Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

8.2.
 
Transport pog’onasi
 protokollari TCP, UDP, RTP
 
TCP (Transmission Control Protocol) protokoli
. IP tarmoqlarda 
transportlashni ishonchliligini oshirish uchun 1974 yilda datagrammani 
sifatli etkazishni ta’minlovchi transport pog’onasidagi TCP protokoli 
ishlab chiqilgan. TCP protokoli ulanish uchun mo’ljallangan, 
shuningdek TCP paketi segment deb ataladi. 
UDP (User Datagram Protocol) protokoli – 
Internet tarmoqlarida 
transport protokolini boshqa namunasini o’zida ifodalaydi. Shuningdek 
TCP protokoli singari, UDP protokoli datagrammani etkazishni 
ta’minlaydi. Biroq oxirgi nuqtalar orasida ulanish o’rnatilmagan rejimda 
ishlaydi. 
Sarlavxa va ma’lumotlar maydonidan iborat UDP protokolini 
paketi, UDP datagrammasi deyiladi. UDP protokoli datagrammani 
ishonchli etkazishga moil emas, uning vazifasiga ma’lumotlar uzatishni 
boshqarish va qabul qilishni tasdiqlash kirmaydi. 
Oxirgi bir necha yilda UDP protokoli Internet tarmoqlarida (Voice 
over IP, VoIP) so’zlashuvni uzatishda keng qo’llanilmoqda. 


210 
RTP (Real-time Transport Protocol) transport protokoli

RFC 
1889 va RFC 1890 yozilgan real vaqt RTP (Real-time Transport 
Protocol) transport protokoli, real vaqtda uzatiladigan ma’lumotlarni 
ikki tomonlama etkazish xizmatini ushlab turadi, masalan interaktiv 
audio va video trafiklarni. RTP protokoli foydali yuklama turini 
identifikatsiyasini, paketlar ketma-ketligini raqamlash, vaqt belgisini 
qo’yish va etkazishni nazorat qilishni ta’minlaydi. Protokolda quyidagi 
funksiyalar ko’rib chiqilgan [11]: 
-
xatolikni aniqlash; 
-
axborotni ximoyalash; 
-
tarmoqda paketni kelish vaqtini nazorat qilish; 
-
kodlash sxemasini identifikatsiyalash; 
-
etkazishni nazorat qilish. 
RTP protokoli, RTP protokoli uchun boshqaruv axborotni davriy 
taqdim etuvchi RTCP (RTP Control Protocol) protokoli VoIP seansi 
ishtirokchilariga 
boshqarish 
paketlarini 
uzatishni 
ta’minlaydi. 
Protokolning asosiy vazifasi RTP protokoli bilan ushlab turiluvchi 
xizmat ko’rsatish sifati satxi xaqida ishtirokchilarni xabardor qiladi. 
RTCP protokoli uzatilgan va yo’qolgan paketlar soni, ushlanib qolish va 
djitter qiymati xaqida axborotni yig’adi. 
Turli arxitekturaga ega tarmoqlar orasida paketlarni uzatishni IP 
stekini asosiy protokoli ta’minlaydi. IP datagrammali protokol paketlarni 
ishonchli uzatishni kafolatlamaydi. Biroq ko’pgina tarmoqlar orqali 
ma’lumotlar uzatishda o’tkazish qobiliyatini oshiradi. Shuningdek 
tarmoq satxida quyidagilar qo’llaniladi: 
-
ICMP (Internet Control Message Protocol) diagnostik protokol, 


211 
xatoliklar va uzatishdagi uzilishlar xaqida tarmoq bog’lamalariga 
axborot uzatadi; 
-
adreslar muammolarini 
echish protokollari: 
ARP (Address 
Resolution Protocol) tarmoq bog’lamasining fizik adresiga (MAC 
– stansiya adresi) IP adresni o’zgartiradi; RARP (Reverse Address 
Resolution Protocol) teskari funksiyani bajaradi, ya’ni MAC adres 
yordamida IP adresni aniqlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin