14
trafikni translyasiya qilishdan oladigan vaziyat yuzaga keldi. Bundan
tashqari, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga xizmat ko’rsatish va
qo’llab-quvvatlash operatorlarga oldindan nutqli
trafikni uzatish uchun
mo’ljallangan kanallarni vaqt bo’yicha ajratish tarmoqlariga (Time
Division Multiplexing - TDM) nisbatan ancha arzonga tushadi.
Bashorotlarga asosan keyinchalik kanallarni vaqt bo’yicha ajratish orqali
(TDM) multurleksorlash metodi bilan uzatiladigan yuklamalar sonining
kamayishi kuzatiladi, bunda paketli texnologiya yordamida uzatiladigan
nutqli trafik hajmi kabi nutq uzatish (Voice over IP, Voice over ATM,
Voice over Frame relay va boshqalar) oshadi. Unga keyingi avlod (3G)
mobil ob’ektlari bilan aloqaning mobil tarmoqlarida nutq paketli
ko’rinishda uzatiladi. 1.1 - rasmda bunday
bashorotlardan biri ko’rsatilgan. Diagrammaga asosan ma’lumotlar
trafigi yiliga 100 foizgacha, bu vaqtda nutqli trafik 5 foizga oshadi.
Bunda ancha ahamiyatli fakt klassik telefon
tarmoqlari rivojlanishi
uchun xarajatlar ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga nisbatan ko’p
bo’lishi hisoblanadi [7].
Yuqorida ko’rsatilgan faktlar operatorlar amaldagi tarmoqlarni qayta
tashkil qilish to’g’risidagi qarorni qabul qilishni boshlashiga olib kelishi
mumkin. Operatorlar TDM tarmog’i ma’lumotlarni uzatish uchun
foydalanilganda
amaldagi
vaziyatdan
farq
qiladigan
telefon
chaqiruvlarga xizmat ko’rsatish uchun bo’lgani kabi ma’lumotlarni
uzatish tarmog’idan foydalanadi.
15
1.1-rasm. Trafikning har xil turlarining oshish tendensiyalari
Masala
asosan,
ikkita
zarur
bo’lgan
yaqinlashuv
–
ma’lumotlarni
uzatish hajmining keyinchalik oshishini qo’llab-quvvatlash va an’anaviy
xizmatlar-dan tushadigan foydasini kafolatlash to’g’risida so’z boradi.
Ushbu masala asosan konvergensiya yagona tarmoqda turli xizmatlarni
birlashtirish vazifasini o’z oldiga qo’yadi. Next Generation Network-
NGN nomini olgan konvergent tarmoqlari bitta xizmat - aloqa xizmati
uchun qulay bo’la oladi. Ushbu tarmoq operatorlarining
boshqaruvchi
uskunasi uni qaysi abonent qurilmasi (IP-telefoniya terminali, mobil
telefon, Internet tarmog’ining ishchi stansiyasi) bilan o’zaro ishlashini
belgilab beradi va shunga muvofiq aniq xizmatlarni hamda ular uchun
talab etiladigan resurslarni taqdim etadi. Foydalanuvchi NGN tarmoqni
“qora quti” 1 kabi ko’rib chiqadi, unga
qanday protokollar oqimidan
foydalanilishi, qanday transport muhiti taqdim etilishining farqi yo’qdir.
Uning uchun oxirgi qurilmaning tegishli imkoniyatlari bo’lgan
xizmatlarni taqdim etish fakti ahamiyatli bo’lib kelmoqda.
16
Bunday masalani hal etish uchun standart protokollaridan
foydalaniladi. SoftSwitch bog’lanishlari bilan boshqaruv qurilmalari
H.248/MEGACO protokollari yordamida shlyuzlar bilan aloqada va
ko’rsatiladigan xizmatlarni boshqarish holatida bo’ladi. Turli Softswitch
o’rtasidagi
kommutatsiya SIP, Q.1901/BICC protokollarini qo’llashda
amalga oshiriladi, bir nechta serverlar funksiyalaridan foydalanish
yordamida amalga oshiriladigan xizmatlarni ko’rsatish, ilovalar (API)
ochiq standarti dasturiy interfeyslarni qo’llash uchun asoslanadi.
Shunday qilib, nutq
uzatish
texnologiyasining
rivojlanishidagi
keyingi qadam paketli texnologiyalarga o’tish hisoblanadi. Nutq paket
ko’rinishda uzatiladi, u real vaqt xizmatlari
uchun sifatning barcha
talab etiladigan parametrlarini saqlagan holda yuklamaning turli xillarini
optimal va ixtiyoriy siljishini ta’minlaydi. Real vaqtda taqdim
etiladigan xizmatlar (yoki soddaroq aytganda – real vaqtdagi xizmatlar,
jumladan telefoniya) sifat parametrlariga juda sezgirdir, ulardan
birining kechikishi uning variatsiyasi (jitter) hisoblanadi. Katta
kechikish to’g’risida so’z
borganda, aks-sadoni (echo cancellation)
bartaraf etish zarurligi yuzaga keladi. Nutqni paketli tarmoq orqali
uzatishda yuzaga keladigan yuqorida keltirilgan kamchiliklar bilan
kurashish uskuna narxi va uning murakkabligida hisobga olinadi.
Paketli texnologiyaga asoslangan konvergensiya bir qator afzalliklarga
ega. Masalan, resurslarni dinamik taqsimlash,
nutqini uzфtish uchun
oldindan ajratilgan “turib qolish” vaziyatidan (ajratilgan doimiy
o’tkazish polasasi samarasiz foydalaniladi) yoki ma’lumotlarni uzatish
uchun taqdim etilgan resurs ma’lumotlar trafigining cho’qqili oshgan
vaziyatda halos qiladi.