Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

HPNA, VDSL texnologiyalari

DSL texnologiyalari operatorning 


131 
nafaqat simmetrik yoki asimmetrik kabel juftliklarida, balki binolar ichki 
tarmoqlarini 
tashkil 
etishda 
ham 
foydalaniladi. 
NGN 
foydalanuvchilarining aksariyati ko’p qavatli uylarda yashaydi. Bu 
holatda keng polosali kirishni tashkil etish ikki usulda amalga oshirilishi 
mumkin. Birinchidan, foydalanuvchilarda yuqorida ko’rib chiqilganidek, 
individual tarzda ulash mumkin. Ikkinchidan, yangi abonent kirish 
tarmog’ini yaratish mumkin, bunda keng polosali kirish kanali uy yoki 
pod’ezdgacha etkaziladi, keyin abonentlar o’rtasida xonadonlarga 
taqsimlanadi. 
5.9-rasm. HPNA va VDSL texnologiyalarini bino ichki 
tarmoqlarini yaratishda qo’llash 
Eng aktiv foydalanuvchilar shaharning ish markazida joylashganligi 
sababli, odatda, uy/xonadonni umumlashtirib ofis deyiladi. Ya’ni, keng 
polosali kirish tashkillashtirish uchun ikkita tizim talab qilinadi: ofis 
tashqarisi va ichkarisi. 


132 
HPNA va VDSL texnologiyalari keng polosali kirishning ofis ichki 
tizimi uchun ishlab chiqilgan (5.9-rasm), ma’lumotlar uzatish kanalini 
tashkil qilish uchun ular bino ichidagi abonent 
telefon simidan 
foydalanadi. Ikki texnologiya ham kichik uzunlikdagi – bir necha 
metrdan bir necha yuz metrgacha uzunlikdagi kabellarga mo’ljallangan. 
Ikkala holatda ham ofis ichki kirish tizimini ta’minlash uchun 
uy/pod’ezdning texnik xonalarida HPNA/VDSL konsentratori o’rnatiladi. 
Konsentrator NGN transport tarmog’i bilan ofis tashqi kirish tizimi orqali 
ulanadi. Konsentratorning asosiy vazifasi NGN foydalanuvchilari trafigini 
birlashtirish va an’anaviy telefon trafigi va ma’lumotlar trafigini
ajratishdan iborat. Ma’lumotlarni taqsimlash muhiti sifatida binoning 
telefon kabellaridan foydalaniladi, kirish tizimi abonentlarning telefondan 
foydalanish imkoniyatini saqlab qolishi kerak. Bu erda ikki strategiyani 
qo’llash mumkin: 1) binoning telefon trafigi konsentrator orqali VoIP 
trafigiga o’zgartiriladi va yagona kirish kanali orqali NGN transport 
tarmog’iga uzatiladi; 2) konsentrator an’anaviy shahar telefon tarmog’iga 
alohida kirish kanaliga ega bo’lishi kerak. 
Oxirgi vaqtda jahon va yurtimiz amaliyotida operatorlar Triple 
Play 
xizmatlar 
konsepsiyasiga 
o’tish 
nuqtai 
nazaridan 
birinchi 
strategiyani qo’llaydilar. 
Ko’p qavatli uyning qavat va xonadonlarida ofis ichki kirish abonent 
qurilmalari o’rnatiladi. Odatda, HPNA texnologiyasi qurilmalarning keng 
spektrini taqdim qiladi: kompyuter platalari, HPNA tashqi personal 
adapterlari, HPNA/Ethernet konventerlari va boshqalar. Barcha holatlarda 
telefon signallari va kompyuter ma’lumotlari HPNA formatiga (USB 
porti, Ethernet yoki maxsus plata orqali) o’zgartiriladi. 


133 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin