Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

Nazorat savollari
 
1.
Simli va mobil tarmoqlarni konvergensiya qilish deganda nimani 
tushunasiz? 
2.
Mobil tarmoqlarning rivojlanishi haqida ma’lumot bering 
3.
IMS ning kengaytirilgan ma’nosini keltiring va unu qanday maqsadlarda 
qo’llash mumkin? 
4.
IMS konsepsiyasi nimani bayon qiladi? 


273 
5.
IMS arxitekturasining asosiy xususiyatlarini ko’rsating. 
6.
Ilovalar darajasini belgilanishi va tarkibini ayting. 
7.
Transport darajasini belgilanishi va tarkibini ayting. 
8.
Boshqarish tekisligini belgilanishi va tarkibini ayting. 


274 
11.
 
KEYINGI AVLOD KONVERGENT
TARMOQLARNING XIZMATLARINI
BOSHQARISH POG’ONASI
 
11.1.
 
Zamonaviy aloqa xizmatlari konvergensiyasi va keyingi
avlod xizmatlari
 
NGN tarmoqlarida xizmatlar konvergensiyasini ta’minlash 
uchun mos keluvchi mexanizmlar qo’llanilishi kerak. Bunday 
mexanizmlar, 
ma’lumotlarga 
mobil 
kirish, 
audio 
va 
videokonferensiyalarni o’tkazish, ovozni uzatish, xabarlarni bir 
lahzada almashlash va boshqa paketli texnologiyalar asosida yangi 
avlodning daromadini oshirish imkonini beradi. 
NGN tarmoqlarining funksionalligini asosiy ko’rsatkichlaridan 
biri, xar xil tarmoqlar (qayd qilingan, mobil, Internet va boshqa) 
orasida chegarani kesishda uzluksiz xizmatni ta’minlashdir. Uzluksiz 
xizmatlar konsepsiyasi har bir tarmoq uchun o’ziga xos ya’ni 
ovozni uzatish, ma’lumotlarni uzatish, multimediali trafikni uzatish. 
Biroq bunday texnologiyalar ya’ni konvergent ovozli uskunalar 
(telefonlar, smartfonlar, noutbuklar), ovozli sessiya konvergensiyasi 
arxitekturasi (masalan UMA yoki IMS), ma’lumotlar sessiyasi 
konvergensiyasi protokollari (Mobile IP) ilovalar platformasi 
orasida bog’lovchi zveno hisoblanadi. Xizmatlar konvergensiyasi, er 
usti va simsiz keng polosali domenlar orasida ma’lumotlar sessiyasi 
va ovozni abonentlarga sezdirmasdan uzatish orqali istemolchilarni 
xizmatlardan foydalanish qulayliklari bilan 
ta’minlashga 
asos 


275 
bo’ladigan satx hisoblanadi. Bunda tarmoq, terminalning mobilligini 
fakt ekanligini, shuningdek terminal mazkur lahzada qanday 
muhitda ekanligini hisobga olgan holda, resurslarni ajratish va xizmat 
ko’rsatish sifatini ta’minlash bo’yicha o’zining siyosatini dinamik 
moslashtiradi. Ilovalar konvergensiyasi satxi asosan, operatorlar 
bozorga chiqaradigan va yakuniy maxsulot sifatida e’lon qilishga 
shaylanayotgan, 
har 
qanday 
kirish 
tarmog’I orqali 
taqdim 
etiladigan ma’lumotlarni uzatish tarmog’i, ikki rejimli terminalga ega 
bo’lgan (masalan, Wi-Fi/GS) korxonalar uchun ovozli xizmatlar va 
boshqalar. Ilovalar konvergensiyasi, bu muhit ta’minlaydigan turli 
uzatish tezliklarini hisobga oladigan formatda ko’pgina turli uzatish 
muhitlari orqali ilovalarni etkazish jarayonidir. Konvergensiya
ilovalarining domenlari, mos keluvchi serverlardagi abonentlar 
mobilligini va ularning holatini dinamikligini hisobga olgan holda 
asosan SIP protokolining ishini (funksionalligini) ta’minlaydi va 
qo’llab- quvvatlaydi. Konvergent ilovalarga misol qilib 3G standarti 
terminaliga videooqimlarni bir vaqtda etkazishni aytish mumkin. 
Umumiy holda ilovalar konvergensiyasi bu, innovatsion usulli barcha 
ulanuvchi tarmoq turlari orqali istemolchilarga ovozli xizmatlarni, 
ma’lumotlarni va videoni taqdim etishdir. Qarab chiqilgan har bir 
konvergensiya satxini qo’llash, anchagina afzalliklarni ta’minlaydi. 
Tarmoq konvergensiyasi iqtisodiy xarajatlarni va kapital mablag’larni 
tejash imkonini beradi. Ilovalar konvergensiyasi, ilovalarning yangi 
paketini taklif etish va marketingni takomillashtirish imkonini beradi. 


276 
11.1-rasm. Xizmatlar konvergensiyasi jarayoni 
To’liq konvergensiya bu, barcha sanab o’tilgan komponentlar 
majmuasidir. Masalan, umumiy platformalar sifatida IP tarmog’ini 
olish mumkin. Bunday tarmoqlar, raqobatbardosh narx va kirish 
tarmoqlari chegarasini kesishda xizmatlar uzluksizligini ta’minlash 
orqali konvergent ilovalarni taqdim etish imkonini beradi. Xizmatlar 
konvergensiyasi jarayoni quyidagi 11.1-rasmda ko’rsatilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin