8.4. Tarmoq interfeysi protokollari X.25, Fram Relay X.25 protokoli. X.25
protokoli
asosidagi
paketlarni
kommutatsiyalash tarmog’i – 1970 yillar oxirlarida, analog uzatish
muhiti orqali ikkita uzoqdagi punktlar orasida ma’lumotlar uzatishni
ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Ularni qo’llanilishini asosiy
muhiti terminallar va ishchi kompyuterlar orasidagi aloqa hisoblanadi.
ITU-T da ishlab chiqilgan X.25 protokoli OTO’B modelining uchinchi
satxini protokoli xisoblanib, tarmoq orqali paketlarni uzatishni
ta’minlaydi. X.25 protokolda axborotni butunligini saqlash masalasi
tarmoqga qo’yilgan, ya’ni xalaqitlarga chidamli kodlarni qo’llash,
so’rash va tarmoq bog’lamalari orasida paketlarni takrorlash yo’llari
orqali erishilgan. Telefon tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan X.25
protokollarida xatolik extimolligi (10
-3
- 10
-4
) katta
(ma’lumotlar uzatish uchun), bu esa paketlarni yo’qolishiga va ularni
takror uzatish zaruratiga olib keladi. Yuqorida sanab o’tilgan
muammolarni echimini Fram Relay texnologiyasi ta’minlaydi,
ya’ni o’zida X.25 protokolini soddalashtirilgan turini
ifodalaydi.
Fram Relay protokoli. Fram Relay protokoli (kadrlarni
kommutatsiyalash/retranslyasiyalash)
90-yillar
boshida
standartlashtirilgan, kanalda xatolik extimolligi 10
-6
tartibda. X.25
texnologiya singari Fram Relay protokoli ulanishni o’rnatish uchun
mo’ljallangan. Fram Relay protokoli OTO’B modelini birinchi ikkita
satxida amalga oshiriladi. Fram Relay texnologiyasida protokolli bloklar
217
sifatida kadrlar qo’llaniladi. Fram Relay texnologiyasi kadrlarida foydali
yuklama maydoni uzunligi 4096 baytgacha oshirilgan, X.25 protokolida
256 bayt.