Nazorat savollari
1.
Yangi avlodning konvergent tarmoqlari texnologiyalarini keltiring.
2.
x.DSL texnologiyasini qo’llashdan maqsad nima?
3.
x.DSL texnologiyasining qanday turlari mavjud?
4.
ADSL modemining uzatish tezligini nimaga bog’liq?
5.
Ethernet texnologiyasidan foydalanish ganday kamchiliklarni bartaraf
etadi?
6.
FTTX texnologiyasini qaerda va qanday maqcadlarda qo’llash mumkin?
7.
FTTX texnologiyasining qanday turlari mavjud?
8.
PON texnologiyasining qanday turlari mavjud?
9.
Wi-Fi va WiMAX texnologiyalarini vazifalari va farqlarini
164
tushuntiring.
10.
PLC texnologiyasining vazifasi va qo’llanilishini tushuntiring.
165
6.
KEYINGI AVLOD KONVERGENT
TARMOQLARINING MULTIMEDIALI XIZMATLARI
6.1.
Aloqa xizmatlarining tasniflari (klassifikatsiyasi)
Aloqa xizmatlarini taqdim etish jarayonini rasmiylashtirish sohasida
asosiy hisoblanuvchi TMF (TeleManagement Forum) xalqaro tashkilot
tomonidan product (maxsulot) va service ikkita tushuncha bilan
farqlanish doirasida xizmatlar tasnifiga yondashish aniqlangan.
Aloqa xizmati deganda, amaliyotda aloqa operatorlarida yuzaga
kelgan murakkabliklardan kelib chiqqan holda mijozga aloqa operatori
tomonidan taqdim etiladigan maxsulot, tarmoq servisi (tarmoq xizmati)
deganda esa aloqa xizmatlari (maxsulotlari)ni texnik qo’llash mumkin
bo’lgan imkoniyatlar majmuasi tushuniladi.
Aloqa xizmatlarini (maxsulotlarini) taqdim etish har doim
tarmoq servisini o’ziga biriktiradi. Bunday yondashish aloqa
xizmatlariga va tarmoq servisiga bo’lgan talablarni aniq chegaralash
imkonini beradi va bunda NGN xizmatlarining murakkab tarkibiy
tuzilishini hisobga olish lozim.
Aloqa xizmatlari (maxsulotlari) va tarmoq servisi (xizmati) uchun,
axborotli tizimlarni qurish va o’zaro bog’lanishning universal
hisoblanuvchi etti satxli OSI modelini qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Ko’p satxli tasnif (klassifikatsiya) odatdagi aloqa xizmatlari va
tarmoq servisiga bog’liq holda aks etadi. Shunday qilib, OSI modeli
satxi bilan bog’liq bo’lgan tasnifni, aloqa xizmati va tarmoq servisi
tushunchasini inobatga olgan holda NGN xizmatlarini taqdim etish
166
jarayonida mo’ljal sifatida qo’llash mumkin.
Operatorlar
tomonidan
taqdim
etiladigan
barcha
aloqa
xizmatlarini ikki turga bo’lish mumkin: bazaviy va qo’shimcha.
Bazaviy xizmatlar litsenziyalangan, qo’shimcha xizmatlar esa
litsenziyalanmagan hisoblanadi.
Bunday tarkibga quyidagi xizmatlar kiradi:
1.
Taksafonlarni qo’llashga ega bo’lgan mahalliy telefon aloqasi
xizmatlarisiz va kollektiv kirish vositalarisiz, mahalliy telefon
aloqasi xizmati.
2.
Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlari.
3.
Ajratilgan aloqa tarmoqlarida telefon aloqasi xizmatlari.
4.
Zona ichi telefon aloqasi xizmatlari.
5.
Taksofonlarni qo’llashga ega bo’lgan mahalliy telefon aloqasi
xizmatlari.
6.
Kollektiv kirish vositalarini qo’llashga ega bo’lgan
mahalliy telefon aloqasi xizmatlari.
7.
Telegraf aloqasi xizmatlari.
8.
Shaxsiy radiochaqiriq aloqa xizmatlari.
9.
Umumiy
foydalanuvchi
aloqa tarmoqlarida
harakatlanuvchi
radioaloqa xizmatlari.
10.
Ajratilgan
aloqa
tarmoqlarida
harakatlanuvchi
radioaloqa xizmatlari.
11.
Umumiy
foydalanuvchi
aloqa
tarmoqlarida
harakatdagi radiotelefon aloqasi xizmatlari.
12.
Harakatdagi fazoviy radioaloqa xizmatlari.
13.
Aloqa kanallarini taqdim etish bo’yicha aloqa xizmatlari.
167
14.
Ovozli axborotlarni uzatishdan tashqari, ma’lumotlarni uzatish
tarmoqlaridagi aloqa xizmatlari.
15.
Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlaridagi xizmatlar.
16.
Telematik aloqa xizmatlari.
17.
Kabel orqali eshittiriladigan aloqa xizmatlari.
18.
Efir orqali eshittirish
maqsadida
qo’llaniladigan
aloqa xizmatlari.
19.
Simli radio eshittirish aloqa xizmatlari.
20.
Pochta aloqasi xizmatlari.
Qo’shimcha xizmatlar o’z o’zidan taqdim etilmaydi, ular asosiy
xizmatlar bilan birgalikda qo’llaniladi va xizmatlarni qo’llash
imkoniyatlarini shuningdek qulayliklarini oshiradi. Masalan, telefon
aloqasida qo’shimcha xizmat ko’rsatish turlariga manzilni o’zgartirish
(pereadresatsiya), ogoxlantirish, kutishga qo’yish va boshqalar kiradi.
Xizmatlarga ko’maklashish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish
uchun litsenziyaga kiritilgan, keltirilgan aloqa xizmatlari nomlarining
ro’yxati, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida ovozli ma’lumotlarni
uzatish aloqa xizmatidan tashqari konvergent xizmatlardan iborat emas.
Ana shunga bog’liq holda masalan, triple play xizmatlari aloqa
operatoridan bir qancha litsenziyalarni olishni talab etadi.
|