan-kam qo’llanilgan. Buning 
uchun asimmetrik kirish qulayroq bo’lib, zamonaviy NGN tarmoqlarida 
mijoz-server aloqasini tashkil qilishda qo’llaniladi. Internetga kirish, 
elektron pochta, IPTV, interaktiv o’yinlar va boshqa an’anaviy 
xizmatlarda 
doimiy 
ravishda 
ma’lumotlarni 
almashinishning 
asimmetrikligi vujudga keladi: foydalanuvchi ma’lumotlari asosan 
axborotni taqdim qilishga so’rov, server ma’lumotlari esa so’ralgan 
axborotlardan iborat bo’ladi. Natijada, foydalanuvchi ma’lumotlari hajmi 
o’rtacha server ma’lumotlariga qaraganda kamroqdir. 
Asimmetrik 
kirish 
texnologiyasining 
rivojlanishi 
ADSL 
texnologiyalar oilasining yaratilishiga olib keldi va dunyo amaliyotida 
ushbu texnologiyalar NGN keng polosali kirish texnologiyasi sifatida 


125 
etakchi o’rinlarni egallaydi. ADSL texnologiyasi boshqa DSL-
texnologiyalardan farqi strukturasi, foydalaniladigan modulyasiya prinsipi 
(DMT), 
shuningdek, 
protokollar 
arxitekturasining 
standartlashtirilganligidadir, shu sababli turli ishlab chiqaruvchilarning 
qurilmalari o’zaro moslashuvchandir. ADSL avvaldan telefon abonent 
juftliklarida foydalanishga mo’ljallangan edi. 
Ushbu texnologiyaning muvaffaqiyati, asosan, oddiy telefon tarmog’i 
va ADSL tarmog’ining samarali moslashtirish usuli bilan bog’liqdir. Shu 
bilan birga, abonent tomonida shoxlantirgichlar (splitter) qo’llanilib, 
ular an’anaviy telefoniyava ADSL yuqori chastotal isignallarni ajratadi. 
5.4-rasm. HDSL texnologiyasining turli variantlari
Natijada ATS – telefoni ish holatini saqlab qoladi, shu bilan birga yana
bir modem – DSLAM aloqasi paydo bo’lib, u keng polosali kirishni 


126 
ta’minlaydi. 
5.5-rasm. Telefon ulanishini ADSL ulanishiga o’zgartirish 
Abonent kirish ulanishining namunaviy sxemasi asosida signallarni 
uch diapazonga chastotali ajratish yotadi (5.6-rasm): an’anaviy telefon, 
yuqori (abonentdan) va past ADSL liniyalari. Abonentlardan tarmoqqa 
uzatiladigan ma’lumotlar hajmi kamligi sababli, ma’lumotlarni liniya 
bo’ylab yuqoriga uzatish uchun kamroq chastota diapazoni talab 
qilinadi. ADSL texnologiyasining birinchi versiyasida 1,1 Mgs gacha 
umumiy diapazondan foydalanish nazarda tutilgan edi, ammo ADSL2+ 
standartining 
yangi 
versiyalarida 
diapazon 
2,2 
Mgs 
gacha 
kengaytirilgan. 


127 
5.6-rasm. Telefoniya va ADSL signallarini uzatishga mo’ljallangan 
chastota diapazonlari 
ADSL texnologiyasining yana bir afzalliklaridan biri ADSL 
segmentlarini NGNning boshqa tizimlari bilan moslashuvchanligini 
ta’minlovchi 
protokollarning 
standartlashtirilgan 
stekidir. 
ADSL 
texnologiyasi faqatgina fizik va kanal sathi bilan chegaralanmaydi, balki 
ma’lumotlarni foydalanuvchining oxirgi qurilmasidan (CPE) ya’ni 
kompyuterdan Internet-provayderning serverigacha (ISP) o’zgartirilishiga 
ta’sir qiladi. 
5.7-rasmda ma’lumotlarni abonentdan tarmoqqa uzatish jarayonida 
qatnashuvchi turli qurilmalar zanjiri keltirilgan, xususan, Internet 
tarmog’i va protokollarning o’zaro aloqadorligining ko’p uchraydigan 
sxemasi. Foydalanuvchi ma’lumotlari so’rovlar ko’rinishida Internet 
tarmog’ida qo’llaniladigan NTTR yuqori sath protokoli bo’yicha 
uzatiladi. 
Ma’lumotlarni uzatish uchun NTTR kadrlari TCP/IP transport 
kadrlariga o’rnatiladi va ADSL modemiga uzatiladi. Buning uchun turli 
almashinuv interfeyslaridan foydalaniladi, asosan, - Ethernet yoki USB. 


128 
ADSL modemining roli shundan iboratki, u foydalanuvchi 
ma’lumotlarini ADSL orqali uzatish uchun qulay bo’ladigan formatga 
o’zgartirishga xizmat qiladi. Modem yuqori sath ma’lumotlari bilan 
ishlamaydi, uning uchun faqat TCP/IP kadrlari mavjud. Kadrlarni 
abonent kirish zanjiri orqali uzatish uchun modem to’rt sathli ADSL 
strukturasini shakllantiradi va u o’z ichiga ADSL protokolining fizik 
sathini, ATM asosidagi kanal sathini, kanalni nuqta-nuqta rejimida 
bog’langanligini nazorat qilish uchun PPP sathini va TCP/IP ni oladi. 
Modemda modulyasiyalangan signal sifatida shakllangan ADSL 
kadrlari uzatishda foydalaniladigan telefon liniyasiga kelib tushadi va 
DSLAM ga uzatiladi. Odatda, bitta DSLAM ga bir necha (ba’zida bir 
necha yuz) ulangan modemlar to’g’ri keladi. NGN 
zamonaviy 
konsepsiyasida ATM texnologiyasi faqat xizmat sifatida saqlangan va 
ATM yacheykalari TCP/IP asosida ma’lumotlarga o’zgartiriladi. Buning 
uchun abonent kirish zanjiri tarkibiga uzoqlashtirilgan keng polosali kirish 
serveri BRAS (Broadband Remote Access Server) kiritilgan. Bu qurilma 
keng 
polosali 
kirish 
intellektual 
boshqaruv 
uchun 
oxirgi 
IP 
marshrutizatoridir. BRAS paketli trafik ma’lumotlarini uzatish kanali 
sathida 
ADSL 
foydalanuvchilaridan 
kelib 
tushayotgan 
trafik 
parametrlarini boshqarish imkonini beradi. Masalan, foydalanuvchidan 
tarmoqqa ma’lumotlarni uzatish tezligini tartibga solish BRAS orqali 
amalga oshiriladi. 
Hozirgi vaqtda DSL kirish tarmoqlari operatorlari to’g’ri va teskari 
trafikni cheklash uchun ATM kirish tugunlarida tezliklarning muqim 
profillaridan foydalanilib, buni BRASsiz realizatsiya qilish mumkin. 
Ammo moslashtiriladigan o’tkazuvchanlik qobiliyatini taqdim qilish 


129 
uchun nozikroq sozlanadigan mexanizmlar kerak bo’ladi va bunday 
funksiyalarni oxirgi multipleksorsiz realizatsiya qilish murakkab. 
5.7-rasm. ADSL da protokollarni o’zgartirish arxitekturasi 
ADSL texnologiyasining rivojlanishi turli funksiyalarni bajaruvchi 
to’rtta texnologiyalar oilasining paydo bo’lishiga olib keldi: ADSL, 
ADSL2, ADSL2 +RE-ADSL2. ADSL texnologiyasida quyi liniya 
bo’ylab maksimal uzatish polosasi 8 Mbit/s ga teng bo’lib, Triple Play 
tizimlarining minimal talab qilingan tezligi 24 Mbit/s ni tashqil qiladi. 
Shu sababli standartlar modifikatsiya qilingan. Bir necha yangi algoritmlar 
ADSL 
strukturasini 
optimallashtirish 
va 
texnologiyaning 
texnik 
ko’rsatkichlarini yaxshilash imkonini berdi. Shu tarzda ADSL2 
texnologiyasi paydo bo’ldi. 


130 
Keyin ushbu texnologiya umuman boshqa-boshqa vazifalarni 
bajarish uchun karkas sifatida foydalanilgan. Bir tomondan, katta 
bo’lmagan masofalarda uzatish tezligini oshirish talab qilinib, shu 
tezlikning 
o’zida 
katta 
liniyalarda 
keng 
polosali 
kirishning 
shovqinbardoshligini 
oshirish 
kerak 
edi 
va 
bu 
RE-ADSL2 
texnologiyasining paydo bo’lishiga olib keldi. 
5.8-rasm. ADSL texnologiyalari oilasining uzatish tezliklarini 
taqqoslanishi 
Ko’rib chiqilgan 5.8-rasmda, ADSLning 4 ta texnologiyasi uchun 
keng polosali kirishning 
abonent liniyasi uzunligiga bog’liqligi 
keltirilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki, ushbu texnologiyalar uchun bir 
necha kritik nuqtalar mavjud. Birinchi nuqta 2,5 km uzunlikdagi abonent 
juftligiga muvofiq keladi. Uzunroq liniyalarda ADSL2+ va ADSL2 
texnologiyalari o’rtasidagi farq ko’zga yaqqol tashlanadi. 5 km gacha 
uzunlikda barcha texnologiyalar teng kuchlidir va keyin RE-ADSL2 
texnologiyasining afzalligi ko’rinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin