Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/94
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139718
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94
61a1f77f51abb6.99162228

1G avlod tarmoqlari

Birinchi avlod tarmoqlarida tovush analog 
usulda uzatiladi, foydalanilgan FDMA ma’lumotlar uzatish tezligi 
kamligi sababli, 3 Kbit/s dan ko’p emas, faqat telefoniya funksiyasini 
bajarishga qodirdir. Birinchi avlod tarmoqlarining shubxasiz xizmati – 
abonentlar bir-birlari bilan gaplasha olganligi. 1984 ishga tushirilgan bu 
tizim 9,6 Kbit/s ma’lumotlar uzatish imkoniga ega edi. 
2G avlod tarmoqlari. 
Ikkinchi avlod tarmoqlarida tovush 
raqamlashgan xolda uzatiladi, bunda tarmoq ishonchliligi ortadi, uzatish 
tezligi 14,4 Kbit/s ko’payadi va kichik xajmdagi matnlar, SMS uzatiladi. 
Foydalanishga 1991 yil chiqarilgan. Servislari telefon (tovushni raqamli 
uzatish), qisqa SMS uzatish/qabul qilish, o’yinlar, 9,6 Kbit/sdan 14,4 
Kbit/sgacha tezlikda ma’lumotlar uzatish,WAPprotokoli bo’yicha 
Internet tarmog’iga kirish hisoblanadi. 
2,5G avlod tarmoqlari

Bu avlod tarmoqlari oraliq standart bo’lib, 
uzatish tezligi oshirilgan. Ikkinchi avlodni Internetga simsiz kirish bilan 
ta’minlaydi: GPRS va uning evolyusiyasi EDGE, grafikani va video


296 
oqimni uzatadi. Foydalanishga 1999 yil topshirilgan. Servislari: telefon 
(tovushni raqamli uzatish), uzun SMS uzatish/qabul qilish, tovushlarni, 
rasmlarni uzatish/qabul qilish, fakslar uzatish/qabul qilish, tovush 
pochtasi, Internet, radio/MR3-pleer, karaoke, 30ta o’yin, 57,6 Kbit/s 
dan 153,6 Kbit/s gacha tezlikda ma’lumotlar uzatish. 
3G avlod tarmoqlari

Uchinchi avlod tarmoqlari, mobil aloqaning 
bir nechta standartini bildirib, bir qator belgilar bilan farqlanadi. 
Foydalanishga 2002 yil topshirilgan. Servislari: telefon (tovushni 
raqamli uzatish), videotelefon, elektron xabarlarni uzatish/qabul qilish, 
tovushlarni, rasmlarni uzatish/qabul qilish, fakslar uzatish/qabul qilish, 
tovush pochtasi, videopochta, Internetga yuqori tezlikli kirish, 
radio/MR3-pleer, karaoke, multi o’yinlar, TV va videopleer, 144 Kbit/s 
dan 2 Mbit/s gacha tezlikda ma’lumotlarni uzatish mumkin. 
4G avlod tarmoqlari

To’rtinchi avlod tarmoqlari uchinchidan 
asosan ma’lumotlar uzatish tezliklari bilan farqlanadi. To’rtinchi 
avlodning tizim va standartlari xozirda ishlanmada, taxminiy amalga 
oshirilishi 2009 yil bo’lgan. 
3G tarmoqlarining rivojlanishi multimedia kontentini yuqori 
tezlikda yuklatishi, elektron pochta, faylli ilovalar, on-layn o’yinlar bilan 
ishlash qulayligi sababli ma’lumotlar almashinish bo’yicha xizmatlar va 
servislardan foydalanish sifati va qulayligini abonentlar uchun sezilarli 
yaxshilaydi. 
Mobil aloqaning uchinchi avlod texnologiyasi – bu muloqatga va 
axborotga kirishning kardinal yangi texnologiyasidir. Abonent o’z 
suxbatdoshi bilan nafaqat gaplashadi, balki uni mobil tarmoqqa telefon 
yoki maxsus sim-karta yordamida ulangan videotelefon yoki noutbuk 


297 
yordamida ko’rishi, 
Internet 
tarmog’I bo’yicha sayoxat 
qilishi
va internet-kirishning hamma afzalliklardan foydalanishi mumkin. 
Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari

O’zbektelekom AK xozirda 
ma’lumotlarni uzatish bo’yicha keng spektrli xizmatlarni, Internet 
xizmatlarini taqdim etmoqda va Respublikada xususiy va yagona 
raqamli transport tarmog’iga egadir. 1997-1999 yillar qurilgan raqamli 
magistral telekommunikatsiya tarmog’i Toshkent, Nukus shaharlari va 
Respublika viloyat markazlari orasida yuqori tezlikli ma’lumotlar 
uzatish kanallarini (64 kBit/sek dan 2048 kBit/sek gacha) tashkil etishga 
imkoniyat berdi. Quvvatli transport tarmog’ining mavjudligi, birlamchi 
va 
ikkilamchi 
tarmoqlarga 
egalik 
O’zbektelekom 
AKga 
foydalanuvchilar keng ommasiga ma’lumotlar uzatish tarmog’ining 
xizmatlarini, Internet va uning ilovalari bo’yicha xizmat ko’rsatishga 
imkoniyat berdi. 
Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini rivojlantirish 
ketma- ketligini quyidagicha tavsiflash mumkin: 
-
provayderlar tarmoqlarini yaratish bo’yicha xizmatlar; 
-
global Intenet tarmog’i bilan bog’lanish xizmatlari; 
-
amaliy (elektron tijorat, telemeditsina, telemarketing) xizmatlar; 
-
jamoa (reklama, ma’lumotnoma, dasturiy maxsulotlar, biznes, 
o’yinlar va boshqalar) xizmatlari; 
-
moliyaviy xizmatlar; 
-
tarmoq bo’yicha elektron savdo xizmatlari. 
Ma’lumotlar uzatish vositalarining va xar xil turlardagi tarmoqlarda 
tovush 
trafigi 
va 
videolarni 
qayta 
o’zgartirish 
formatlari 
texnologiyalarining bundan buyon rivojlantirilishi taqdim etilayotgan 


298 
xizmatlar turlarini (perechen), jumladan Internet xizmatlarini sezilarli 
oshirishga imkoniyat tug’dirdi. Xozirgi vaqtda 
ma’lumotlar
uzatish tarmog’ini, 
UzNet va TSHTT filiallar tarmoqlari bilan 
birgalikda, rivojlantirish va kengaytirish bo’yicha sezilarli ishlar olib 
borilmoqda. 
UzNet filiali tomonidan tuzilgan ma’lumotlar uzatish tarmog’i
hamma viloyat markazlariga va ayrim tuman markazlariga etkazilgan va 
tarmoqni hamma tuman markazlariga etkazish bo’yicha ishlar olib 
borilmoqda. Bundan tashqari Toshkent shaxrida markaziy tugunda 
tashqi kanal imkoniyatini oshirish uchun ma’lumotlar uzatish transport 
tarmog’ini E1 dan GE gacha kengaytirish bo’yicha ishlar olib 
borilmoqda. Axborot almashinishini va Internet tarmoqqa chiqishni 
ta’minlovchi, Respublika vazirliklari va idoralari, bir qator 
Respublikadagi 
xalqaro 
tashkilotlar 
va 
vakolatxonalar 
foydalanuvchilariga Veb-xosting bo’yicha xizmatlarni taqdim etuvchi 
idoralararo 
kompyuter 
tarmog’i 
o’zining 
keyingi 
rivojlanishini 
topmoqda. 
Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari qo’llangan eng yangi xizmatlar 
video konferensiyalarni tashkil etish bo’yicha ximatlardir, shuningdek 
Internet protokolarni qo’llab O’zbekiston Respublikasining hamma 
axolisiga IP-telefoniya xizmatlarini ko’rsatishdir. 
Tarmoq samaradorligini oshirish, xizmat turlarini ko’paytirish 
uchun xar xil kompaniyalar bu borada o’z echimlarini taklif etmoqdalar. 
Jumladan XXR ning Huawei kompaniyasi tarmoqlarni rivojlantirish 
bo’yicha o’z konsepsiyasini e’lon qilishgan. 


299 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin